Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning
Jismoniy rivojlanish belgilari
Download 1.99 Mb.
|
oXIRGISI
Jismoniy rivojlanish belgilari. Samotometrik belgilaridan bo‘y , tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar holatini harakterlovchi miqdor korsatkich bolib hisoblanadi. Tana og’irligida suyak mushak apparati, ichki organlar va yog’ toqimaning rivojlanishi aks etgan bo‘ladi. Bo‘yiga qaraganda tana vazni nisbatan o‘zgaruvchandir. U qisqa vaqt davom etgan kasallik, notog’ri ovqatlanish, ko‘krak va yelka mushaklarining rivojlanganligini hamda ko‘krak bo‘shlig’i a’zolarining funksional holatini harakterlaydi. Fiziometrik belgilardan kopincha o‘pkaning tiriklik sig’imi ko‘krak qafasi ekskursiyasi, qolning mushak hamda bel kuchlari aniqlanadi. O‘pkaning tiriklik sig’imi va ko‘krak qafasi ekskursiyasi nafas olish mushaklarining kuchi va o‘pka sig’imi ko‘rsatgichlari bolib hisoblanadi. Qo‘lning mushak va bel kuchlari mushaklarning rivojlaning darajasini belgilaydi. Jismoniy rivojlanishni o‘rganishda somatoskopik belgilardan tayanch harakat tuzilmasining holati (umurtqa shakli , kokrak qafasi, oyoq, qaddi qomat, tovon, mushaklarining rivojlanishi) va yog’ yig’ilish darajasi baholanadi. Organism rivijlanishining biologikn darajasini aniqlashda tishlarning shakllanishiva o‘sish jarayonlarining tezligidan foydalaniladi. Maktab oldi va maktabgacha bo‘lgan bolalar jismoniyu rivojlanganligini xarakterlashda ularning motorikasi va nutqi rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.
Aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlardan xar biri alohida bolaning jismoniy rivojlangilini xarakterlay olmaydi. Butun olingan ko‘rsatkichlar bir vaqtda xisoblangan holda baholanadi. Jismoniy rivojlanish organizmning o‘sish va rivojlanish jarayonlarini o‘zida aks ettirgan holda, salomatlikni boshqa korsatkichlariga bog’liq bo‘lgan kasallik, bazan jismoniy rivojlanishning anchagina buzilishlari bilan kuzatiladi. O‘z tengdoshlaridan jismoniy rivojlanishda o‘zib ketgan bolalarda morfologik ko‘rinishning disgarmoniyaligi tana vaznining ortishida ko‘rinadi. Bu guruxdagi bolalarningko‘pchiligida asosiy belgisi semizlik bo‘lgan tashxis qo‘yiladi.SHunday qilib,jismoniy rivojlanganlikni baxolash bir qancha kasalliklarga moyilligi bo‘lgan bolalarni aniqlashda yordam beradi.SHuning uchun o‘smirlar va bolalarning jismoniy rivojlanishini o‘rta individual usullar bilan baxolashga bo‘lgan talablar kuchaymoqda.Jismoniy rivojlanganlikni baxolash maqsadidagi antropometrik tekshiruvlar tibbiyot ko‘rigi vaqtida salomatlikni tekshirish bilan birga olib boriladi. Doimiy o‘tkaziladigan tekshirishlar shifokorga salomatlikdagi u yoki bu buzilishlarni aniqlashda va ularni yo‘qotish yo‘llarini topishda yordam beradi. Qayta va oldingi tekshirishlarda xuddi shu bolalarda aniqlangan o‘sishning to‘xtashi, tana vaznining kamayishi yomon belgi bo‘lib xisoblanadi. Ayrim bolalar jismoniy rivojlanishini muntazam ravishda uzoq vaqt kuzatib borish, tekshiruvning individual uslubi nomini oldi. Bu uslub aniq yashash sharoitlarga bog’liq holda individumning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga (kun tartibi, ovqatlanish xarakteri, boshidan kechirgan kasalliklar va boshqalar) hamda butun o‘sish davomida uning somatik rivojlanish tezligini o‘rganishga yordam beradi. Bu usuldan tashqari generalizatsiyalovchi uslub qo‘llaniladi populyatsiyaning ko‘ndalang kesim usuli) Generalizatsiyalovchi usul qisqa vaqt davomida bolalarning katta guruxi jismoniy rivojlanganligini bir butun o‘rganishi mumkin. Yig’ilgan materiallarni statistik ishlab chiqish xar bir yosh jins guruhining jismoniy rivojlanganlik o‘rta ko‘rsatkichlarini aniqlashda yordam beradi. Generalizatsiyalovchi usul o‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ochib berish, aloxida populyatsiyalarni xarakterlash, alohida jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari o‘xshashligi xaqida tasavvurga ega bo‘lish,ma’lum bir yosh,jins guruhida bolalar orasidagi bu ko‘rsatkichning o‘zgarish chegaralari xaqida tasavvurlar olish imkonini beradi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar jismoniy rivojlanganlikning yoshga nisbatan standartlari bo‘lib xizmat xisoblanadi. Turli iqlim sharoitlarida shaxar va qishloqlarda yashash sharoitlarining xar xilligi va ular orasida etnografik farqlar bo‘lishi natijasida mahalliy va regional standartlar ishlab chiqiladi. Ularni taxminan xar yili o‘zgartirib turish lozim, chunki jismoniy rivojlanish axvolining to‘xtamasdan yuz berib kelayotgan moddiy va madaniy yashash sharoitlari ta’siri ostida o‘zgarishi kuzatiladi. Agar nisbatan qisqa vaqt ichida bu sharoitlarning anchagina o‘zgarishlari yuz bersa jismoniy rivojlanishning yangi standartlari xar yili yoki ko‘pincha 2-3 yildan so‘ng belgilanadi. Generalizatsiyalovchi usul bilan o‘tkaziladigan bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishini dinamik kuzatish muhim axamiyatga ega,chunki o‘sib kelayotgan yosh avlodning o‘sish va rivojlanishiga axolining ijtimoiy, madaniy yashash sharoiti ta’sirini aniqlashda yordam beradi. Regional standartlarni ishlab chiqish maqsadida jismoniy rivojlanishni generalizatsiyalovchi usul bilan yoppasiga tekshirish, ilmiy tekshirish jamoalari va tibbiyot oliy bilimgohlarining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedralari shuningdek sanitariya va epidemiologiya markazlari orqali amalga oshiriladi. Oxirgisi esa shu ishni tashkil etuvchi metodik markaz bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xozirgi vaqtda jismoniy rivojlanishni xudud standartlari degan tushunchaning ishlatilishi mumkinligi nazariya tomonidan isbotlangan. Bunda bitta xududga nazariyasi jihatidan yaqin, geografik va iqtisodiy sharoitlari bo‘yicha o‘xshash mamlakatlar kiritilishi mumkin. Bunday xududlarni aniqlash kelajakka mos ishdir.U butun mamalakat maydonini egallashga ruxsat etadi va juda kam kuchlar sarflagan xolda bolalar va o‘smirlar rivojlanish standarlarini belgilaydi. Lekin hududlarni aniqlash uchun masofa jihatidan yaqin bo‘lgan rayonlardagi bolalar jismoniy rivojlanganligini o‘rganishda oldinda qiyin sinovlar bor di. Martin tomonidan taklif etilgan va indekslar usulini butunlay siqib chiqargan sigmal chetlatishlar usuli keng tarqaldi.Uning ma’nosi shundan iboratki,unda o‘zi a’zo bo‘lib turgan guruxlar jismoniy rivojlanishini individumlar jismoniy rivojlanishi bilan solishtiriladi.Individumning asosiy jismoniy ko‘rsatkichlari (bo‘y,vazn,ko‘krak qafaasi aylanasi ma’lum yosh jins guruhiga tegishli bo‘lgan shu belgilarning o‘rtacha arifmetik yig’indisi bilan solishtiriladi.Chetlatish darajasiga qarab o‘rta o‘rtadan yuqori,yuqori,o‘rtadan past va past jismoniy rivojlanishlar farq qilinadi. Hayot davomida turli pog’onalardagi har xil organ va sistemalarning faoliyati va tuzilish xususiyati haqidagi hozirgi vaqtda isbotlangan dalillar asosida biologik yosh tushunchasiga alohida e’tibor beriladi. Biologik yosh deb, organizmning morfologik va funksional rivojlanish darajasiga yetishi tushuniladi. Har bir individumning biologik yoshini aniqlashda, kopgina sklet alohida qismlari suyaklanishi jarayonlari, tishlarning chiqishi va almashinishi, jinsiy belgilarning rivojlanishi ,jismoniy rivojlanganligining asosiy morfologik ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. Organizmning biologik rivojlanganlik darajasining ishonchli ko‘rsatkichi bo‘lib, skeletning suyaklanishi hisoblanadi. Skeletning alohida qismlarida suyaklanishning boshlanishi va tugashi har xil muddatlarda kuzatiladi, ammo bu jarayon har bir suyak uchun doimiydir. Suyak sistemasi rivojlanishi va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati , shuningdek, organizmning yetilish jarayonlari orasida jips bog’liqliklar bor. Suyaklanish jarayonlari bilan sinxron ravishda organizmning jinsiy yetilishi yuz beradi . Tananing total o‘lchovlari kattalashishi va suyaklanish jarayonlari orasida bir xillig aniqlanadi . Pubertad davrida kuzatiladigan o‘sish energiyasining kuchayishi 1- kaft falang bo‘g’imida dumaloq- simon suyakning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi , hayz korinishning paydo bo‘lishi 1-kaft suyagining, bo‘y o‘sishining to‘xtashi esa yelka suyaklari sinostosiga to‘g’ri keladi. Skeletning alohida qismlariga suyaklanishi darajasi malum bir yoshga mos kelishi lozim. Suyak tuzilishining rivojlanishi va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati orasidagi bog’liqliklar biologik yoshning tarkibiy qismi bo‘lib, u suyak yoshi deb ataladi. Skeletning ba’zi bo‘limlarining rentgen rasmiga qarab “suyak yoshi” ning rasmiy pasport yoshiga mos kelishi haqida aytish mumkin. Suyaklanish jarayonlarini o‘rganishda o‘ziga xos model bo‘lib, kaft va yelka suyagining distal bo‘lagi hisoblanadi. Suyaklanishning ma’lum ketma-ketlikda borishi va sinoztozlarning paydo bo‘lishi hamda o‘g’il va qiz bolalardagi suyaklanish muddatlarini rentgen tekshiruv usullarini qo‘llash yordamida aniqlash suyak yoshini aniqlashga yordam beradi. Jismoniy yetilish muddatlari boshlanishi, konstitutsion rivojlanish va jinsiy deformizmni hisobga olgan holda somatik rivojlanish xususiyatlari xaqidagi masala o‘rganilgan. Sut tishlarining chiqish muddatlari va ularning doimiy tishlarga almashinishi hamda ketma-ket bosqichlari aniqlangan. Kaft suyaklari suyaklanishining yangi muddatlari, jinsiy yetilish davrlari va jismoniy rivojlanishning asosiy morfologik belgilari o‘zgarishi bilan bu muddatlarining bir paytda rivojlanishi aniqlangan. Turli fiziologik funksiyalarning yosh o‘tishi bilan rivojlanishi va tiklanishi haqida juda ko‘p fikrlar keltiriladi.Bu esa yoppasiga tekshiruv uchun yaroqli va biologik yosh haqida eng ko‘p axborot beradigan asosiy eng kichik ko‘rsatkichlarni ajratib olishga yordam beradi. Biologik rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlaridan biri tana uzunligi bo‘lib, hisoblanadi. Tana uzunligi va suyaklanish jaroyonlari hamda tana uzunligi bilan jinsiy yetilish darajasi o‘rtasida kuchli korrelyatsion bog’lanish borligini tekshiruvlar isbot qilgan. Tana uzunligining yillik qo‘shilib borishi, biologik yoshning bosqichlari bilan jips bog’liq bo‘lgan o‘sish jarayonining jadalligi o‘zgarish qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Doimiy tishlarning chiqish muddatlari xar bir yosh guruhlarida turlicha bo‘ladi, ammo boshqa belgilar bilan qo‘shib hisoblanganda, ulardan ham biologik yoshning ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichni faqatgina 13-14 yoshgacha qo‘llash mumkin. Bu yoshga kelib, ko‘pchilik bolalarda sut tishlari doimiy tishlarga almashgan bo‘ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling