Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet71/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

1-topshiriq. Sonlarni topib, ularga tavsif bering.
YEtti xazina nima?
O‘tmishda xalqimiz dunyoda odamni boqadigan va boy qiladigan yetti xazina bor deb bilgan. Ular quyidagilardir:
1. Sigir — ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli.
2. Asalari — oilaning tabibi.
3. Ipak qurti — qizlarning sepi.
4. Objuvoz — qozonning yog‘i.
5. Тegirmon — qorinning belbog‘i.
6. O‘rmon — imorat «suyagi», qozon olovi.
7. Тovuq — ham obiyovg‘on, ham dori-darmon.
Xo‘sh, bularning nimasi xazina? Qadim zamonlardan beri kishilar shun­ga e’tibor berishganki, kundalik turmushda ayrim mahsulotlardan qanchalik ko‘p foydalanilmasin, ularning o‘rni muntazam to‘lib turaveradi. Masalan, sigir har kuni sut beraveradi, tovuq har kuni tuxum qilaveradi. Objuvoz bilan tegirmon ham (don solib turilsa) to‘xtamay moy va un chiqa­ra­veradi. Asalarining boli-yu, o‘rmondagi dov-daraxt ham nisbatan olinganda tugan­masdir. Inqilobdan avvallari ipak mato bozorda kambag‘al­larning qurbi yetmaydigan darajada qimmat turgan, ayniqsa, qizlari bor uylarda ipak qurti boqilgan. Keyin pillani ipakchilardan matoga ayirbosh qilishgan...


OLMOSH – SO‘Z TURKUMI
Ot, sifat, son va ba’zan ravish o‘rnida qo‘llaniladigan so‘zlar turkumi olmosh deyiladi. Olmosh turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi, shuningdek kesim va hol vazifalarida kelishi mumkin. Olmoshlar o‘z ma’nosiga ko‘ra etti xildir.
1.Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. Bu olmoshlar, asosan, shaxslarga, ba’zan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Ba’zan sen o‘rniga siz ishlatilib, hurmat ma’nosi (Akam sizga xat bergandi), men o‘rniga biz ishlatilib ba’zan kamtarlik, ba’zan maqtanish ma’nolari (Bizga nima xizmat) ifodalanadi. Kishilik olmoshlari kelishiklar bilan turlanadi, biroq egalik qo‘shimchalari olmaydi. Kishilik olmoshlaridan men va sen qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalarini olganda va –niki qo‘shimchasi bilan qo‘llanilganda bitta –n tushib qoladi: mening, seni, meniki. Uchinchi shaxs u olmoshi esa jo‘nalish, chiqish va o‘rin-payt kelishiklari bilan turlanganda bitta –n orttiriladi: unga, unda, undan. SHuningdek u olmoshi ba’zan ko‘rsatish olmoshi ma’nosida ham ishlatilishi mumkin. Kishilik olmoshlari juft holda ishlatilishi mumkin.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling