1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matn nima?
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
2-topshiriq. Berilgan matnlar ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra qanday turga mansub?
1. Dasturxon bashang. Issiq non, patir, xilma-xil pishiriqlar, qazi-qarta, yaxna go‘sht, turli shirinlik noz-u ne’matlarga to‘la. Poygakda oq rux samovar shaqillab turibdi.
(Oybek)
2. Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga yetib
bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. Davra boshida to‘rvadek soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. Hamma unga ta‘zim bajo qiladi.
Davraga kim kelib qo‘shilmasin chol uzundan-uzoq duo o‘qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham», deb fotiha tortadi. Bir xil duo takrorlanavergach, Said Ahmad aka so‘radi: -Necha yoshga chiqdingiz, taqsir? -Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim. -Voy bo‘-o‘-o‘!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening duoing mustajob bo‘lsa, men sakkiz yil avval o‘lib ketishim kerak ekan-da, ukam? Men yetmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz!
(O‘.Hoshimov).
3. Xonzoda begim indamay Boburga yaqinlashdi. Yuzini ukasining ko‘kragiga
bosib yelkalari silkina-silkina o‘rtanib yig‘ladi. Shu tarzda u Bobur bilan so‘zsiz vidolashdi-yu, keyin go‘yo uning farmoniga bo‘ysunganday bosh egib chiqib ketdi.
( P. Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: |