Tasviriy ifodalar
Biror narsani o‘z nomi bilan atamasdan obrazli tarzda ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar, asosan, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llaniladi. Masalan: dala malikasi (makkajo‘xori); oq oltin (paxta); o‘rmon malikasi (archa); dehqonning qanoti (texnika).
Ba’zi tasviriy ifodalar ikki narsani nomini bildirsa, ba’zi narsalar ikkita tasviriy vosita bilan ifodalanadi: aql gimnastikasi (matematika; shaxmat); qora oltin (neft’; toshko‘mir); zangori ekran - oynai jahon (televizor);
1- mashq. Iboralarning ma’nosini izohlang.
Lom-mim demadi. Tomdan tarasha tushganday. Tepa sochi tikka bo`ldi. Dili siyoh bo`ldi. Aravani quruq olib qochmoq. Ko`ngli bo`sh. Yog` tushsa yalaguday.Ko`zi tushdi. Bir yoqadan bosh chiqarmoq. Suv quygandek. Tuyaning dumi yerga tekkanda. Oq ko`ngil.
2-mashq. Tasviriy ifodalarning ma’nosini izohlang.
Oq oltin. Qanotli do`stlar. Samo lochinlari. Shodlik va baxt kuychisi. Osmon ko`z yoshlari. Dala malikasi. Po`lat ot chavondozlari. Dunyo tomi. Zangori ekran. Oynayi jahon. Yashil vodiy. Qizil iblislar. Yashil burgutlar. Oltin vodiy. Kumush tola. Xalq oqsoqoli. Oq oltin tog`lari.
3-mashq. Tasviriy ifodalarning ma’nosini izohlang.
Aql gimnastikasi. Mo`yqalam sohiblari. Charm to`p ustasi. Charm qo`lqop ustasi. Kino yulduzi. Ekinning qoni. Dehqonning qanoti. Yashil boylik. Ilm o`chogi. Qora oltin. Lolalar mamlakati. Gullar shahri. 21-asr vabosi. Ipak shahri. Non shahri. Yer osti qasri. So`z mulkining sultoni. Ishq kuychisi. Harobalar sultoni. Dengiz hokimi. Hayvonlar podshosi.
Uyga vazifa. Iboralarning ma’nosini izohlang.
Ko`zi to`rt bo`ldi. Yeng shimarib. Do`ppisini osmonga otdi. Tog`ni talqon qiladi. Noni yarimta. Oshig`i olchi. Quloq solmadi. Esi chiqib ketdi. Og`zining tanobi qochgan. Bir mayizni teng bo`lib emoq. Oyoq qo`li yengil. Bir cho`qishda qochirish. Hafsalasi pir bo`ldi. Oralaridan mushuk o`tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |