Nazariy ma’lumot: O‘zbek tili fonetikasi.
Fonetika – (yunoncha “fone”-tovush so‘zidan kelib chiqqan) tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tomonini, nutq tovushlari, shuningdek, urg‘u, bo‘g‘in kabi hodisalarni o‘rganadi.
Nutq tovushlari va nutq organlari
Nutq organlari yordamida hosil qilingan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq organlariga o‘pka, bir juft bronx, kekirdak, tovush paychalari, til, kichik til, tanglay, tishlar, lablar, pastki jag‘ va burun bo‘shlig‘i kiradi.
Tovush paychalari, til va lablar faol nutq organlari hisoblanadi.
Nutq tovushlari o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining tovush paychalarini tebratishi orqali hosil bo‘ladi.
Tovush va harf
Nutq tovushlariga nisbatan asosan tovush atamasi ishlatiladi. Tovushlar yozuvda harf bilan ifodalanadi. Nutq tovushlarining yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Tovush va harf quyidagicha farqlanadi:
Tovush | Harf |
og‘zaki nutq birligi
|
yozma nutq birligi
|
eshitamiz;
talaffuz qilamiz.
|
ko‘ramiz;
yozamiz;
o‘qiymiz.
|
Unlilar
a, o, e, i, o‘, u.
Undoshlar
b, v, g, d, j, z, y, k, 1, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g, h.
Unlilar tasnifi
O‘pkadan chiqayotgan havo oqimining hech qanday to‘siqqa uchramay hosil bo‘lgan, sof ovozdan iborat tovushlar unli tovushlar deyiladi. O‘zbek tilida 6 ta unli tovush mavjud.
Unli tovushlar uch xil xususiyatiga ko‘ra tasnif qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |