Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning
Download 1.99 Mb.
|
oXIRGISI
Bo`y
i Yoshi 1_______ o‘g’il bola 2_ _ _ _ _ qiz bola 3-rasm. Bolalar bo‘yining yoshga qarab o‘zgarishi Bu davrda skeletning suyaklanishi tezlashadi. O‘sish jarayonining tugallanishi va uning definitivligi (oxirgi, eng yuqori) ko‘rsatkichlariga erishishi qisqa muddatlar ichida yuz beradi. 16-17 yoshdagi qizlarda va 18-19 yoshdagi o‘spirinlarda uzun naysimon suyaklarning suyaklanishi tugallanadi va bo‘yiga o‘sish to‘xtaydi.O‘tgan o‘n yillar adabiyotida ko‘rsatilishicha ayollarda bo‘y o‘sish 20-22 yoshgacha,erkaklarda 22-25 yoshgacha davom etadi. Xozir xam shunday. Bolalar va o‘smirlarning tezlik bilan rivojlanishi natijasi bo‘lib, ularni uzoq vaqt davomida dinamik o‘rganish orqali topiladigan juda yuqori jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishishi xisoblanadi. O‘tgan asr tengdoshlariga nisbatan xozirgi bolalarning tana vazni ancha katta va bo‘yi balanddir. Jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarining tezlashishiga akseleratsiya deyiladi. Ko‘pgina xollarda akseleratsiya termini nafaqat somatik rivojlanishning tezlashuvini , balki katta odam tana o‘lchovlari ortishini klimaks davrining ancha kech boshlanishini xamda boshqalarni izoxlaydi. Keyingi yuz yil ichida xozirgi zamon odam biologiyasida rivojlanishdan tashqari shunday o‘zgarishlar yuz beradiki, ularni akseleratsiya bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Umr uzaydi,kasalliklar strukturasi o‘zgardi,tananing definitive o‘lchovlari va reproduktiv davrlar osha bordi.Insonning butun hayoti davomida yuz beradigan o‘zgarishlar ,,Sekulyar tred’’(asrlar tendensiyasi )nomini oldi.Bu umumiy asrlar tendensiyasida o‘qish va rivojlanish akseleratsiyasi uning bir qismi bo‘lib xisoblanadi va faqatgina yetilish davrini o‘z ichiga oladi. Rivojlanishning tezlashuvi xaqida ma’lumotlar to‘planishi bilan birga bu xolatni tushuntirish uchun gipotezalar paydo bo‘ladi. Ko‘x geliogen gipotezasini ilgari surdi. Uning takidlashicha xozirgi vaqtda bolalarga ta’sir etadigan jadal nurlanish (insolyatsiya) akseleratsiyaning asosiy sabablaridan xisoblanadi. Bunga gigiyenik tadbirlarga rioya qilish jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullanish va ko‘proq ochiq havoda bolish, uy joy, jamoa va bolalar muassasalarini xonalarga quyosh nuri tushadigan qilib qurish kabilar asos boladi. Ultra binafsha nurlanish organizmda kechadigan hamma jarayonlarni, shuningdek D vitamini hosil bolishini ham faollashtirib, o‘sishni tezlashtirishga ham yordam beradi. Quyosh nurining o‘sayotgan organizmga ijobiy tasiri barchaga malumdir. Lekin turli mamlakat olimlari tomonidan aytilgan fikrlar bu gipotezani rad etadi. Shimoliy kenglikda istiqomat qiluvchilar aynan boltiq dengizi mintaqasida yashovchilarning akselerastiya surati yer sharining janubiy rayonliklaridan ancha yuqoridir. Baland tog’li rayonlarda shugullanishning yuqori bo‘lishiga qaramay bazi bir tog’li rayonlarda bolalar tekis joylarda yashovchi tengdosglariga nisbatan ancha sekin o‘sadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi qishloq bolalarining o‘sish suratlari, ular kop ultrabinafsha nurlari tasiri ostida bolsalar ham shahardagilarga qaraganda ancha past bo‘lishi aniqlangan. Janubiy xalqlarning ancha erta yetilishi xaqidagi keng tarqalgan fikr xali dalillar bilan tasdiqlangani yoq. B.G.Vlastoviskiyning fikrlariga kora, akseleratsiya asosida sayyoramiz aholisining faol siljishi tasiri ostida yuz beradigan nasliy o‘zgarishlar yotadi. Konkret ijtimoiy shart sharoitlarning tasiri ushbu jarayonning suratlari va har bir populyatsiya bolalarining o‘sish va rivojlaninsh genetic potensiyalini amalga oshirishni belgilaydi. Aholining xar xildavrlardagi antropometrik ko‘rsatgichlarini tahlil qila turib, olimlarning aytishicha ,o‘sishning kopayishi hamda kamayishi va yetilishning tezlashuv davrlari oldingi zamonlarda kuzatilgan, lekin bu jarayonlarning jadalligi ancha past bo‘lgan. Mana shuning asosida ushbu jarayonning davriyligi xaqidagi tahminlar aytiladi. Xozirgi vaqtda kopgina olimlar ijtimoiy sharoitlarning bir butun kompleks o‘zgarishi akseleratsiyaga sabab boladi deb hisoblaydilar. Akseleratsiya nafaqat biologiya va tibbiyotning , balki pedagogika, pisihologiya va ijtimoiy jamiyatni ham o‘rganish fani bolib hisoblanadi. Bu fan vakillarini ushbu hodisaning noqulay tomonlari tashvishga solidi, yani yosh bolalar yetukligidan biologik va ijtimoiy farqlar bordir: biologik yetilish ijtimoiy yetilishdan ancha ilgari yuz beradi. Akseleratsiya O‘zbekistondagi bolalar ichida ham aniqlangan. Mamlakatimizda tibbiyotning profilaktik yonalganligi sababli jismoniy rivojlanganlikni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Buni o‘rganish uchun tekshirishning unifikatsiyalashtirilgan uslublari qo‘llaniladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling