Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish
Download 149.23 Kb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot va uning turlari. Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi: • Belgili
- Matnli
Axborot va uning turlari
Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi: Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan axborot. Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborot. Informatikasohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborotning asosiy xossalari: 1. to’liqlik; 2. yaroqlilik; 3. ishonchlilik; 4. dolzarblik; 5. tushunarlilik. Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Axborot va uning turlari. Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi: • Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-xodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi. • Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot. • Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborotlar. • Video va audeo ko’rinishdagi ma’lumotlar Axborot nima? Ma’lumki, axborot (lotincha informatio – tushuntirish, xabar olish bayon etish,) – biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to’plamini ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir. Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi «avval noma’lum bo’lgan biror xabarni yetkazishdir. Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi. Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig’i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin. Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi. Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.: • Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida; • Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida; • Radioto’lqinlar ko’rinishida; • Elektr va nerv impulslari ko’rinishida; • Magnit yozuvlari ko’rinishida; • Imo-ishora va mimika orqali; • Hid va ta’m ko’rinishida; • Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida. Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi.. Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi. Download 149.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling