Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning
Download 1.99 Mb.
|
oXIRGISI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
- I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqotning obekti-umumta’lim maktab tizimining yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi dinamikasi.
Tadqiqotning predmeti - yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishining zaruriy me’yorlarini ishlab chiqish. Tadqiqotning usullari - ilmiy-uslubiy adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish; jismoniy rivojlanish va xarakat tayyorgarligini pedagogik testlash; nazorat sinovlari. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishini turli xil usullar yordamida o‘lchandi. Yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida xizmat qilishga va salomatlik darajasini oshirish bosqichida, jismoniy tarbiya ta’limi jarayoniga zamonaviy, innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy qilingan va kerakli dasturiy me’yoriy xujjatlar modernizatsiya qilingan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi mamlakatimiz va xorijdagi olimlarni va yetakchi mutaxasislarni ta’limning mazkur tizimiga nisbatan qarashlarini ilmiy asoslanganligi, jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv jarayoniga yuqori sinf o‘quvchilari jismoniy rivojlanishining zaruriy me’yorlarini tuzishni pedagogik texnologiyasini joriy qilinganligi. I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI Jismoniy madaniyatning komil insonni jismoniy tarbiyalashdek muqaddas vazifalarni amalga oshirishda barcha o‘quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismonan baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini to‘g’ri tashkil etish bosh maqsad hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risidagi” qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida” gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish” to‘g’risidagi farmonni va uni bajarish tadbirlariga suyangan xolda yangi usullarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun to bolalikdan boshlab, bolalarimizning to‘g’ri rivojlanishiga e’tibor qaratish orqali jismoniy salomatlik “Poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin. Mamlakatimiz va xorijlik olimlarning ilmiy-metodik adabiyotlarini o‘rganish mobaynida umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini ko‘rish mumkin. Bunga misol tariqasida T.S.Usmonxo‘jaev, V.K.Balsevich, V.A.Bogdanova va boshqalarning olib borgan ilmiy izlanishlarini keltirish mumkin. Maktab o‘quvchilarining salomatligiga qaratilgan jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish muammolari D.Antonyus, M.G.Gorskiy va boshqa shu kabi olimlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. O‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligida yosh xususiyatlarini tahlil qilish A.A.Guzhalovskiy, V.I.Lyax, A.G.Suxarev, V.P.Guba, O.V.Goncharova va boshqalarning ishlari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Jahonning yetakchi ta’lim muassasalarida, o‘quvchilar salomatligini saqlash va mustahkamlash, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, jismoniy tarbiya jarayonida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Ularning asosiy qismi o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning fizilogik-gigiyenik hamda jismoniy jihatdan rivojlanishlariga qaratilgan. Va, yana qo‘shimcha sifatida A.M. Achilov, J.A. Akramov. “Bolalarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash”, B.T.Haydarov “Fiziologiya va sport fiziologiyasi” kabi qo‘llanmalarida o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to‘g’risida Kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyatta muxim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va jismoniy madaniyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sog’lom, rivojlanishi maromida, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad Respublikamizda jismoniy madaniyat yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi xam kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Har kim o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimlari asosida salomatligini oshirib borishi lozim. Xalqimiz farzandlarining har tomonlama jismoniy rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, ruhan barkamol, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatanning himoyasiga tayyor turgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo‘ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillilik, chidamlilik ) ni o‘stirish; d) maxsus sport mashqlarini bajarish texnikasini egallashdan iborat. Shu bilan birga o‘zbek xalq milliy o‘yinlarini to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish, bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa bo‘lib, hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash bilan birga bolalarimizni jismoniy rivojlanishiga asosiy omil bo‘lib, xizmat qiluvchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi. Yoshlarni har tomonlama jismoniy tomondan baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni, umumta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy madaniyatini tashkil etish va pedagogik jarayonlar bilan birga va bir-biriga bog’lab, uzviylikda ko‘rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi. Bunda milliy xalq o‘yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o‘tmoqchimiz. SHuning uchun xalqimizning avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan xalq o‘yinlarini bizdan keyingi avlodga yetkazish yo‘llarini axtarish, tizimlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning asosiy va bosh maqsadimizdir. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslarini qiziqarli va sifatli hamda foydali o‘tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi xalq o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan o‘zbek xalq milliy o‘yinlaaridan unumli foydalana bilishga bog’liq. Chunki milliy o‘yinlar orqali bolani bir tomondan jismoniy bilimlarni egallashgaa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyatga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganilgan. Bolalar va o‘smirlarning harakat faolligini oshirish uchun yordam beradigan omillar sifatida: milliy harakatli o‘yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellashuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. So‘nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligidagi bir guruh mutaxasisslar, yosh tadqiqotchilar milliy o‘yinlarni o‘rganish, ularni xalq orasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy va amaliy ishlarni, nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu sohada proffesor A.Q.Atoyevning qilgan ilmiy ishlarini ham aytib o‘tish kerak deb hisoblayman. Uning xalq o‘yinlaridan maktabda, oilada, darsdan tashqarida, jamoat joylarida ham foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch-quvvat kabi xususiyatlarining takomilliligi to‘g’risidagi tadqiqotlari qiziqish uyg’otadi. Bulardan tashqari har yili o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va yana shu munosabat bilan nashr etilayotgan to‘plamlarda ham xalq milliy o‘yinlariga e’tibor kuchaygani, ularni o‘rganish, to‘plash borasida tadqiqotlar yaratilmoqda. Shu bilan birga pedagogika fanida ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, ularda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muntazam olib boriladigan mashg’ulotlar orqali jismoniy madaniyatga extiyoj va qiziqishni uyg’otish muammolariga xamisha diqqat qilib keladi va hali ham kelmoqda. Katta maktab yoshidagi bolalar jismoniy tayyorgarligini, jismoniy tarbiya darslari orqali shakllantirish bo‘yicha turli adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin etilmaydi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling