Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet76/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Shart mayli. Shart maylidagi fe’llar asosan shart ma’nosini, shuningdek istak, maslahat, faraz, kabi ma’nolarni ifodalaydi.

Shaxs

Birlik

Ko‘plik

I shaxs
II shaxs
III shaxs

Kelsam, aytsam
Kelsang, aytsang
Kelsa, borsa

Kelsak, aytsak
Kelsangiz, aytsangiz
Kelsalar, aytsalar



Shart maylining ma’nolari:
1.Shart ma’nosi: Ekin parvarish qilinsa, hosil mo‘l bo‘ladi.
2.Orzu-istak ma’nosi: Maktabni «besh»ga bitirsam. Bu yil o‘qishga kirsam edi.
3.Kerak so‘zi bilan kelib faraz, gumon ma’nosi: Ish tugasa kerak.
Maqsad mayli. Maqsad mayli ish-harakatning maqsadini bildiradi, -moqchi qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: so‘ramoqchi edim, bormoqchi bo‘lyapman, aytmoqchi bo‘ldim kabi.
5-mashq. Fe’I turkumiga oid so‘zlarni topib, morfologik tahlil qiling.
1.Yirik-yirik tomchilar yer-u ko`kni savalay ketdi. 2.Suhbatdoshimning ko`zlari qop-qopa, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. 3.Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoldi. 4.Bu o`rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. 5. Osmon tiniq, yulduzlar tiniq edi. 6.Shahzodaning dilini ma`yus, ammo pokiza hislar chulg`ab oldi. 7. Cho`ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo`ridan ayyor. 8.Qizlar dastlabki musobaqada g`oliblikni qo`lga kiritdilar. 9.Istiqlol xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro`yobga chiqardi. 10.Do`mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
RAVISH SO‘Z TURKUMI
Harakat va holatning belgisini bildirgan so‘zlar ravish deyiladi. Ravishlar asosan fe’lga bog‘lanib hol vazifasida keladi: Biz daladan kech qaytdik. Ravishlar ma’nosiga ko‘ra olti tur:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling