Matn Transkripsiya haqida umumiy ma’lumo
An’anadagi o‘zbek transkripsiyasi
Download 490.25 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Transkripsiya va unga xos xususiyatlar
An’anadagi o‘zbek transkripsiyasi. Hozirgacha olib borilgan
dialektologik tadqiqotlar rus grafikasi asosidagi transkripsiyada amalga oshirilgan. Ular qiyidagilar: a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq shevalarida: aнa, aтa, бaлa; ǝ(ǝ) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi: ǝкǝ, ǝнǝ, йǝшǝ. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi; ↄ(ↄ) – orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: ↄл, ↄш, бↄл; e(e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalarida mavjud: eл, бeл, йeл, кeл; и(и) – old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: иш, тил (Buxoro). бил (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi; ы(ы) – orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: қыз, қыйық. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho ‘ziqligini ta’kidlsh uchun odatda ikki nuqta qo‘yiladi; ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и va ы unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizml i shevalarda и unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: Download 490.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling