5.Belgilash-jamlash olmoshlari: hamma, barcha, bori, jami, butun, har kim, har nima, har narsa, har bir, har qaysi kabi. SHunday shakldagi har qachon, har vaqt so‘zlari olmosh emas payt ravishi hisoblanadi. Belgilash olmoshlari egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi mumkin: hammasi, har kimga, har nimasini. Ba’zan belgilash olmoshlari ko‘plik qo‘shimchasini ham olib kelishi mumkin: Hammalari, barchalari. Belgilash olmoshlari takror holda ishlatilishi mumkin.
6.Bo‘lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech nima, hech qanaqa, hech qanday, hech qaysi, hech narsa kabi. Hech qachon so‘zi bo‘lishsizlik olmoshi emas payt ravishidir. Bo‘lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildiradi. Bo‘lishsizlik olmoshlari ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llaniladi: hech kimi, hech narsani, birovni, hech kimga. Bo‘lishsizlik olmoshlari juft va takror holda ishlatilmaydi.
7.Gumon olmoshlari: birov, allakim, allanarsa, allaqaysi, kimdir, nimadir, qaysidir, qandaydir kabi. Allaqachon so‘zi payt ravishidir. Ot o‘rnida qo‘llaniladigan gumon olmoshlari ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi mumkin. Ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalari –dir qo‘shimchasidan oldin joylashadi: kimgadir, nimasidir, kimlardir. Gumon olmoshlari juft va takror holda ishlatilmaydi.
4-mashq. Ajratilgan so‘zlar o‘rniga kishilik olmoshlarini quyib chiqing.
1.Alisher do‘stini juda yaxshi biladi. 2.Aqida va SHoxidalar bugun darsga kelishdimi? 3.Do‘stimning yozgan xatiga javob yozdim. 4.Oyim bilan birga do‘konga bordik.
FE’L SO‘Z TURKUMI
Predmetning harakatini bildiruvchi so‘zlar turkumi fe’l deyiladi. Fe’llar gapda asosan kesim vazifasida keladi. Fe’llar ma’nosiga ko‘ra mustaqil va yordamchi fe’llarga bo‘linadi.
Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’no anglatib, gapda mustaqil holda qo‘llaniladi: ishladi, bordi, uxladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |