Matn Transkripsiya haqida umumiy ma’lumo
Download 490.25 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Transkripsiya va unga xos xususiyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- nєmє
ï: (ї:) - orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi,
cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: qї:z, qї:jїq. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun ko‘pincha ikki nuqta qo‘yiladi; ї (ї) – ї: unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmo-nizmli shevalarda qo‘llanadi: bardї, tїγїn, bїqїn. i va ї unlilari singarmonizmli shevalarda qisqa tovushni ifodalaydi (bil, qїl), shahar shevalarida i unlisi indifferent tovushni ifodalaydi; u (u) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalariga xos: bu, ul, un; ü (ü) – old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi: kül, bügün, tün, ün; o (o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek shevalarida talaffuzda bor: ot (adabiy orf. o‘t), qol (adabiy orf. qo‘l), oq (adabiy orf. o‘q), toq (adabiy orf. to‘q); ö (ö) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: böl (bo‘lmoq - ajratmoq), köl, hönär (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi; є – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: kє(l) (Iqon), gє(l) (Xorazm). Bu ma’lumot ko‘rsatilgan shevalarda o‘z kuchini yo‘qotmoqda, ko‘proq Namangan shahar shevasida qayd qilinadi. Old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: nєmє (nima), qєnєqє (qanaqa). Iqon, Qarnoq, ayrim Xorazm shevalarida ham qayd qilinadi. Cho‘ziq unlilar uchun ikki nuqta qo‘yiladi. Download 490.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling