Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet78/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

6-mashq. Quidagi ravishlarni turlarga ajrating.
Bugun, bugundan, erta, ertagacha, ertadan, oldin, oldindan, ilgari. darrov, yangi, yangicha, uncha-muncha, bu erda, oz, ko‘p, mutlaqo, uncha, yaxshilab;
2-topshiriq. Ravish so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ularning sinonimlarini toping.
XANDA
G‘amxo‘r sayohatchi ona bolalari bilan dengiz sohilida dam olish uchun ekspress poyezdning qulay kupesida bamaylixotir ketisharkan: «Bolalarim, menga xalaqit bermay tinglanglar. Men sizlarga qiziq hikoya­lardan o‘qib beraman», — deya kitob o‘qishni boshladi ona.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, katta o‘g‘li birdan so‘rab qoldi:
— Oyi, hozir poyezd to‘xtab o‘tgan stansiyaning nomini bilasizmi?
— Yo‘q bilmayman... Gap qo‘shmay turgin, adashib ketaman.
— Attang, bilsangiz soz bo‘lardi...
— Nega endi bilishim kerak ekan?
— Ukam stansiyani bir aylanib chiqay deb, tushib ketgandi.
(R. Shukurov)
Ish yuritish:
TILXAT
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat).
2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi); d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi); e) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. boisa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.



TILXAT
Men, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.
(imzo) B. Olimov
2018-yil 21-fevral



Adabiy o‘qish:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling