Yordamchi fe’llar faqat grammatik ma’no ifodalaydi. Bunday fe’llarga ko‘makchi fe’llar va to‘liqsiz fe’llar kiradi. To‘liqsiz fe’llarga edi, ekan, emish so‘zlari kiradi.
Fe’l nisbatlari
Fe’llardagi ish harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Fe’l nisbatlari besh xil: aniq nisbat, o‘zlik nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbat, orttirma nisbat. Ba’zan bitta fe’lga birdan ortiq nisbat shakli qo‘shilishi mumkin: yuvintir, isitildi, yuvintirildi kabi. Bunday fe’llarning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi nisbat shakliga qarab belgilanadi.
Aniq nisbat. Nisbat qo‘shimchasi olmagan fe’l aniq nisbatdagi fe’l hisoblanadi: yozdi, aytdi, berdi kabi.
O‘zlik nisbat. O‘zlik nisbatdagi fe’l ish-harakat bajaruvchining o‘zida qolganligini anglatadi. Ular fe’l o‘zagiga –(i)n, -(i)l qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: tarandi, yuvindi, sevindi, burildi, sudraldi kabi. –lan so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan yasalgan fe’llar ham o‘zlik nisbatda hisoblanadi: faxrlandi, shodlandi kabi. Ko‘pchilik fe’llar o‘zlik nisbatda qo‘llanilmaydi: o‘qimoq, kutmoq, ishlamoq kabi.
Majhul nisbat. Majhul nisbatdagi fe’llar ish-harakatning bajaruvchisi noaniq ekanligini bildiradi. Fe’l o‘zagiga -(i)l, -(i)n qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: o‘qildi, aytildi, topshirildi, to‘plandi kabi. O‘zlik va majhul nisbatlar shakl jihatdan bir biriga o‘xshaydi, biroq mazmuniga ko‘ra farqlanadi.
O‘zlik nisbat
|
Majhul nisbat
|
Alisher ishga berildi
Xaloyiq to‘plandi
Ahmad to‘garakka yozildi
|
G‘oliblarga mukofot berildi
Xalqdan soliq to‘plandi
Maktub yozildi
|
Agar fe’l o‘zlik nisbatda ham, majhul nisbatda ham qo‘llaniladigan bo‘lsa o‘zlik nisbat -(i)n, majhul nisbat –(i)l shaklini oladi: yuvindi-yuvildi, tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi.
Majhul nisbatdagi fe’llar asosan III shaxsda qo‘llanilib, shaxsi topilmas gapning kesimi vazifasida keladi: Barnoga maktub yozildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |