Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning


-15 yoshli maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash va chiniqtirishning gigiyenik asoslari


Download 1.99 Mb.
bet17/23
Sana07.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1336606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
oXIRGISI

2.1. 14-15 yoshli maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash va chiniqtirishning gigiyenik asoslari.

Jismoniy tarbiya yoshlarni har tomonlama dunyo dunyoqarashini kengaytiradi.Ularni sog’lom qilib tarbiyalashda doimiy tadbirlardan biri bo‘lib xisoblanadi.Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya maxsuli bo‘lib inson umumiy madaniyatining bir qismidir. Yoshlarni xar tomonlama barkamol va yetuk qilib tarbiyalashda barcha ekologik va ijtimoiy tadbirlar turkumiga kiradigan jismoniy tarbiya xamda sportning axamiyati katta.


14-15 yoshlilar uchun jismoniy tarbiya va chiniqtirish mashqlari jismoniy tarbiyaning asosiy qismlari bo‘lib, ularning keyingi mehnat faoliyati tayyorgarligi xisoblanadi. Jismoniy tarbiya bolalarning xar tomonlama barkamol va sog’lom yetishi garovidir. Jismoniy tarbiyaning asosiy sog’lomlashtiruvchi va tarbiyaviy vazifalariga quydagilar kiradi:
1. Sog’liqni yaxshilash, jismoniy tarbiya ishlarini yanada keng yo‘lga qo‘yish va organizmning atrof –muhitga zararli omillariga qarshiligini kuchaytirish.
2. Asosiy harakat ko‘nikmalarini shakkllantirish, kuchli, tezkor, chaqqon, epchil, chiniqqan qilib yetishtirish.
3. Jismoniy chiniqtirish mashqlari bilan doimiy shug’ullanish ko‘nikamalarini hosil qilish.
4. Faollik, tahsabbuskorlik va o‘rtoqlik xissiyotlarini tarbiyalash
5. Jismoniy mashqlar va sport gigiyenasi qoidalari bilan tanishish
6. Jarohatlanishning oldini olish.
Respublikamizda jismoniy tarbiya ilmiy asosda olib boriladi, bunda eng avvlo bola organizmining morfofunksional imkoniyatlari, yoshi va jinsi hisobga olinadi. Bu tarbiya murakkab jarayon bo‘lib, organizmning kata miqdorda kuch sarflaydigan faoliyatdir.
U, qayta-qayta takrorlanadigan mashqlar va muolajalardan iborat. Ular natijasida organizmning funksional imkoniyatlarini oshiruvchi, zo‘riqishlarga qarshi kuchlarni tez sarf qilishga yordam beruvchi, o‘zgarishlar ro‘y beradi. Harakat faoliyati asosiy harakat turlaridan (yurish,yugurish,sakrash) hosil qilingan ko‘nikmalar asosida, bola yoshiga qarab kuchayib boradi.Bu jarayon odam jinsiga qarab ketma- ket, lekin notekis kechadi. Sog’lom va to‘g’ri rivojlanayotgan 8-9 yoshli bola sutkasiga o‘rtacha 20000 qadam bosadi.10-11 yoshdagi bolalarda bu faollik 20- 21000 qadamni tashkil etadi. 11-12 yoshdagi bolalar 18-21000,13-14 yoshli bolalar 22000 qadam bosadilar. 15-17 yoshdagi qizlar uchun bu ko‘rsatkich o‘zgarmaydi. O‘g’il bolalar uchun esa o‘sib boradi.Qishda harakat faolligi kamayadi, kuz va qishda esa faollikning 30% kamayishi kuzatilgan.
Qishda, kunlik me’yordagi harakat ko‘pincha jismoniy tarbiya hisobiga taminlanadi. Gigiyenik me’yor chegarasidagi harakat faoliyati hamda, jismoniy tarbiyaning boshqa tuzilmalari bolalar va o‘smirlar organizmlaring sog’lomlashtirishga qaratilgan bo‘lib, organizmning qarshilik kuchlarini oshiradi va o‘ziga xos bo‘lgan, kasalliklarni kamaytiradi. Jismoniy tarbiya organizmni mashq qildirishga asoslangan. Mashq organizm a’zolari, a’zolar tuzilmasi, xarakat kordinatsiyasi va oraganizmni chiniqtirish asosi hisoblanadi. Gigiyenik tartibga rioya qilish va doimiy shifokor nazoratida bo‘lish mashqning asosiy sharti hisoblanadi. Yoshi va jinsini hisobga olib, jismoniy tarbiyaning turli vositalarini bir vaqtda, xar-xil mashqlar va chiniqtiruvchi muolajalarni kompleks tarzda bajariladi.
Jismoniy tarbiyaning maxsus va umumiy mashqlarini birga olib borish xar xil jismoniy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mashqlar yoki chiniqtiruvchi muolajalar turiga qarab ko‘proq yoki uzoq vaqt u yoki bu mashqlar bilan shug’ullaniladi. Doimiy ta’sirlovchi, ma’lum bir vaqt davomida ta’sir etsa, shartli refleks xosil bo‘ladi. Agar, yetarli ta’sir etmasa, jismoniy tarbiyaning ta’siri kamayadi. Mashqlar va chiniqtiruvchi muolajalar orasida bolalarga dam berish lozim. Xar bir bola shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerak. Salomatlik xolati va jismoniy rivojlanishi hisobga olib, jismoniy tarbiya turi va vositasi bilan shug’ullanish belgilanadi. Bunda organizmning funksional imkoniyatlari xisobga olinadi. Funksional imkoniyat deb organizmning tinch turgan xolda bajaradigan ishi oralig’iga aytiladi. Juda ham kata og’irlikdagi ishni bajarish mashq samarasini bermaydi, aksincha charchatadi. Yengil ish esa organizmga ta’sir qilmaydi. Mashq ta’sirini bilish uchun xar bir kishiga qulay oraliq tavsiya etiladi.



T/n

Salomatlik guruxi





Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilar % da

Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmagan o‘quvchilar

1
2

3


Sog’lom bolalar……..
Sog’lom,ayrimlarining salomatligi yomonlashgan……
Xastaligi bor, kasallik tufayli zaiflashgan bolalar…………

36,4

52,7

12,8


24,6

59,6

15,8


Xarakatlarni xosil qilishning fiziologik asoslari bor. Ularga xar qanday,chunonchi 16-18 yoshli sportchilarning o‘rtacha jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari shu yoshdagi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanmaydigan o‘quvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ladi (bo‘yi 6 sm ga balandroq,vazni 9 kg ga ko‘proq,ko‘krak qafasi aylanasi +6 sm ga oshiqroq, o‘pka sig’imi 1 ml ga ko‘proq).


Ochiq havoda bolalar bilan o‘tkazilgan, jismoniy tarbiya mashqlari natijasida, bollar salomatligi ancha mustaxkamlanadi, masalan boxcha yoshdagi bolalarning salomatlik holati 11 foizdan oshib boradi.
Xar qanday murakkab harakatlarni o‘rganishda bir qancha bosqichlarni hisobga olish zarur. Harakatlarni bajarishda xam shartli va shartsiz reflekslar bir xil boladi, ular hamisha xarakatlarni qaytarib turish streotiplarini hosil qiladi. Xarakatlanish funksiyasining hosil bo‘lishi, bola tug’ilganidan, o‘smirlik davrigacha davom etadi. Jismoniy tarbiyani tog’ri yolga qoyishda markaziy strukturaning marfalogik yetukligi va yetuklik darajasi funksiyasiga etibor berish kerak. Bola 5-6 yoshligida o‘zi xarakat qila olmaydi. Bu esa muskuk tonisinig yuqoriligi va korish, harakat funksiyasi yaxshi rivojlanmaganligiga bog’liq. Olti oydan 1-yoshgacha bola tik turishga o‘rganadi, lekin kordinasiya ham bolmaydi.
Bola 2 yoshga borib o‘zi harakat qila boshlaydi, 3 yoshidan 7 yoshgacha markaziy va periferik nerv sistemasi funksiyasi, xarakat analizatorlari rivojlanadi.
5-6 yoshdan muskullar kuchi oshib boradi. Maktabgacha yoshda bolgan bolalarda (3-4 yosh) bu kuch jismoniy harakat qilganda qon aylanish moslashuvining oshishi va yurakning qisqarishi natijasida oshib boradi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling