Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mavzu. Matn: ADABIYOT – MA’NAVIYAT ASOSI


Download 0.87 Mb.
bet60/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

11-mavzu. Matn: ADABIYOT – MA’NAVIYAT ASOSI


Nazariy ma’lumot: Grammatika: Morfologiya va Sintaksis.
Ish yuritish: Dalolatnoma.
Adabiy o‘qish: G‘afur G‘ulom “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi.


1-topshiriq. Savollarga javob bering.

  1. Adabiyot” so‘zining ma’nosi nima?

  2. Adabiy janr deganda nimani tushunasiz?

  3. Dunyoga mashhur qaysi adabiy asarlarni bilasiz?

  4. O‘zbek adiblaridan kimlarning asarlarini o‘qigansiz?



Adabiyot – ma’naviyat asosi
Adabiyot – insonning badiiy tafakkuri mahsulidir. Adabiyot – so‘z san’ati. “Adabiyot” arabcha “adab” – odob so‘zining ko‘plik shaklidir. O‘zbek tilida “adabiyot” atamasi kishilarga yaxshi xulq va umuman hayotni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri yashashni o‘rgatish maqsadida yozilgan asarlar ma’nosida qo‘llanilgan. Adabiyot – kishini yomon tuyg‘ulardan tozalaguvchi, ruhini tiniqlashtiruvchidek bir ajoyib vazifani o‘taydi. Adabiyot avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. Uning asosiy quroli so‘z bo‘lib, so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. So‘zni ham naqqoshlarcha, ustalik bilan ishlata olgandagina adabiyot biror-bir timsol yarata oladi, fikr ayta oladi. Adabiyot olam hodisalari haqida ham bilim va ma’lumot beradi. Bu jihatdan u fanga, fanning turli tarmoqlari: falsafa, tabiatshunoslik, kimyo, fizika, tarix va boshqalarga o‘xshaydi. Ammo ular hayot hodisalarini aks ettirish usuliga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Zero, fan ilmiy umumlashmalarga tayansa, adabiyot badiiy obrazlarga suyanadi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O‘zbek adabiyoti o‘zbek xalqining o‘zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o‘ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo‘li, rivojlanish qonuniyatlari bor. O‘zbek adabiyoti tarixi insonnnig ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga hissa qo‘sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling