Matn Transkripsiya haqida umumiy ma’lumo


Yangi o‘zbek transkripsiyasi


Download 490.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.04.2023
Hajmi490.25 Kb.
#1354155
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Transkripsiya va unga xos xususiyatlar

Yangi o‘zbek transkripsiyasi. Bunda ko‘p yillardan beri 
turkologiyada qo‘llanib kelinayotgan transkripsiya tizimiga asoslanildi. 
Bundan buyon dialektologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga lotin 
alifbosi asosidagi quyidagi transkripsiya tizimidan foydalanish tavsiya 
qilinadi. 
Unli tovushlarni ifodalashda ishlatiladigan transkripsion belgilar. 
Unli tovushlar barcha tillarda ham ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘zbek 
shevalarida, ayniqsa, fiziologik jihatdan rang-barangdir. Unlilarni ifoda 
qilishda o‘zbek dialektologiyasida quyidagi belgilar-dan foydalaniladi::
a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda 
qiladi. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. 
Masalan, qipchoq shevalarida: ana, ata, bala
 ä (ä) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, 
lablanmagan unlini ifoda qiladi: äkä, änä, jäšä. Bu unli barcha o‘zbek 
shevalarida qo‘llanadi; 
ā (ā)– orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. 
Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: āl, āš, bāl
 e (e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha 
o‘zbek shevalarida mavjud: el, bel, jel, kel;
 i (i) indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining 
birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda 
qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli 
shevalarda i: unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini 
bildiradi: keldi, jetti, bir
Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: kirgin, bārdi;  
 i: (i:) - old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, 
cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: i:š, ti:l 
(Buxoro). bi:l (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi; 

Download 490.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling