Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. Reja asosida matnni mikromatn shaklida qayta yozing


Download 14.55 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.55 Kb.
#252550
Bog'liq
11-TOPSHIRIQ Akademik yozuv


2- topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. Reja asosida matnni mikromatn shaklida qayta yozing.

Pochta tarixi

Aloqa ishlarida maxsus xizmatkorlar-choparlar podshoh va mahalliy hokimlarning farmoyish va xat-xabarlarini tashiganlar. Ular hukumatdan maosh olib turganlar. Choparlarning bir guruhi oliy hukmdorlarning kechiktirib bo‘lmaydigan farmoyishlari va boshqa xabarlarini belgilangan yurtlar va odamlarga yetkazib turganlar. Xabarchilarning bu guruhi shuturpari (qanotli tuyalar) deb atalgan. Xabarchi choparlar tepasida muboshir(arabcha xushxabar tarqatuvchi) deb ataluvchi va saroyda hurmat -e’tiborga ega bo‘lgan amir turgan.

O‘tmishda xonlar va mahalliy hukmdorlar savdo karvonlaridan ham xabar /xabarchi/vositasida foydalanganlar. Savdogarlardan axborot manbai sifatida olimlar ham keng foydalanishgan.

Choparlar va savdo karvonlariga hukumat katta imtiyoz va qulayliklar yaratgan. Masalan: yo‘l ustida(bir kunlik yo‘l ustida (yomxonalar)forscha: xabarchi otlar saqlanadigan joy/va rabotlar/arabcha: karvonsaroy/qurdirilib, ularning tepasiga mahsus nazoratchilar/yomchilar, rabotbonlar/qo‘yilgan. Ularning zimmasiga choparlar, savdogarlar va elchilarga qo‘noq va oziq-ovqat berish, jo‘nab ketishlarida horigan /charchagan/ va o‘sallab qolgan ot-ulovini almashtirib berish va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Yemxona va rabotlardan tashqari, yo‘l ustidagi qishloqlarning aholisi ham elchi va choparlarga qo‘noq va oziq-ovqat berishga majbur etilganlar.

* * *


O‘tmishdagi ko‘pgina mamlakatlarda pochtachilarga katta hurmat bilan qarashgan. Misrda xat tashuvchilarga hatto haykal qo‘yilgani ma’lum. Yunonistonda ular eng hurmatli insonlardan sanalardi.
Javoblar

2- topshiriq

Reja:

1. Choparlarning asosiy vazifalari.

2. Xabar yetkazishning kengroq foydalanilgan usuli.

3. Xabar yetkazishning katta qulaylik va imtiyozlari.

Bir birlariga soʻzlarini yetkazish uchun oʻtmishda choqarlar hukmdorlar va hokimlarning xat-xabarlarini tashish bilan shugʻullanishgan. Shuturpari nomli choparlar guruhi hukmdorlarning muhim bogan qarorlari xatlarini yetqazib turishbilan ham shugʻullangan.

Oʻtmishda ham yana bir xabar yetqazish usuli bu savdo karvonlari bolib, undan olimlar mahalliy hukmdorlar ham asosiy aloqa manbai sifatida keng foydalanishgan.



Xabarchilar uchun oʻtmishda katta qulayliklar va sharoitlar yaratilgan. Misol uchun, yomxonalar choparlarning otlari uchun qoʻyilgan, ularning otlari charchagan boʻlsa, boshqa otlar va oziq-ovqatlar bilan taʼminlagan. Asosiysi, hatto ularga haykallar ham qoyilgan.

4- topshiriq.“Hayotdagi maqsadlarim va orzularim” mavzusida monologik matn tuzing.

Hayotdagi maqsadlarim va orzularim

Har bir inson oʻz oldiga maqsad qoʻygan boʻladi. Xuddi shuningdek, mening ham oʻz maqsad va orzularim bor. Eng avvalo, bizga oʻzi yemay-yedirgan, kiymay-kiydirgan ota-onamni rozi qilish va duolarini olishdir. Xudo xohlasa, ota-onamni Hajga olib borish eng katta orzularimdan biri. Ikkinchi oʻrinda, ota-onamga, ona yurtimga munosib farzand boʻlish uchun yaxshi oʻqib, kelajakda ona Vatanimga, oila aʼzolarimga manfaati tegadigan kasb egasi boʻlishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻyganman. Barcha maqsad va orzularimga erishish uchun hozirdan yaxshi ilm olishim, koʻp kitob oʻqish va ularni uqish kerak deb hisoblayman.
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling