2.Aniq va mavhum otlar. Aniq otlar tabiatda mavjud narsalardir: kitob, mashina, telefon. Mavhum otlar tushunchalarning nomlaridir: bolalik, yaxshilik, sevgi, or-nomus va boshq. Mavhum otlar asosan –lik va –liq qo‘shimchalari bilan fe’ldan boshqa so‘zlardan yasaladi.
3.Yakka va jamlovchi otlar. YAkka otlar yolg‘iz predmet yoki shaxsni bildiradi: bola, daftar, odam. Jamlovchi otlar jamlikni ifodalaydi: to‘da, poda, xalq, guruh kabi. Jamlovchi otlar mantiqiy ko‘plikni ifodalaydi.
1-mashq. Gaplarni o‘qib, aniq va mavhum otlarni toping.
1. Hasad – yurakning zanglashiga, qaysarlik esa mag‘lubiyatga olib keladi. 2. Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa boshingizga falokat keltiradi. 3. Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 4. Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. 5. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo‘ldi.
SIFAT SO‘Z TURKUMI
Belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlarga sifat deyiladi. Sifat, asosan otga, ba’zan fe’lga bog‘lanib keladi. Sifatlar ma’nosiga ko‘ra asliy va nisbiy bo‘lishi mumkin. Asliy sifatlar belgini bevosita ifodalaydi: semiz, oriq, qizil, ko‘k kabi. Nisbiy sifatlar belgini o‘rniga (devoriy), vaqtga (qadimgi), predmetga (kuchli) nisbat berib ifodalaydi. Sifatlar gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim va hol vazifasida keladi.
Sifat darajalari
Belgining me’yordan ortiq yoki kamligining ifodalanishi sifat darajasi deyiladi.
Orttirma daraja. Belgining me’yordan ortiqligini bildirgan sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.
Ottirma daraja ikki xil usulda hosil qilinadi:
1.Leksik usul: juda qizil, g‘oyat go‘zal, tim qora kabi.
2.Fonetik usul: qop-qora, qip-qizil, dum-dumaloq kabi.
Ozaytirma daraja. Belgining me’yordan kamligini bildirgan sifatlar ozaytirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.
Ozaytirma daraja ham ikki usulda hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |