Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi Bajaruvchi


Download 486.68 Kb.
bet3/6
Sana04.10.2023
Hajmi486.68 Kb.
#1691452
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Barataliyeva Parvina,O\'zgartirish (2) (2)1

1.2 Toshbosma nashrlar
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda qog‘ozli kitoblar 650 yillardayoq yuzaga kela boshlagan. Butun o‘rta asrlar davomida kitoblar qo‘lyozma shaklda ko‘paytirib kelindi. 1798 yilda Germaniyada litografik bosma usuli ixtiro qilindi. Bu usul tezlik bilan Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoyildi. 1816 - yildan Peterburgda bosma kitoblar chiqa boshladi. Bu bosmaxonalarda Kavkaz, Fransiya, Germaniyadan keltirilgan maxsus (qalinligi 8-14 santimetrlik) yassi toshlar sirtiga maxsus bo‘yoq, litografiya qalami yoki qalin tush bilan matn va tasvirlar tushirilgan. Kimyoviy eritma yordamida ishlov berilgan. Keyin litografiya bo‘yog‘i bilan nusxa ko‘paytirilgan. 1865 - yil Toshkentda Turkiston Harbiy Okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil qilindi. Bu yili bosmaxona N.A. Seversovning «Chu va Norin tazmalari etagidagi tog‘li o‘lka to‘g‘risida lavhalar» degan ruscha kitobini nashr etdi.7 O‘zbek tilidagi birinchi bosma nashr Shohimardon Ibrohimovning 1871 - yilda Xivada bosilgan kalendari bo‘ldi. Ungacha, Qozondan, Qirimdan, Turkiyadan turkiy tilda bosilgan toshbosma kitoblar kelib turgan. Shu tarzda Turkistonning bir qancha shaharlarda ham shu usul bilan kitob bosish yo‘lga qo‘yildi:
Otajon Abdalov - Xiva
Semyon Laxtin - Toshkent
F. H. Orifjonov - Toshkent (Fulomiya, Fulomiy matbaasi—1898-1900)
Ilin matbaasi - Toshkent
Yakovlev G. Ya. - Toshkent
Porsov O. A. - Toshkent, 1888
Poltoranova - Samarqand, 1894
Baranovskiy - Buxoro, Kogon, 1901
Kalachov - Andijon, 1904
Minakov - Qo‘qon, 1904
Isoxonto‘ra Junaydullaxo‘jaev (Ibrat) (1862 - 1937)
To‘raqo‘rg‘on - 1904
Matbaai is’hoqiya - To‘raqo‘rg‘on, 1904.
Bu bosmaxonalarda turli mavzudagi materiallar bilan bir qatorda o‘zbek, fors, arab mumtoz adabiyoti namunalari va ularning tarjimalari ham nashr etila boshladi. Bu hol ma’naviy merosimizni keng xalq ommasi orasida ko‘plab tarqalishi bilan bir qatorda ijod ahli zimmasiga ularning matnini sinchiklab saralash, matnshunoslik izlanishlari olib borish mas’uliyatini ham yukladi. Toshbosma nashrlar aholining keng qatlamlari ehtiyojini qondirish uchun, birinchi navbatda zarur hisoblangan diniy kitoblarni, madrasa va maktablar uchun zarur hisoblangan asarlarni chop etdi. Chunonchi,
«Bidon» degan kitobcha - arab tili sarfiga oid, arabcha misollar bilan tojik tilida yozilgan (boshlang‘ich ma’lumot uchun mo‘ljallangan).
«Avvali ilm» - tojikcha kitobcha, diniy masalalar bo‘yicha savol-javob tarzida ѐzilgan.
«Muizziy»,
«Zanjoniy» - arab tili sarfiga oid, arab tilida yozilgan.
«Avomil» - arab tili nahviga oid, arab tilida yozilgan, jumlama-jumla tojikcha tarjimasi bilan berilgan.
«Kofiya» - arab tilining nahvi kengroq bayon qilingan.Yetti bobga bo‘lingan.
«Sharhi mullo» - «Kofiya»ning sharhi, Jomiy asari.
«Shamsiya» - mantiqqa oid kitobcha. Najmiddin Umar Qazviniy (13-asr) asari,
«Hoshiya» - mantiqqa oid «Shamsiya»ning sharhi, Alloma Qutbiy asari.
«Aqoidi nasafiy» - ilmi kalomga oid kitobcha, Alloma Taftazoniyning asari
«Tahzib» - mantiq va ilmi kalomga oid kitob.
«Hikmat ul-ayn» - hikmati tabiiy va ilohiyga oid kitob.
«Mullo Jalol» - ilmi kalomga oid kitob (madrasa ilmini olishda yakunlovchi kurs bo‘lib xizmat qilgan). Bayozlar. Birgina shoir Xislatning o‘zi oltita bayoz tayyorlab chop ettirgan:
«Hadyai Xislat» 1910
«Bayozi yangi»1911 «Bayoz» 1911
«Armug‘oni Xislat» 1912
«Savg‘oti Xislat» 1912 - 1914
«Tuhfai Xislat» 1914 - 1915. Bundan tashqari o‘nlab bayozlar nashr qilindi: «Bayozi Hazaniy» 1910, 1911, 1913.
«Bayoz» maa «Gulshani asror» –T., 1913.
«Mahbub ul-mahbub»
«Tuhfai Shavkat» 1913
«Savg‘oti Shavkat» 1914
Bunday bayozlar o‘nlab shoirlarning she’rlarini o‘z ichiga olgan.8Ularning matnini, asosan, shoirlar o‘z davrida mavjud qo‘lyozmalardan olib o‘z nashrlariga kiritganlar. Mumtoz adabiyotimizning namoyandalari ijodidan dovrug‘ taratgan asarlar birma-bir bosma nashr sifatida tarqay boshladi. Ular orasida Navoiy «Xamsa»si (Xiva, 1879), devoni (T., 1888), So‘fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat»i (Qozon, 1896), «Bahori donish» kitobi va h.k. Bu nashrlar uchun nusxalar tanlab ularni nashrga tayyorlash chog‘ida olib borilgan ishlar - matnshunoslik izlanishlari o‘sha davr zamonasining talablariga yarasha bo‘lib kelgan va XX asr zamonaviy matnshunoslik ilmi talablariga o‘sib o‘tishda bir bosqich vazifasini bajargan. Bosma nashr uchun nusxalarni tanlash, ularni saralash va nihoyat bosma nashrni yuzaga keltirish ishlari takomillasha borib, hozirgi zamon matnshunosligining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi.
Qadimiy matnlar nashrining bir necha xil turlari bir kitobda berilishi mumkin. Bunday kitobda matn ikki, uch marta turli usullar bilan chop etilgan bo‘lishi mumkin; qo‘lyozma va uning matni (transkripsiyasi, transliteratsiyasi), tarjimasi va h.k. Tilshunoslar uchun nashr bilan tarixchi va adabiyotshunoslar uchun nashr birlashtirilgan holda bo‘lishi ham mumkin.
Transkripsiya (lat. - ko‘chirib yozish)—matn yozuvining shartli, sun’iy turi orqali nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini saqlab qolgan holda xatga tushirilishi.
Akademik nashr —Bir shoir yoki adib ijodiy merosini mukammal qamrab olgan, tanqidiy matn bilan tenglashtirilgan nashr turi. Unda muallif asarlari matni yuzasidan olib borilgan ishlarning oxirgi yutuqlari hisobga olingan holda ilmiy sharh va izohlari bo‘ladi. Odatda transliteratsiya shaklida beriladi.
Toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan.
Kotiblarning ko‘pchiligi filologik bilimga ega savodli, ilmli kishilar bo‘lgan. Xususan, A.Murodov mashhur Shohmurod kotib shogirdlaridan Husniddinxon haqida so‘z yuritarkan, uni “Sharq adabiyoti tarixi va nazariyasi bo‘yicha olim hamda arab, fors tillariga tarjimon edi”9, – deb yozadi. Jumladan, 1905 - yili Toshkentda Porsev matbaasida tayyorlangan “Xamsa” asari toshbosma nusxa matni Abdumannof Hoji tomonidan ko‘chirilgan. Kotibning to‘la ismi Abdumannof Abdulvahhob o‘g‘li bo‘lib, xalq o‘rtasida Qori Abdumannof, Abdumannof hoji nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Toshbosma uchun ko‘chirib bergan qo‘lyozmalariga ham Qori Abdumannof yoki Abdumannof Hoji deb imzo qo‘ygan. Abdulmannof Hoji Toshkentning Hofiz Ko‘yki mahallasida yashagan. U Buxoroda ta’lim olgan. So‘ngra Toshkentda mashhur xattot Abdulhaq Kotib Alim o‘g‘li (1808–1886)ga shogird tushib xattotlik san’atini o‘rgangan va tez yozuvchi xattot sifatida tanilgan. Abdulmannof Hoji 1945 - yili 65 yoshida poezd ostida qolib halok bo‘lgan. Kotibning arab va fors tillarida ko‘chirgan qo‘lyozmalari saqlanib qolgan10. Matnshunos P.SHamsiev tayyorlagan “Xamsa” dostonlari ilmiy-tanqidiy matni bilan Abdumannof Hoji ko‘chirgan nusxa matni o‘zaro solishtirilganda diqqatimizni Abdumannof Hoji asarni ko‘chirishda juda e’tiborli bo‘lgani tortdi. U muallif matnini asli holicha saqlashga harakat qilgan ekan. “Farhod va Shirin” asari ilmiy-tanqidiy matni bilan Abdumannof Hoji tayyorlagan nusxa matni bir-biriga deyarli mos keladi va dostondagi baytlar soni ham boshqa toshbosma nusxalariga nisbatan kam tafovut qiladi.
Endi ilmiy ommabop nashr turlaridan ayrimlarini alohida ko‘rib chiqamiz: Transliteratsiya11—Bu nashrda asar matni qo‘lyozma grafikasidan amaldagi yozuvga o‘giriladi. Ya’ni, bir yozuv harflarini boshqa yozuv harflari bilan almashtiriladi. Qadim Transliteratsiyani, transkripsiya bilan adashtirib yubormang. (I grafikaga, II fonetikaga aloqador hodisadir.Qo‘lyozmalarni o‘qib o‘rganish, shuningdek, orfografik qoidalarida qadimiy an’anaviy ifoda usullari saqlanib qolishi bilan bunday nashrlarning ahamiyati alohidadir. Bizda arabiy, forsiy va turkiy matnlarning transliteratsiyasi uchraydi.Arabiy jumlalar transliteratsiyasi - iqtiboslar shaklida, forsiy jumlalar transliteratsiyasi - tojik krillitsasi va o‘zbek krillitsasishaklida; turkiy - o‘zbek krillitsasida (M: - «Qissai Rabg‘uziy», Navoiy tomlari, klassik shoirlar merosi, «Boburnoma» va hokazolar.
Tabdil. Asar matni muallif yoki tarjimon davridagi tildan joriy tilga tarjima qilinishi tabdil deyiladi. Bunda ayrim nashrga tayyorlovchilar tilning tarixiyligini bir qadar saqlab qolish hollari ham uchrab turadi. Tabdil nashrlar keng kitobxonlar ommasi uchun tushunarliligi bilan ham muhim hisoblanadi. (M.: «Qobusnoma»ning Ogahiy tarjimasi; «Mahbub ul-qulub»ning Porso Shamsiev tabdili.
Nasriy bayon. She’riy yo‘l bilan yozilgan epik asarlarni hozirgi tilga nasrda tarjima qilinadi. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonlarining shu xildagi nashrlari mavjud. Bu xildagi nashrlar asar mazmunini hozirgi kitobxon uchun tanishtirishda beqiyosdir.
Boshqa ommabop nashrlar. Adabiy meros keng xalq ommasi uchun tanlangan asarlar, antalogiyalar, tarnsliteratsiya, sovg‘a nashrlar, alohida asarlar shaklida ham nashr qilinishi mumkin. Bunda ilmiy-tanqidiy matni bo‘lgan asarlar shu matndan, bo‘lmasa, odatdagi tartibda nusxa tanlash va matnshunoslik izlanishlaridan keyingina matn tuzish orqali bu ishlar amalga oshiriladi.
Vaqtli matbuotda adabiy merosni berish. Matbuot nashrlari o‘zlarining cheklangan hajmlari bilan adabiy merosni yoritishda keng imkoniyatga ega emas.Gazetalarda ko‘pi bilan 0.3 bosma taboq, jurnallarda ko‘pi bilan bir bosma taboqqa yaqin hajmda material joylashtirish mumkinligini hisobga olsak, adabiy merosni yoritish nashrning bu turida nihoyatda chegaralanganligini tushunib yetamiz. Bunda muallif tomonidan beriladigan izoh maqola nihoyatda ihcham va lo‘nda bayon tarziga ega bo‘lmog‘i kerak.12
Nashrda asarlarni joylashtirish. Har bir nashrda, agar u bir tarkibli bo‘lmasa, ma’lum bir tartib bo‘yicha joylashtiriladi. Juladan, devonlar nashri, arab alifbosi ѐki krillitsa tartibida uchraydi. (Qarang: Binoiy. Tushlar ta’biri.–T., «Meros», 1991; Furqat: Tanlangan asarlar. –T., 1958.). Ommabop nashrlarda, odatda, doston, qissa va ba’zan ilmiy asarlarning bosh qismidagi matnning an’anaviy tarkibini tashkil etuvchi basmala, hamd, munojot, na’t qismlari qismlar tushib qolgan. Mustaqillik davrigacha matnning asosiy qismi ham saralashdan o‘tkazilgan. Jumlalar orasidagi diniy ruhdagi (Salloloxu alayhi vasallam, Raziyallohi anhu kabi) sifatlashlar qoldirib ketilavergan. Tushirib qolingan parchaga ba’zan uch nuqta qo‘yilgan. Ommabop nashrlarni hozirda «Cho‘lpon», «Mehnat», «Meros», «F. Fulom», «O‘zbekiston» va yana xususiy nashriyotlar nashr etadi. Bu nashr uchun odatda ko‘p nusxali matnlardanbir tayanch nusxa tanlab olinib, uning kamchiliklari boshqa nusxalar yordamida bartaraf etiladi va bu ishlar nashr so‘z boshisida batafsil yoritiladi. (Bir nusxali qo‘lyozmalar bundan mustasno.) Bunday nashrlar lozim topilsa izohlar, qiyin so‘zlar lug‘ati kabi ma’lumotnomalar bilan ta’minlanadi.

Download 486.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling