Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning


jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan organizmning o‘sishi shakllanishi hamda hayotiy faoliyatining o‘ziga xosligi


Download 1.99 Mb.
bet22/23
Sana07.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1336606
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
oXIRGISI

jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan organizmning o‘sishi shakllanishi hamda hayotiy faoliyatining o‘ziga xosligi.
O‘quv muassasalarida tibbiy nazorat jarayonida har bir o‘quvchining sog‘ligini nazorat qilish maqsadida «jismoniy rivojlanish atamasi qo‘llaniladi. Biroq katta yoshdagi odamlar uchun «jismoniy rivojlanish» tushunchasi rivojlanish mezoni bo‘lmaydi, balki shu paytda organizmning mustahkam va jismoniy kuch zaxirasining mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Bunda «jismoniy adolat» atamasini ishlatish to‘g‘riroq hisoblanadi. Chunki jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik, tezkorlik va abjirlik) va jismoniy tayyorgarlikni o‘rganish maqsadida antropometriya hajmi kengaytiriladi.
Antropometriya yordamida olingan me’yorlar bir yoki bir necha uslublar yordamida jismoniy rivojlanishni baholash maqsadida qo‘llaniladi. Ular standart va korrelyatsiya uslublaridir (12-jadvalga qarang).
12-jadval
18 yoshli o‘smirning jismoniy rivojlanishini antropometrik standartlar usuli bilan aniqlash

Antropometrik
Alomatlar

Alomatning xususiy belgilari

Standart alomatning qiymati

X-M

Rivojlanish belgisini baxolash

Tik turganda
Gavdaning uzunligi

182 sm

173,3-5,5 sm

1,56

Yuqori

Tana vazni

65 kg

66,08-7,32sm

-0,14

O‘rtacha

Ko‘krak qafasi o‘lchami

84 sm

89,5-4,46 sm

-1,2

Past

O‘pkaning havo sig’imi

4600 ml

4522-660

-0,02

O‘rtacha

O‘ng qo‘l kuchi

52 kg

48,01-5,97kg

-0,67

O‘rtachadan past

Kuchlanish kuchi

100 kg

112,8-19,3kg

-0,66

O‘rtachadan past

Organizm funksional tarmoqlarining holati (nafas olish, yurak-tomirining urishi, moddalar almashinuvi, markaziy asab tarmog‘i) nafas olishni tekshirish yordamida aniqlanadi. Quyidagi tajribalar bunga misol bo‘ladi.
Shtange tajribasi: talaba o‘tirgan holatda 5 daqiqa dam oladi, keyin chuqur nafas olib, nafas chiqaradi, nafasni to‘xtatadi va yana nafas oladi (80-90 % maksimal me’yordan), nafasni ushlab turiladi, nafas ushlab turish 30-50 daqiqani tashkil qiladi (shug‘ullanadigan sportchilarda esa 60-150 daqiqa).
Genchi tajribasi: o‘quvchi to‘la nafas chiqarib, nafas olgandan so‘ng, yana chuqur nafas chiqarib va nafas olmay, nafas olishdan o‘zini ushlab turadi. Me’yorda (nafas chiqarish) sog’lom, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun nafasni ushlab turish vaqti 20 – 30 daqiqa, nafas olishni ushlab turish organizm kislorodga to‘yinmaganda qarshilik qobiliyatiga va anaerob mahsuldorlik qay darajada ekanigabog‘liq. Shuningdek, nafas olishni uzoq ushlab turish irodani o‘stirishga yordam beradi.Fiziologik o‘zgarishning (reaksiya) jismoniy zo‘riqishga ta’sirini aniqlash uchun standart testlardan foydalaniladi. Yuqori darajali jismoniy kuchlanishda bir jismoniy ishni aniq belgilangan tartibda yuqori darajali jismoniy kuchlanishda (statik, dinamik, aralash) bajarish qobiliyatiga jismoniy ish qobiliyati deyiladi.
Jismoniy ish qobiliyati odam organizmi faoliyatining ko‘rsatkichidir. U harakat faoliyatining hamma tarmog‘ini boshqarishga qatnashadigan faollikka bog‘liq. Shifokor nazorati tajribasidan ma’lumki, jismoniy ishlar yurakning qisqarish tezligi bilan moslashtiriladi. Jismoniy ishning katta- kichikligi aerob rejimda ishlab chiqarishning energiya almashinuvida muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Garvard step-testi: qizlar uchun 45 sm, yigitlar uchun 50 sm balandlikdagi zinapoyaga o‘quvchi chiqib tushadi. Chiqib tushish tezligi metronom (1 daqiqada 30 davr) bilan o‘lchanadi. Har bir davr 4 qadamdan iborat. Bajariladigan ish vaqti yigitlar uchun 5 daqiqa, qizlar uchun 4 daqiqa. Ish bajarish tugagandan so‘ng talaba stulda o‘tiradi pulsini hisoblaydi (birinchi X-0 daqiqa) 2-, 3-, 4-daqiqada tiklanish.
Garvard step-testi ushbu formula bilan hisoblanadi:
X 100
-------------------------------------------------------------chiqib tushish vaqti (s)
GSTIG2+ G3 + GVh 2G2, G3, G4 -.30 s. Puls
Ushbu mezon bilan jismoniy tayyorgarlik baholanadi.

Misol: 18 yoshli o‘smir 5 daqiqa davomida 50 sm balandlikdagi zinapoyaga chiqib-tushdi.
Pulsni sanaganda: 300 x 100. ____ = 91
G2=60, G3=55, G4=50 urgan. GSTI = (60+55+50) x 2
Ko‘rsatib o‘tilgan mezonga asosan bu o‘quvchi o‘z yoshiga munosib jismoniy tayyorgarlikka ega. Garvard step-test mezoni 13- jadvalda keltirilgan.
Agar Garvard step-testini bajarganda o‘quvchida toliqish alomatlari paydo bo‘lsa, test bajarilishi to‘xtatilib, ish bajarilgan vaqt daqiqada hisobga olinib, GSTI ko‘rsatilgan formula bo‘yicha hisoblanadi.
14-15 yoshli maktab o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligining o’rtacha ko’rsatkichlari



Nazorat mashqlari



Baxolash me’zoni

xisob

3 baxo

4 baxo

5baxo

1

60 m yugurish

11,0

10,0

9,0

8,0

2

Joyidan turib uzunlikka sakrash

160

165

170

180

3

Kurakda yotgan xolda oyoqlarni juftlab 900 ko’tarish (marta)

10

12

13

14

4

Turnikda tortilish

4

5

6

8



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling