Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning


Birinchi bob yuzasidan xulosa


Download 1.99 Mb.
bet14/23
Sana07.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1336606
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
oXIRGISI

Birinchi bob yuzasidan xulosa
Yosh avlodni jismoniy rivojlanishini to‘g’ri baxolash va sport bilan muntazam shug’ullanish rivоjlаnаyotgаn оrgаnizmning o‘sish vа rivоjlаnishi, bоlаlаrning yosh хususiyatlаri, uning tаshqi muhit bilаn o‘zаrо bоg’liqligi, bоlаlаrdа uchrаydigаn turli kаsаlliklаr vа ulаrni оldini оlish yo‘llаrini o‘rgаtishdа, bilimgа egа qilishdа kаttа аhаmiyatgа egа.
O‘sib kеlаyotgаn оrgаnizmni to‘g’ri tаrbiyalаsh uchun bоlа оrgаnizmini o‘sish vа rivоjlаnish kаbi аsоsiy xususiyatlаrini bilish zаrur. O‘sish vа rivоjlаnish bаrchа tirik оrgаnizmlаr kаbi, оdаm оrgаnizmigа хоs хususiyat hisoblanadi.
Оrgаnizmning hаr tоmоnlаmа o‘sish vа rivоjlаnishi uning pаydо bo‘lgаn vаqtidаn bоshlаnаdi. Bu ikki prоtsеss murаkkаb jаrаyon hisоblаnib, bir butun vа bir-birigа bоg’lаngаndir.

II-bob. O‘smirlarning jismoniy rivojlanishi va unga ijtimoiy gigiyenik omillarning ta’siri.

Jismoniy rivojlanish deganda biologik rivojlanishning yosh darajasini belgilab beruvchi morfofiziologik belgilar majmuasi tushuniladi. Jismoniy rivojlanish o‘sib kelayotgan organizm sog’ligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. Jismoniy rivojlanish 2 xil tushunchaga ega.Birinchi tushuncha organizmning yetilish,shakllanish jarayonlarini va uning biologik yoshga mosligini xarakterlasa, ikkinchi tomondan esa har qaysi vaqt oralig’ida morfofunksional xolatni xarakterlaydi. Ilgari jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘pgina tekshiruvlarda bu terminning ko‘proq keyingi tushunchasidan foydalanilgan. Bu tushuncha orqali kollektiv yoki organizmning morfofunksional xolatlari belgilangan. Xozirgi vaqtda bolalar jismoniy rivojlanishini o‘rganishda morfologik va funksional belgilarinigina tekshirib qolmay, balki organizmning biologik rivojlanish darajasi ham aniqlanadi.


Jismoniy rivojlanish organizmning o‘sishi va yetilishi jarayonlarini xarakterlovchi, uning morfologik va funksional xossalarining yig’indisi xisoblanadi. Jismoniy rivojlanish xarakteristikasi uchun plastik jarayonlarini butunligicha aks ettiruvchi, o‘sayotgan organizmda yuz beruvchi asosiy antropometrik belgilar xosdir. Organizmning jismoniy rivojlanishi, biologik qonunlarga bo‘ysunadi xamda o‘sish va rivojlanishning umumiy qonunlarini o‘zida aks ettiradi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi yoshga bog’liq bo‘lib, bola qancha yosh bo‘lsa, ko‘rsatkichlar shuncha yuqori bo‘ladi. Butun o‘sish davri davomida rivojlanishning bir xil bo‘lmasligi kuzatiladi.
Jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari jinsga bog’liq ravishda farq qilinadi. Jismoniy rivojlanish biologik qonunlarga boysungan xolda ijtimoiy sharoitlarga xam bog’liq bo‘ladi. Bunga mamlakatimizning va chet el olimlarining ko‘pgina tekshiruvlari guvohdir. Jismoniy rivojlanish sog’likning muhim bir ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi va yashash sharoitlariga, o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasiga bog’liq bo‘lib, sog’lomlashtirish muolajalari samaradorligini nazorat qilishning obektiv usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda, xar bir bola sog’ligi to‘la ta’minlangan, yangi jamiyat qurish birinchi galdagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Xozirgi paytda xukumatimiz tomonidan o‘sib kelayotgan yangi avlod sog’ligini yaxshilash va ximoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazila boshlandi. Sog’likni tekshirish muammosi, shuningdek jismoniy rivojlanish xam muhim davlat axamiyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda bolalar jismoniy rivojlanishining asoschilaridan V.P.SHirokova, M.Saidakbarova, F.Mahkamov va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular o‘sib borayotgan bolalarni jismoniy rivojlanishini 20 yil davomida muntazam kuzatib, o‘rganib borishgan. Ulug’ vatan urushi davrida bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishining darajasi birdaniga tushib ketgan. Axolining yashash va maishiy sharoitining yomonlashuvi, ochlik, ruhiy shikastlar barcha yoshdagi bolalar jismoniy rivojiga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Kuzatishlarga ko‘ra bunday jismoniy rivojlanishning labil ko‘rsatkichi bo‘lmish tana uzunligi ham muhim ahamiyatga ega. Asosan 13-14 yoshli o‘smirlarda jismoniy rivojlanish darajasi ancha orqada qoldi.Urush vaqtidagi og’ir shart-sharoitlar o‘sish va rivojlanish jarayonlariga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, bu davrda jinsiy yetilishning kechikishi kuzatildi. Urush yillarida bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishi susaygan, bunga bolalarning yomon ovqatlanishi sabab bo‘lgan.
Urushdan keying yillarda sanitariya va ovqatlanishni yaxshilash,bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarining ancha oshishiga erishildi. Ikkinchi jaxon urushi yillarida ko‘pgina boshqa mamlakatlarda xam bolalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari yomonlashdi.1946 yildan boshlab, jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichini yaxshilashga intilish paydo bo‘ldi. 1950 yildan xamma yosh guruhidagi bolalarning ko‘pchiligida jismoniy rivojlanishning urushgacha bo‘lgan ijobiy ko‘rsatkichlari tiklandi. Keyingi yillar ichida o‘tkazilgan ko‘p sonli tekshiruvlar natijasida faqatgina bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanganligi emas, balki akseleratsiya nomini olgan o‘sish suratining tezlashuvi ham aniqlangan. U bolalarda bolalik davridan boshlab kuzatiladi. Akseleratsiya quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.Xozirgi vaqtda bolalarda tana tana vaznining ortishi 30-40 yil oldin bo‘lganidek 5-6 oyligida emas balki 4-5 oyligida aniqlanadi. Sut tishlarning o‘rniga doimiy tishlar ancha erta chiqadi. Xozirda bolalarda doimiy tishlar 6-7 yoshdan emas, 5-6 yoshdan chiqmoqda.Jinsiy yetilish muddati ham o‘zgargan. Mamlakatimiz va chet el olimlari aytishicha oxirgi yuz yil ichida menarxe yoshi (birinchi hayz boshlanishi)ancha erta muddatlarga siljimoqda.Menarxe yoshida ikkinchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kuchaya boradi.Pubertat va prepubertat davrlarida kuzatiladigan o‘sish energiyasi erta kuzatiladi.Shuning uchun o‘g’il va qiz bolalar tana vazni va bo‘yining egri chiziqlari birinchi va ikkinchi kesishuvlari ham vaqt bo‘yicha oldinga siljigan:birinchi kesishuv 10-11yoshda,ikkinchisi 13-14 yoshda boshlanadi.(3-rasm)


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling