Matn tilshunosligi
JAHON TILSHUNOSLIGIDA MATN KATIGORIYASINING
Download 79.54 Kb.
|
JAHON TILSHUNOSLIGIDA MATN KATIGORIYASINING
O’RGANILISHI MATNNING KATEGORIAL BELGILARI Ma’lumki, matnning mohiyatini aniqlash vazifasi qariyb barcha tadqiqotchilami qiziqtirib, e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Biror bir hodisaning mohiyatini anglash uchun uning negizini hosil qiladigan xususiyat-belgilarini aniqlash lozim. Nutqiy tuzilmalaming matn maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan kategorial belgilar muammosi bilan qiziqqan t Jumladan, V.Dressler hamda R.A.de Bograndlar matnning mavqei uning quyidagi yetti kategorial belgiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi, deb hisoblaydilar: 1) kogeziya - matn bo‘laklarining grammatik, leksik, ritmik, grafik vositalar yordamida birikishi; 2) kogerentlik - matn qismlarining semantik-mantiqiy munosabatlar (sabab-oqibat, referentativ, zamon-makon) negizida bog‘ianishi; 3) intensionallik - matn strukturaviy va ma’noviy yaxlitligining kommunikativ maqsad bilan bog‘liqligi; 4) adresatlik - axborotni uni qabul qiluvchining ijtimoiy mavqeyi, ruhiy holati kabi xususiyatlarini inobatga oigan holda uzatish (boshqacha aytganda-retsipient tanlovi); 5) informativlik - uzatilayotgan axborotning adresat uchun muhimligi yoki yangilik darajasi; 6) situativlik — matn mazmuniy va strukturaviy qurilishining kommunikativ sharoit, vaziyat bilan bog‘liqligi; 7) intertekstualiik - ma’lum turdagi matn tarkibida invariant mazmun-ma’noning qayta yaratilishi. Matn maqomini belgilash borasida izlanishlar olib borishayotgan Yevropa tilshunoslari uchun ushbu kategorial belgilar hozirgacha asosiy tayanch boiib kelmoqda. Rus tilshunoslarining diqqatmarkazida esa, asosan, matnni quyi pog‘onalardagi birliklardan farqlash muammosi turadi. Shu sababli matn sintaksisi yo'nalishi taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq matn va gap hodisalarini farqlash asosiy vazifalardan biri sifatida tanlangan edi. Yuqoridagi yaxlitlik, tugallik, bog ‘liqlik, diskrellik (qismlarga ajralish) kabi kategorial belgilarning mavjudligi matn hodisasini oddiy sintaktik tuzilma - gapga qarama-qarshi qo‘yish uchun yetarli hisoblanmoqda. Download 79.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling