Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kitob – aql chirog‘i
3-mavzu. Matn: KITOB – AQL CHIROG‘I
Nazariy ma’lumot: O‘zbek tili fonetikasi. Fonetika haqida tushuncha. Unli va undosh tovushlar. Ish yuritish: Ma’lumotnoma. Adabiy o‘qish: O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”. Kitob – aql chirog‘i Kitobni oftobga qiyos qilamiz, “bilimlar xazinasi” deymiz. “Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi”, deb yozgan edi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy. Kitob kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan eng buyuk ixtiro, bir avlodning o‘zidan keyingi avlodlarga qoldiradigan bebaho madaniy merosidir. Inson hayotida kitobning o‘rni beqiyosdir. Erishgan bilimlarimiz va ma’lumotimiz uchun biz Kitob deb atalmish bilimlar xazinadoni oldida qarzdormiz. Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish va ma’naviy me’rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan. “Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st kitob ekan”, – degan edi Najmiddin Kubro. Kitob mutolaasi nainki kishining bilim doirasini kengaytiradi, balki uning ma’naviy-ruhiy kamolotida ham muhim o‘rin tutadi. Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin, xolos. Kitob mutolaasi insonni hayoti davomida mukofot bilan bilan taqdirlovchi sharafli mehnatdir. Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Kitobxonlik tor ma’noda kitob o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab o‘qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga qamrab oladi. U badiiy adabiyotdan oziqlanadi. Badiiy adabiyotsiz fikriy teranlikka erishib bo‘lmaydi. Biz buyuk asarlarni, kitoblarni o‘qib, ulardagi ajoyib qahramonlarni yoqtirib qolamiz. Ba’zan berilib ketib, ularning hayotlariga aralashib ketamiz-u, nima bilandir ularga o‘xshagimiz, ularning ezgu ishlaridan ibrat olgimiz kelib ketadi. O‘zimizdagi ayrim qusurlarni anglab olamiz va ulardan poklana borishga harakat qilamiz. Bularning hammasi, asosan, ijobiy qahramon tufayli sodir bo‘ladi. Insonda didni, saviya va idrokni adabiyot-u san’at tarbiyalaydi. Inson qadim-qadimdan ilmga intilib yashaydi. Bu yo‘lda esa kitob uning doimiy hamrohi. O‘tmishda o‘zini ziyoli, martabali sanagan kishilar albatta ma’naviy mulk – xos kutubxonaga ega bo‘lganlar. Bugun kitoblar, kutubxonalarga munosabat o‘zgargan. Bunga birinchi navbatda kundalik hayotimizning kompyuter, internet tarmog‘i bilan bog‘liqligi sababdir. Javonlarni to‘ldirib turuvchi kitoblar endi ixchamgina lazer lappakchasiga ham “sig‘adi”. Ammo, tan olish kerak, kitob, bu – kitob... Inson bor ekan, adabiyot va kitob yashashda davom etaveradi. Radio, televideniye, internet bor-ku, ular ma’naviy ehtiyojimizni qondirolmaydimi? – dersiz. Ular hech qachon kitobning o‘rnini bosolmaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling