Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa
Download 1.99 Mb.
|
oXIRGISI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-bob. 14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishini o‘rganish bo‘yicha tajriba - sinov ishlari. Jismoniy rivojlanishni baholash
- Tashqi kuzatish
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa
Yoshlarning jismoniy rivojlanishi mamlakatimizning butun dunyoning asosiy va dolzarb mavzusi hisoblanadi desak mubolag’a bo‘lmaydi chunki, yoshlarimiz bizning kelajagimiz vatanimizning ertasi hisoblanishadi. Hozirda dunyo bo’yicha eng asosiy va dolzarb mavzu bu yoshlarni to’g’ri tarbiyalash va ularning sog’lom xar tomonlama yetuk shaxs bo’lib yetishishi uchun qanday ishlar samarali va foydali bo’lishi haqidagi masalalar o’rganilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan qilinayotgan ishlar va yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor bunung yaqqol namunasi desak bo’ladi. III-bob. 14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishini o‘rganish bo‘yicha tajriba - sinov ishlari. Jismoniy rivojlanishni baholash Insonning jismoniy rivojlanishi organizmning tashqi tuzilishida ko‘rinadi. O‘smirlar jismoniy jihatdan har xil rivojlangan bo‘ladi. O‘smirlarning jismoniy rivojlanishini takroriy baholash uchun dastlabki tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Takroriy tibbiy tekshiruvlar o‘quvchining har tomonlama (jismoniy) rivojlanishini aniqlab olish uchun o‘tkaziladi. Jismoniy rivojlanishni baholashning asosiy uslubi tashqi ko‘rik va odam tanasi va a’zolarini o‘lchashdir. Tashqi ko‘rik nazoraati bo‘yicha: 1) organizm asosiy to‘qimalarining rivojlanish darajasi; 2) ayrim a’zolar shakli; 3) murakkab badantarbiya turlari aniqlanadi. Odam tanasi va a’zolarini antropometriya yordamida o‘lchash bo‘yicha: 1) tana va uning alohida bo‘limlari hajmini; 2) o‘smirning yoshi va jinsiga qarab jismoniy rivojlanish darajasi; 3) organizm fiziologik tarmoqlarining asosiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Tashqi kuzatish Tashqi kuzatishlarda asosan inson terisi holati, suyak skeleti, mushakka va yog‘ qatlamini o‘lchab baholanadi. Sog’lom odam terisi tekis, toza va muloyim bo‘ladi. Odamdagi muskullar rivojlanishi 3 xil - ya’ni yaxshi, o‘rtacha, salbiy rivojlanishda boladi.Yaxshi rivojlangan muskullar hajmi muloyimligi va relefining ochiq namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Muskullarning zaif shakllanishi releflarga ega bo‘lmasligi, teri muloyimligining buzilishi bilan izohlanadi. Gavdada yog' to‘planishi darajasi teriosti yog‘ qatlamiga qarab “oz”, “o‘rtacha”, “ko‘p” deb ajratiladi. Yog‘ qatlami oz bo‘lgan kishilarning bel, yelka suyagining relefi ochiq namoyon bo‘lmaydi, qovurg‘asi chiqqan bo‘lmaydi.Yog‘ qatlami qalin rivojlangan kishilarni badani doira kontur shaklida bo‘lib, qoringa va uning atroflarida yog‘ to‘plangan bo‘ladi. To‘qima rivojlanishining asosiy ko‘rsatgichi organizmning ba’zi bo‘laklari (ko‘krak qafasi, gavda tuzilishi, qorin, oyoq va kaft)ning shakllariga qarab baholanadi. Inson gavdasining orqa qismi, belini shakli, umurtqa pog‘onasining fiziologik bukilganligiga bog'liq. Odam umurtqasi 5 qismga bo‘linadi: bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg'aza va dum. Bo‘yin va bel qismlarida umurtqa pog‘onasi oldinga bukilgan (lordoz), ko‘krak va dumg’aza qismlarida esa orqaga bukilgan (kifoz). Agar insonning umurtqa pog‘onasi shunday tuzilgan bo‘lsa, yurganda va yugurganda,shu umurtqa pog‘onasiga tushadigan yuk kamayadi va zarbalarni yumshatadi. Umurtqa pog‘onasidagi bukilishlar 4 sm dan oshmasa (vertikal o‘qqa nisbatan), insonning orqasi to‘g‘ri hisoblanadi. Orqa yassi bo‘lsa, bu umurtqa pog‘onasidagi fiziologik bukilishlarning silliqligidan dalolat beradi. Natijada ko‘krak qafasi oldinga chiqib, qorin ichkariga kirib ketadi. Agar ko‘krak qafasi qismida kifoz 4 sm dan ortiq bo‘lsa, orqa aylanma shaklda bo‘ladi. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga kirgan, yelkalar oldinga chiqib pasaygan, ko‘kraklar esa ко'krak qafasidan orqada qolgan holda bo‘ladi.Umurtqa pog‘onasida ko‘krak qafasining orqaga bukilib (kifoz) va bel qismining oldinga bukilishi (lordoz) natijasida orqa egar shaklida ko‘rinadi. Ayrim hollarda umurtqa pog‘onasining shakli buzilib, u yonga bukilishi mumkin. Masalan, umurtqa pog‘onasi tez o‘sayotgan bolalar 5-15 yoshlarida mushak-bo‘g‘im apparatining bo‘shashishiga qaramay, noto‘g‘ri holatda uzoq vaqt bir xil jismoniy ish bajarishi natijasida umurtqqa pog‘onasi yonga bukiladi. Ular “skolioz” deb ataladi, turli xil ko‘rinishda bo‘ladi (chap tomonlama, o‘ng tomonlama, lotin harfidagi S shaklida, ko‘krakda va belda). Skolioz qaddi-qomatga, yurish-turishga va yurak, o‘pkaning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qorin muskullarining jismoniy chiniqqanligiga, yog’ qatlamlari va ichki organlarning hajmiga qarab qorinning shakli o‘zgaradi.Me’yordagi qorinning shakli, mushaklari va yog‘ qatlamlari o‘rtacha bo‘lib, qorin devorlari ko‘krak qafasining ostki chegarasidan o‘tuvchi vertikal o‘qdan chiqmagan bo‘ladi. Qorin mushaklari bo‘sh bo‘lib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vertikal o‘tgan bo‘lsa, qorin osilib qoladi.Natijada qorin hajmi kattalashadi va ayrim ichki organlarning, oshqozon, ichaklarning joylashishi o‘zgarib, ularning faoliyati buzilishi mumkin. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilanshug'ullanuvchilarning qorni ixcham, qorin mushagi rivojlangan va yog‘ qatlamlari kаm bo‘ladi. Oyoqlarning shakli son va boldirning ko‘ndalang o‘qi hamda tizza va tovon bo‘g‘inlarining ichki yuzasining munosabatiga bog‘liq bo‘lib, odam tik turganda aniqlanadi. To‘g‘ri shaklli oyoqlarda son va boldirning o‘qlari mos keladi, bo‘g‘im o‘qlarining ichki yuzasi bir- biriga tegib turadi. «О» shaklidagi oyoqlarning faqat tovon bo‘g‘imlari bir-biriga tegib turadi, tizza bo‘g‘imlari esa bir-biridan qochib turadi. Son va boldir o‘qlari ichkariga ochilgan burchak hosil qiladi. «X» shaklidagi oyoqlarda buning teskarisi bo‘lib, tizza bo‘g‘imlari bir-biriga tegib, tovon bo‘g‘imlarining orasi ochiq bo‘ladi. Oyoqning bu shakli yurish va yugurishda tana harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oyoq kaftining shakli uning ko‘ndalang va egrilik holatiga bog‘liq. Bu egriliklar bir-biri bilan bog‘langan kaft suyaklaridan tashkil topgan bo‘ladi. Jismonan yaxshi rivojlangan kishilarda kaft harakat- tayanch apparati ham yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ularning kafti to‘g‘ri bo‘lib, ko‘ndalang yoki egriliklari ko‘zga tashlanib turadi.Yassioyoqning ko‘ndalang va egriliklari, balandligi kichik bo‘lib, harakat-tayanch, mushak apparati juda sust bo‘lgan kishilarda uchraydi. Bunda oyoq kafti qismlari orasidagi chegara ko‘rinmaydi. Oyoq kafti - odam turganda va harakatlanganda tayanch a’zosi hisoblanadi. Oyoq kaftining egriligi ressor funksiyasini bajaradi. Ko‘ndalang va egrilik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ressor vazifasini to‘liq bajara oladi. Agar bu egrilikning balandligi kichrayib ketsa, oyoq kafti tayanchiga hamma qismi bilan tegib turadi. Shuning uchun ko‘p yurganda boldir mushaklarida toliqish va og‘riq paydo bo‘ladi. Undan tashqari, yurganda, yugurganda va sakraganda ichki a’zolar, bosh va orqa miyaning tebranish amplitudasi ortadi. Ko‘z bilan tekshirish (tashqi nazorat)ning asosiy vazifasi odam tanasining tuzilishini aniqlashdan iborat. Odam tanasining tuzilishi morfologik, fiziologik va psixologik alomatlarda namoyon bo‘ladi.Tibbiy amaliyotda V.Chernoruskiyning tasnifi qo‘llaniladi. Ular uch turga bo‘linadi: 1. Normastinik 2. Astepik 3. Giperstepik. Odamning tuzilishi tanasining uzunligiga va enining mutanosibligiga, suyak va mushaklarning qanday rivojlanganligiga bog’liq. Normastinik turdagi odam tanasining tuzilishi, tananing uzunlik va ko‘ndalang o‘lchamlari va qismlarining bir-biriga to‘g‘ri kelishi va tananing asosiy a’zolari: suyak, mushak va yog‘ning me’yorida bo‘lishiga aytiladi. Astepik turdagi odamlarda tananing uzunligi eniga nisbatan ancha uzunroq va a’zolari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.Giperstepik turdagi odamlar tanasining eni bo‘yiga nisbatan uzun bo‘lib, suyak va mushak tolalari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tananing tuzilishi va fiziologik funksiyalari orasidagi bog’liqlikni hamda odamning xulqi va kasaliklarini aniqlash maqsadida odam tanasining tuzilishi va uning mijozi aniqlanadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling