Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi Bajaruvchi
Download 486.68 Kb.
|
Barataliyeva Parvina,O\'zgartirish (2) (2)1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning vazifa va maqsadlari
- Ishning ob’ekti
- I. BOB. TOSHBOSMA MANBALAR YARATILISH TARIXI 1.1 O‘zbekistonda bosmaxonalarning yuzaga kelishi.
Ishning o‘rganganlik darajasi:HakimovM.1, Habibullaev A2.ErkinovA.S, Polvonov N.T, Aminov H. A,S.G’aniyeva3 kabi olim va adabiyotshunoslar qadimiy toshbosmalar tarixi va ularning paydo bo‘lish davrlari haqida ma’lumotlar beruvchi shu kabi ilmiy qo‘llanma va asarlari ushbu kurs ishimizning ob’ekti bo‘ladi
Ishning vazifa va maqsadlari:Ushbu kurs ishining maqsadi quyidagilardan iborat: Qadimiy toshbosmalar tarixi, kelib chiqishini ilmiy va asoslangan holda yoritib berish Toshbosmalarning o‘zbek adabiyotchiligi va tarixidagi o‘rnini ko‘rsatib berish Topilgan toshbosmalarni qadimiy qo‘lyozmalar bilan taqqoslash va ularni yoritib berish O‘zbek bosmaxonlarining vujudga kelishi va ularning tarixi haqida tushuntirishlar berish Shuningdek toshbosma manbalari bilan bog‘liq, ularni o‘rgangan olim va adbiyotshunoslar haqida, ularning ilmiy izlanishlarini tahlil qilish Ishning ob’ekti: Ushbu kurs ishimizning asosiy ob’ekti sifatida Toshbosma manbalar va litograafiyalar tarixi haqida yozilgan birqancha asar va qo‘lyozmalar olindi Ishning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish va ikki bobni o‘z ichiga olgan to‘rt qism va shu bilan birga xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan I. BOB. TOSHBOSMA MANBALAR YARATILISH TARIXI 1.1 O‘zbekistonda bosmaxonalarning yuzaga kelishi. Bosmaxona — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va boshqalar) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (qarang Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 yillarda amalga oshirilgan (Bi Shen) Dastlabki Bosmaxona Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445-yil tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) Bosmaxonasida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta - "Turkestanskiye vedomosti" ham shtab Bosmaxonasida bosila boshladi. Oʻzbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning "Kalendar" ("Taqvim") kitobi (1871) boʻldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil "Turkiston viloyatining gazeti"da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-asr 80- yillaridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. 1898-yil Toshkentda eski shahar markazida hozirgi bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda oʻzbek, tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birin ketin Bosmaxonalar qurildi.4Oʻzbekistonda 123 ta Bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Shundan "Sharq" nashriyot matbaa aksiyadorlik jamiyati bosmaxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ijaradagi Toshkent matbaa kombinati, rangli bosma fabrikasi, kitobjurnal fabrikasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi,Yangiyoʻl kitob fabrikasi,"Fan" nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa kombinati, Oʻzbek Britaniya "Rastr" qoʻshma korxonasi yirik Bosmaxona hisoblanadi. Bosmaxonalarning har xil turlari mavjud. Ikki yoki undan koʻp bosma usullaridan foydalanadigan Bosmaxona matbaa kombinati deb ataladi. Asosan ofset bosma yoki chuqur bosma usullarida ishlaydigan Bosmaxona fabrika (mas, xarita fabrikasi, kitob fabrikasi, rangli bosma fabrikasi, harf terish fabrikasi) deb ataladi. Tayyorlaydigan mahsuloti turiga qarab bosmaxona gazeta, jurnal, kitob, plakat,xarita, blank chiqaradigan va boshqa turlarga bo‘linadi. Bosmaxonalar yirik, oʻrta va kichik xillarga ham ajratiladi. Bosmaxonalar birlashib, matbaa ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilishi mumkin. Bosmaxonaning asosan bosma qoliplar tayyorlash, bosish, mahsulotlarni pardozlash va yordamchi sehlari boʻladi. Qoliplar tayyorlash sexida yuqori bosma usuliga - harf terish, sinkografiya klishelari va quyma stereotiplar; ofset usuliga - qolip va monometall (alyuminiy, rux), bimetall va trimetall (mas, poʻlat, mis, xrom); chuqur bosmaga - mis yoki xromlangan qoliplar tayyorlaydi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Bosmaxonalarda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Chop etish jarayonida adadining kam koʻpligiga qarab yuqori tezliqda ishlaydigan gʻaltak (rotatsiya) hamda tekis bosma, bir va koʻp rangli bosma mashinalar ishlatilmoqda. Pardozlash sehida ham adadining kam koʻpligiga qarab yakka stanoklar yoki katta agregatlar, potok liniyalar qoʻllanilmoqda.5 Nashriyot bosma mahsulotlar chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada XVI asrda paydo bo‘ldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzoq muddat ishlash, ishchilarni texnika va mablag‘ bilan ta‘minlash, kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari-matbaachi noshirlar paydo bo‘lishini taqozo qildi.XIX asrga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarqatish va b.)ni o‘z ichiga olgan. XIX asr o‘rtalarida poligrafiya sanoati o‘sib, yangi, kuchli texnika bazasining vujudga kelishi bilan Noshirlikda nashriyot va poligrafiya korxonalarining ixtisoslashish jarayoni boshlandi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksiyadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jurnal nashriyotlari trestlari vujudga keldi.XIX asrning 2 - yarmida Rossiyaning chekka o‘lkalarida, jumladan, Turkistonda ham Noshirlik yuzaga kela boshladi. Turkistonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika qo‘mitalari shug‘ullandi.Bu qo‘mitalar Turkiston o‘lkasiga oid turli ma‘lumotlarni, keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868 - yildan 1910 - yilgacha Turkistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A.Porsev, V.M.Ilin, Samarqanddagi G.I.Demurov bosmaxonalari mashhur bo‘lgan. 1910-17 yillarda o‘zbekcha nashr qilingan kitoblarning ko‘plari shu bosmaxonalardan chiqqan.1874 yili Xivada Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910 yilga qadar kitob nashr etgan. O‘lka aholisi o‘rtasida nodir qo‘lyozma asarlarni ko‘plab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa, Toshkentda «G‘ulomiya», Namanganda «Ishoqiya» nomi bilan ma‘lum bo‘lgan bosmaxonalar muhim rol o‘ynagan. «G‘ulomiya»ning tashkilotchisi G‘ulom Hasan Orifjonov o‘z faoliyatining dastlabki yillarida O‘rta Osiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga e’tibor bergan. «Ishoqiya» bosmaxonasida uning tashkilotchisi ma‘rifatparvar va rus tilining ilk targ’ibotchilaridan Ishoqxon to‘ra Junaydullo Eshonov ko‘pgina asarlarni nashr etgan. XIX asrda Turkiston o‘lkasining madaniy xayotidagi yorqin xodisalardan biri – bu Muxammad Azim Hoji Marg’iloniyning matbaachilik va noshirlik faoliyatidir. O‘tgan asrning 1980 yillarida haj amalini, bajarish maqsadida yo‘lga otlangan Muxammad Azimboy Marg‘iloniy Bombayda to‘xtab matbaachilik xunarini o‘rganadi. Bu matbaachining Qo‘qondagi faoliyati haqida adib va noshir X.Shams o‘zining qisqacha tarixi risolasida quyidagilarni bayon qilgan: - Marg‘iloniy Azim Hoji haj safaridan qaytib kelishida, Hindistonda to‘xtab, undagi tosh bosmalarni bittasiga kirib noshirlik ishlarini o‘rganadi. 1887 - yillarida u Bombaydan tosh bosma asboblar olib, Turkistonga keladi. Qiziq, uni Rossiyada allaqachon, hatto Turkistonning o‘zida toshbosma bor vaqtida Hindiston kabi uzoq, joyda tosh bosma asboblari olib kelishiga nima majbur etdi?! Azim Hoji bu manbadan bexabar bo‘lishi mumkin edi, shu sababli uni Qo‘qon shahriga qurdi. Bu matbaa oradan ko‘p vaqt o‘tmay baxtsizlikka uchrab, o‘t tushib kuyib ketdi. Qolganlarini gubernator musodara qildi. Yashirin ravishda ish boshlagan ushbu matbaa hozirgi Hamza teatri ro‘parasida ikki xonali joyda faoliyat boshlagan. Ma’lum muddat o‘tgach bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. 1918 yili Turkiston MIK huzurida Milliy ishlar xalq komissariyatida va Matbuot byurosida nashriyot bo‘limlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr etila boshladi. Shuningdek, Maorif xalq komissarligining nashriyot bo‘limi darsliklar chiqarish ishlarini jadal amalga oshirishga harakat qildi. Shu davrda boshqa turli idoralar ham oz miqdorda bosma mahsulotlar chiqarardi.6 Kitoblar Turkiston matbuot markaziy boshqarmasi («Turksentropechat») tomonidan bepul tarqatilardi. 1920 - yil martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) ta‘sis etish haqida qaror qabul qildi.Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. Fuqarolar urushi tamom bo‘lib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qayta qurildi. XKS ning 1921 - yil 28 - noyabrdagi qarori bilan nashrlar pulli bo‘lib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari xo‘jalik hisobiga o‘tdi.1923 - yilda Turkdavnashr O‘rta Osiyo nashriyoti deb atala boshladi. Bu nashriyot 1921 - yildan 1924 - yilgacha 1184 nomda 3 mln. dan ortiq nusxada kitob nashr etdi. Turkistonda nashriyot ishini yo‘lga qo‘yishda I.I.Geyer, G‘ulom Hasan Orifjonov, Ishoqjon Ibrat, Abdurahmon Sayyoh Sodiqov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. O‘zbek matnshunosligi taraqqiyotida bu davrning o‘ziga xos xususiyatlari shu bilan ajralib turadiki, toshbosma nusxa tayyorlash uchun aynan matnshunosning ishini bevosita o‘z vazifasi bilan aloqador holda kotib, noshir, muharrir kabilar amalga oshirgan. Toshbosma nusxa uchun asarni ko‘chirayotgan xattot yoki kotib o‘z ishiga ilmiy yondashib, qo‘l ostidagi matnga tanqidiy qaragan. Albatta, bunday yondashuvni hozirgi davrdagi tanqidiy munosabat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ammo xattot va kotiblar matnni nafaqat ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar, balki uni badiiy, falsafiy va tarixiy aspektlari bilan birga kompleks tadqiq etganlar, jiddiy tekshiruvdan o‘tkazib, tegishli tuzatishlar kiritganlar. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixini o‘rgangan A.Murodov Sharqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxs oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol o‘ynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbobi bo‘lganini alohida ta’kidlaydi. Download 486.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling