Birgalik nisbat. Birgalikda bajarilgan ish harakatni bildirgan so‘zlar birgalik nisbatdagi fe’llar hisoblanadi. Birgalik nisbat fe’lga –(i)sh qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: borishdi, kelishdi, yozishdi kabi. –lash so‘z yasovchi qo‘shimchasi bilan yasalgan fe’llar ham birgalik nisbat shaklida hisoblanadi: gaplashdi, suhbatlashdi, bahslashdi. Birgalik nisbat shakli ko‘plik qo‘shimchasi bilan grammatik sinonim hisoblanadi: kelishdi-keldilar.
Orttirma nisbat. Biror shaxs ta’sirida boshqa shaxs tomonidan bajarilgan ish-harakatni bildiruvchi fe’llar orttirma nisbatda hisoblanadi. Orttirma nisbat fe’l o‘zagiga –t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -qiz, -g‘iz, -giz kabi qo‘shimchalar qo‘shish bilan yasaladi: ishlat, o‘qit, edir, toptir, ayttir, keltir, shoshir, ichir, qaytar, turgiz, o‘tkaz, yurgiz, o‘tqiz, oqiz, bitir kabi. Orttirma nisbat bir fe’lga birdan ortiq qo‘shilishi ham mumkin: yozdirtir, o‘qittir, uxlatgiz kabi.
Fe’l mayllari
So‘zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. Fe’llarda to‘rt xil mayl bor: 1.Xabar mayli. 2.Buyruq-istak mayli. 3.SHart mayli. 4.Maqsad mayli.
Xabar mayli. Ish harakat haqida biror xabar, ma’lumot berib, hech qanday mayl qo‘shimchasi olmagan fe’l shakli xabar maylidagi fe’l hisoblanadi: aytdi, bordim, kelgan ekan kabi.
Buyruq-istak mayli. Bu mayl buyruq, istak, iltimos ma’nolarini ifodalaydi. Buyruq-istak mayli tuslanish bilan bog‘liq.
SHaxs
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I shaxs (faqat istak)
II shaxs (buyruq va istak)
III shaxs (faqat buyruq)
|
O‘qiy(in), yozay(in)
O‘qi(gin), yoz(gin)
O‘qisin, yozsin
|
O‘qiylik, yozaylik
O‘qing(iz), yozing(iz)
O‘qisin(lar), yozsin(lar)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |