Mavsumga qarab o`g`il bolalar ko`ylagini murakkab fasonda modellashtirish, maketlarini tikish


Download 171.8 Kb.
bet4/6
Sana29.12.2022
Hajmi171.8 Kb.
#1072074
1   2   3   4   5   6

Ort bo’lak








Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi ort bo’lak asos chizmasini chizish









Bolalar yosh guruhlari quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: yasli yoshidagilar 3 yoshgacha, maktabgacha yoshdagilar 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshidagilar 7 yoshdan 11 yoshgacha.Bolalarning rivojlanishi davomida tana tuzilishi va tana proportsiyasi va tashqi ko’rinishi va harakatlar xarakteri qiziqishlari odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib boradi. Shunga ko’ra bolalarning turli yoshlarida psixologik-fiziologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichim ranglari bezatilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Shu munosaabat bilan bolalar kiyimlari har bir yosh guruhiga mos holda loyihalanadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar kiyimlarining assortimenti turli ko’ylaklar, halatlar sarafan, kofta, shim, yarim kombinzonlardan iborat: Bog’cha yoshidagi bolalar ko’p harakat qilganligi sababli kiyimlar qulay sodda, kiyish va yechish uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va pasti kengaygan shakllar ishlatiladi. Vishovka, mag’iz, tesma, to’r, ablikatsiyalar esa bolalar kiyimiga turli tumanlik bag’ishlaydi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi.Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalardan bolalar kiyimlarini tikishda keng foydalaniladi. Ko’ylak paxta tolali gazlamadan tikilib, yoqa o’mizi dumaloq yoqasiz, yengsiz, bel chizig’idan qirqma bo’lib ort bo’lak o’rta chizig’idan taqilma ishlanadi. Old va ort bo’lak rel’ef qirqim orasiga qo’yma burma tikiladi.Burmaga yig’ilgan yubka bel chizig’idan ko’ylak yuqori qismiga ulanadi. Ko’ylak yoqa o’mizi, yeng o’mizi, burmali qo’yma qirqimi va etak qirqimi asosiy gazlama rangiga mos mag’iz bilan ishlanadi. Ko’ylakni bezash uchun old bo’lak o’rta qismiga applikatsiya tikiladi. Bel qismidan belbog’ bilan bog’lanadi. Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin bo’laklarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib ko’riladi.


Asosiy ish andozalariga texnik talablarga muvofiq quyidagi belgilar qo’yiladi:

  • gazlamaning bo’ylama yo’nalishini ifodalovchi chiziq-tanda ipi yo’nalishi;

  • bo’ylama yo’nalishdan chetga chiqish chiziqlari;

  • uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar;

  • bir-biriga ulanadigan bo’laklarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar.

Ish andozalarida kesish aniqligidan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarni ko’rsatib qo’yish maqsadga muvofiq. Kimimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa o’mizi, yelka ziylari, yeng o’mizi, yeng boshi) yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar 0,1 sm ga teng. Kiyimlarning ko’pchiligi harakatchan to’rsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o’zgarib kiyimning formasi buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim bo’laklarini shunday bichish kerakki asosiy cho’zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo’ylab yo’nalsin. Buning uchun kiyimning har bir bo’lakida tanda ipining yo’nalishi va bu yo’nalishdan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar ko’rsatiladi. Tanda ipi yo’nalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, uning to’qilish zichligiga, kimyimning konstruktsiyasi va vazifasiga bog’liq. Yubkalar silueti bo’yicha to’g’ri, etakka qarab kengaygan va toraygan bo’ladi. Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo’lishi mumkin. Yubka konstruktsiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so’ng shaxsiy figura to’laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo’nalishiga mos model aniqlanadi. To’g’ri yubka va uning variantlari ixcham bo’ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko’rsatadi. Uning etak qismi bo’ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir. Etagi kengaytirilgan yubka beli xipcham (ingichka belli) va bo’ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig’iga o’tkazish yo’li bilan hal etiladi. Qizchalar kiyimida old va orqa qism deyarli bir xil bichiladi, farq faqatgina yoqa o'yiqligi va yeng o'mizi o'yiqligida bo'ladi. Yosh bolalarning qorni bo'lganligi sabab old qismning o'rtasi orqaga nisbatan 2cm uzunroq bichiladi. Shtrix chiziq bo'ylab kesib koketkani bichib olish mumkin, koketka bichganda yon tomonlari 1,5- 2cm ixchamlashtirib, orqa bo'lakka vitachka ham berish kerak. Agarda siz 1-bichimdagi kabi yaxlit bichimli ko'ylakcha bichayotgan bo'lsangiz, vitachka berish kerak emas. Kiyimning shakli muhim kompozitsion elementlardan biri hisoblanadi. Uning tahlili quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi [4]: - chiziqlari, bezaklari, ko'rinadigan choklari, gazlamaning turi; uning sirti, rangi, shakllanish xususiyatlari; - kiyimning to'kislik darajasi; - kiyim shaklining ichki tuzilishi; - odam qomatining plastik shakli. Kiyimning shakliy xarakteristikasi. Kiyim shaklini asosan siluet, konstruktiv va dekorativ chiziqlar tashkil etadi. Siluet chiziqlari kiyimning proporsiyalari, hajmiy shakli va uning tashqi kontur chiziqlari bilan aniqlanadi. Siluet chiziqlari qatoriga yelka, bel, etak hamda kiyimning old va yon tashqi qiyofasini idrok qilishga yordam beradigan chiziqlar kiradi. Zamonaviy kiyim modellashtirish amaliyotida barcha yoshdagi iste'molchilarning o'lcham va to'lalik guruhlariga mo'ljallangan bir necha yetakchi siluetlar qabul qiling 26 a b d e 1-rasm. Ayollar kiyimining asosiy siluetlari. 2.6 Kiyim sifati haqida umumiy ma’lumot. Mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi har doim fanda ilmiytexnik taraqqiyotning, sanoatda esa mehnat intizomi, madaniyati, tashkiliy darajasining umumlashtirilgan ko'rsatkichi bo'lib kelgan [6]. Yuqori sifatli mahsulot muammolari nafaqat texnik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Mahsulot sifati buyum loyihalashda hisobga olinadi, ishlab chiqarganda ta'minlanadi va ekspluatatsiya davrida namoyon bo'ladi. Demak, sifatni murakkab «tizim» deb baholash mumkin. Sifatni ta'minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining har pog'onasida uni idora qilmoq zarur. Hozirgi paytda sifat nafaqat bevosita buyum ishlanadigan sanoat tarmog'ida, balki tarmoqlararo muammoga aylangan, chunki iste'molga tayyorlangan mahsulot sifatini yuzlab turli tarmoq korxonalari ta'minlaydi [7]. Mahsulot sifatini idora qilish deganda unga ta'sir etuvchi omillarni tinimsiz nazorat qilib, mahsulotni loyihalash, ishlab chiqish va iste'mol jarayonlarida yetarlicha sifat darajasini ta'minlab turish tushuniladi. Mahsulotning sifati insonni qadimdan qiziqtirib kelmoqda. Platonning (eramizdan avvalgi 427—347-yillar) fikri bo'yicha, buyumning sifati uning mukammallik darajasidadir. Aristotelning (eramizdan awalgi 384—322-yillar) aytishicha, sifat — bu predmetni unga o'xshash predmetlardan ajratib turadigan muayyan hususiyatlar majmuidir. 27 Mahsulotning sifati unga oid ko'rsatkichlar majmuida namoyon bo'ladi. Shu bois sifat deganda, mahsulotning vazifasiga ko'ra insondagi muayyan talablarni qondirishga yaraydigan hususiyatlar majmui tushuniladi. Har qanday buyum hususiyatlarga ega. Sifatni aniqlash — bu mahsulotga xos hususiyatlarning miqdoriy darajasini aniqlash va uni baholash demakdir. Hususiyatlar buyum tayyorlanganda va iste'mol davrida namoyon bo'lib, ham miqdoriy, ham sifat darajasida ifodalanadi. Mahsulot sifati unga ta'sir ko'rsatadigan yetakchi hususiyatlar nomlarini aniqlashdan boshlanadi. Sifat ko'rsatkichlar nomlarining ro'yxati mahsulotning vazifasiga bog'liq. Shu bois mahsulot sifatini baholashdan avval, unga xos inson talablarini qondiradigan hususiyatlarni aniqlash kerak. Ushbu xususiyatlarni shartli ravishda iste'molchi deb nomlash mumkin, chunki qadimgi yunon faylasufi Protagorning «Inson barcha buyumlarning o'lchamidir« degan so'zlari hozirgacha o'z ma'nosini saqlab, mahsulot sifatini baholashda asosiy mezon bo'lib kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan talablar qatorida ishlab chiqarish talablarini ham unutib bo'lmaydi. Negaki, mahsulotni sanoatdan tashqarida, materiallar, energiya, inson mehnati va asosiy fondlar xarajatisiz yaratib bo'lmaydi. Shunday qilib, sifat mahsulotning murakkab xarakteristikasidir[7].
Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan snflanishga ko`ra ikki sinifga bo`linadi: - maishiy kiyimlar: -ishlab chqarish kiyimlariga bo`linadi. Maishiy kiyimlar o`z navbatida foydalanish sharoiniga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi: - ust kiyimlar ( 28 - yengil kiyimlar (ko`ylaklar, bluzkalar erkaklar ko`ylagi, yubkalar, fartuklar va hokozo) : - ich kiyimlar (pijamalar, erkaklar va ayollar ich kiyimlari, cho’milish kiyimlari va xokazo) : - bosh kiyimlar (kepka, furajka, peredka, shapka, shlyapa, panama va xokazo): Ishlab chiqarish kiyimlari esa quyidagi guruhlarga bo’lninadi. - maxsus kiyimlar – odamni zararli muhitdan muhofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashda yordam beradi. Ularga kurtka, kombinbzon, shim, plashlar kiradi. - forma kiyimlari – temir yo’lchilar, xarbiylar, aviyatsiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shnel, palto, kitel, shim, kostyum, ko’ylak, ich kiyim va boshqalar kiradi. Jins va yosh alomatlariga ko’ra kiyimlarni quyidagi kichik guruhlarga: - erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi - chaqaloq kiyimi: - yasli yoshidagi o’gil va qiz bolalar kiyimi - maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi - maktab yoshidagi bolalar kiyimi - o’smirlar kiyimlari. Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozigi, qishki, bahorgi, kuzgi kiyim turlariga bo’linadi. Bu kiyimlar qayerda kiyilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi. - kundalik kiyim - tantanalar kiyimi - sport kiyimlariga ajratiladi Kiyimlar tikiladigan gazlamalarning tolasiga qarab: jun, shoyi, ip gazlama, zig’ir tolali gazlamalardan shuningdek suniy va sintetik 29 gazlamalardan va aralash tolali gazlamalardan tikiladigan kiyimlarga bo’linadi [8]. 2.8 Tanlangan model xususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash. Trikotaj buyumlar tayyorlash texnologiyasi usullari bo‘yicha bichilgan, yarim muntazam va muntazam turlarga bo‘linadi. Yarim muntazam buyumlar cheti milksiz polotnolardan bichiladi. Bunday buyumlarning tana qismi ko‘pincha yaxlit bichilgan bo‘lib, faqat yoqa va yeng o‘mizlari o‘yiladi. Muntazam buyumlar detallari aniq belgilangan o‘lcham va shaklga mos qilib yaxlit to‘qiladi. Trikotaj buyumlarining 60 foizini bichilgan buyumlar tashkil etadi, shuning uchun quyida faqat ularga xos konstruktiv xususiyatlar keltirilgan. Trikotaj buyumlarini kontsruksiyalash va modellashtirish jarayonida cho‘ziluvchanlik, kirishuvchanlik, qayishqoqlik va texnologik ishlov berishda ahamiyatli xususiyatlar e’tiborga olinadi. 30 Trikotaj buyumlarning konstruktiv yechimi polotnoning cho‘ziluvchanlik darajasi bilan bog‘liq. Trikotaj matolar cho‘ziluvchanlik va deformatsiyaga moyillik darajasi bo‘yicha hamda dastlabki xomashyo xususiyati hisobga olingan holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1-guruhga kam cho‘ziladigan trikotaj matolar kiradi; 2-guruhga o‘rtacha cho‘ziluvchan trikotaj matolar kiradi; 3-guruhga esa ko‘p cho‘ziluvchan trikotaj matolar kiradi. Trikotaj buyumlarni konstruksiyalashda bu ma’lumotlar asos qilib olinadi. Trikotaj matoning cho‘ziluvchanligini hisobga oladigan to‘kislik qo‘shimcha haqning qiymati standartlarda keltirilgan. Kam cho‘ziladigan, shakl saqlovchi trikotaj matolardan kiyim detallarini konstruksiyalashda gazlamalardan tayyorlangan buyumlarga o‘xshash amalga oshiriladi. Ko‘p cho‘ziluvchan trikotaj matolardan buyumni konstruksiyalashda qayishqoqlik tufayli kiyim tanaga yopishib turishi hisobiga olinadi. Trikotaj buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirishda polotno turi va rangi kuchli badiiy ifodaga ega bo‘lgan buyumlarni yaratishga keng imkoniyat beradi. Yarim muntazam va muntazam kiyimlar alohida maxsus xususiyatga ega, ularning ostki detallariga ishlov berish talab etilmaydi. Ular mashinalardan ishlangan (tugallangan) holda tushadilar. Muntazam (regular) kiyimlarda yon chetlari ham ishlangan bo‘ladi. Muntazam va yarim muntazam buyumlar bichilgan buyumlarga nisbatan muhim ustunlikka ega: ular tejamkor bo‘lib buyumga texnologik ishlov berish jarayonini ancha qisqartirishga olib keladi. Muntazam to‘qish usuli bilan cho‘ntak, yoqa, klapan, belbog‘ kabi detallar olinadi. Ich kiyimlar metraj matolardan tayyorlanadi. Trikotajni yaratuvchi mutaxassislar quyidagi tushunchalarni bilishlari zarur: Tuzilish — ilmoqli bog‘lanishning aniq tuzilishi va tavsifi. 31 Faktura — mato yuzasining aniq tuzilishi va tavsifi (silliq, hajmli, tukli, yaltiroq, g‘adir-budur va hokazo bo‘lishi mumkin). Rasm — biror-bir narsaning yuzadagi tasviri (rangli, tekis, fakturali va hajmli bo‘lishi mumkin). Qanday qilib trikotajni moda talabiga qarab o‘zgartirish mumkin? Bunga avvalo, to‘qishning yangi usullarini yaratish yoki eski usullarini modifikatsiyalash yo‘li bilan erishish mumkin, qolaversa, uning rasmi va kompozitsiyasini yangi badiiy bezatish elementlari hisobidan o‘zgartirish mumkin [9]. 3. Tanlangan modelni loyihalash qismi. 3.1 Trikotaj buyumlar assortimеnti. Trikotaj buyumlarni konstruktsiyalash va modеllashtirish jarayonida cho`ziluvchanlik, kirishuvchanlik, egiluvchanlik hamda tехnologik ishlov bеrishda ahamiyatli хususiyatlar e`tiborga olinadi. Trikotaj buyumlarining konstruktiv еchimi polotnoning cho`ziluvchanlik darajasi bilan bog’liq. Trikotaj polotnolar cho`ziluvchanlik va dеformatsiyaga moyillik darajasi bo`yicha hamda dastlabki хomashyo хususiyati hisobga olingan holda guruhlarga tasniflanadi. Tasnif bo`yicha trikotaj polotnolar uch guruhga bo`linadi: birinchi guruhga kam cho`ziladigan trikotaj polotnolar kiradi, ikkinchi guruhga – o`rtacha cho`ziluvchanlikka ega polotnolar, uchinchi guruhga esa oson cho`ziladigan polotnolar kiradi. Trikotaj buyumlarini 32 konstruktsiyalashda bu ma`lumotlar asosiy vosita hisoblanadi. Trikotaj polotnoning cho`ziluvchanligini hisobga oladigan to`kislik qo`shimchasining qiymati korхonada amal qilinadigan umumiy tехnik shartlarga oid hujjatlar va standartlarda kеltirilgan. Kam cho`ziladigan, shakl saqlovchi trikotaj polotnoni konstruktsiyalashdagi dеtallarning konstruktiv еchimi to`qima gazlamalardan tayyorlangan buyumlar konstruktiv еchimiga o`хshashdir. Katta cho`ziluvchanlikka ega bo`lgan trikotaj polotno buyumni loyihalashda polotno qayishqoqligi tufayli, ma`lum darajada cho`zilgani uchun buyum tanaga yopishib turadi. 3.2 Tanlangan o’lcham belgilari kataliklari. Bunday turlar bir qator o‘lcham belgilari bilan tavsiflanadi, ularda ko‘krak aylanasi va bo‘y asosiy o‘lchov hisoblanadi.Gavda o‘lchami ko‘krak yarim aylanasi bilan aniqlanadi. O‘lchamlar orasidagi farqsizlik intervali 4 sm. Farqsizlik intervali deganda, iste’molchining kiyim o‘lchamlari orasidagi o‘zgarishni sezmaydigan darajadagi farq tushuniladi. Bundan tashqari har bir o‘lcham uchun 3 ta gavda turi berilgan bo‘lib, bular gavdaning to‘lalik darajasini belgilaydi. Gavda to‘laligi (ozg‘in, o‘rtacha va semiz) bel yarim aylanasi va bo‘ksa aylanasi orasidagi farq orqali xarakterlanadi. Gavdaning har bir razmeriga gavda balandligini hisobga olgan holda bir nechta (5 ta) bo‘ylar belgilangan bo‘lib, ushbu bo‘ylar orasidagi farqsizlik intervali 6 sm. Trikotaj kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarishda namunaviy figura o‘lchamlari xuddi boshqa matolardan tayyorlanadigan kiyimlardagidek ko‘krak aylanasi o‘lchami (4 sm farqsizlik) bo‘yicha belgilanadi. Bu iste’molchilarda trikotaj hamda boshqa matolardan kiyim tanlashda bitta nomerdan, o‘lchamdan foydalanish imkoniyatini beradi. 33 Ammo aslida farqsizlik intervali kattaliklari trikotaj kiyimlarda boshqa kiyimlardagidan yuqori bo‘lib, trikotaj mahsulotlarida bitta o‘lchamlar ichida to‘laliklarga bo‘lish qabul qilinmagan. Har bir figura razmeriga 2 ta bo‘y 12 sm farqsizlik intervali bilan belgilangan.

  • Modellashtirish tikuvchilik sanoatining, tikuv buyumlar tayyorlashning muhim kismi hisoblanadi. Modellashtirish so’zi «model» so’zidan olingan bo’lib, frantsuz tilida shakl ma`nosini bildiradi. Modellashtirish shakl o’zgartirishdir, Tikuv bugomlarini loyixalashda, uning asosiy andozasi tayyorlanib, ma`lum bir fason buyicha kiyim tnkishda, shu asosiy andozaning shaklini shu fason buyicha o’zgartirishga to’g`ri keladi. Natijada kerakli fason formulasi kelib chiqishi kerak. Bu jarayonni modellashtirish jarayoni deyiladi. Texnik modellashtirish 4 bosqichda bajariladi:Ta’lim sifatini oshirishga kuchli ta’sir qila oladigan didaktik vositalar, masofadan o`qitish dasturlari, qurilmalar, elektron pochta, elektron kutubxonalar, masofadan o`qitish dasturlari, animatsion, ya’ni tasvir va tovushni o`zida mujassamlashtirgan ko`rgazmali qurollar barchasi aynan kompyuter texnikasiga va amaliy mashg’ulotlarni to`gri tashkil etishga asoslanadi.Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini ham bevosita qamrab olgan. Zero, birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki o`rta maxsus ta’lim jarayonida shunday o`qitish metodlarini tadbiq etish joizki, ular oxir – oqibatda o`quvchilarni mustaqil o`qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o`rgatsin, o`quvchilarni o`ziga xos fikrlashga yo`llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o`qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o`z faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko`nikmalarini shakllantirsin.Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida aynan shuni e’tiborga olishimiz kerakki, bolalarni kasbga qiziqtirish o`rta maxsus ta’lim jarayonidan boshlanishi lozim. Shuni hisobga olib умумta’lim maktablarida mehnat ta’limi darsalarida o`quvchilarni kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish lozim. 
    Zamonaviy moda yo`nalishi milliy ko`ylaklarimizda ham o`z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko`ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari va yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki, milliy ko`ylak asosan koketka, qop va yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko`ylak to`g’ri siluetli, koketka chizig’i bo`ylab burmali bo`ladi. Old bo`lagida koketka bo`laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. An’anaviy milliy ko`ylak yoqali va yoqasiz bo`ladi. Yoqali bo`lsa yoqa o`mizi bo`ylab o`tkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog`lanadigan (galstuksimon) bo`lishi mumkin. Yenglari o`tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo`lak bilan yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba hakozo bo`lishi mumkin.Hozirgi kunda milliy ko`ylak bichimlarida juda katta o`zgarishlar ro`y bergan. Masalan: etak qismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko`ylaklar. Bunday qopli ko`ylak yengi ham konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko`ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to`lqinsimon shaklga ega bo`ladi.Milliy ko`ylak bichimlari bir xil bo`lsa-da, uning yoqa o`mizlari turlicha o`yilishi mumkin. 2,3- rasmlarda to`g’ri bichimli milliy ko`ylakni turlicha yoqa o`mizli koketka turlari tasvirlangan. 4,5,6,7 - rasmlarda esa yoqa o`mizi va koketka tashqi shakli turlicha bo`lgan milliy ko`ylak modellari namunalari ko`rsatilgan.
    1 – rasm. Ayollar milliy ko`ylagining model turlariMilliy ko`ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar va munchoq (biser) lar bilan bezab tikish mumkin.Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo`lishi mumkin. Quyida turli bichimdagi va shakldagi zamonaviy milliy ko`ylak namunalarini tavsifini keltiramiz. 
    Munchoqlar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari Kashta va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari 
    2, 3- rasmlarda milliy ko`ylak koketkalarining turli tuman ko`rinishdagi yoqa o`mizlari va bichimlari tavsiya etilgan. Bu turli ko`rinishdagi koketkalarni kishi gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart. Ko`pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar har doim go`zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo`lgan kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi.Agar gazlama elastik, cho`ziluvchan bo`lsa koketka o`tkir burchakli bo`lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko`rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o`rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo`lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.2- rasmlarda biserlar (munchoqlar) bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari ko`rsatilgan bo`lib, bu modellar bichimi yuzasidan bir biriga o`xshasada, bezak ko`rinishlari, yoqa o`mizlari o`yiqlarining turli tumanligi bilan farq qiladi. Ushbu modellarimizni yosh kelinlarimizga, o`rta yoshli ayollarimizga tavsiya qilamiz.4, 5- rasmda esa koketkalari turli bichimda bo`lgan, buf va vafli choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari berilgan. Bu modellar asosan yosh qizlarimiz, yosh kelinlarimizga mos keladi. Ularni shifon, krepdishin, shoyi kabi gazlamalardan tikish mumkin. Bezak buflarni munchoqlar bilan xam bezash mumkin. Agar ko`ylak kundalikda kiyiladigan bo`lsa, bezak toshlarni kamroq ishlatgan ma’qul.Hozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylaklarimiz yana urf bo`lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko`ylaklarni juda ko`p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to`ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko`rkam va jozibador

2.2 Bolalar ko`ylagini modellashtirish.

Bolalar yosh guruhlari quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: yasli yoshidagilar 3 yoshgacha, maktabgacha yoshdagilar 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshidagilar 7 yoshdan 11 yoshgacha.Bolalarning rivojlanishi davomida tana tuzilishi va tana proportsiyasi va tashqi ko’rinishi va harakatlar xarakteri qiziqishlari odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib boradi.Shunga ko’ra bolalarning turli yoshlarida psixologik-fiziologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichim ranglari bezatilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Shu munosaabat bilan bolalar kiyimlari har bir yosh guruhiga mos holda loyihalanadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar kiyimlarining assortimenti turli ko’ylaklar, halatlar sarafan, kofta, shim, yarim kombinzonlardan iborat:
Bog’cha yoshidagi bolalar ko’p harakat qilganligi sababli kiyimlar qulay sodda, kiyish va yechish uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va pasti kengaygan shakllar ishlatiladi. Kashta, mag`iz, tesma, to`r, aplikatsiyalar esa bolalar kiyimiga turli tumanlik bag`ishlaydi.Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi.Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalardan bolalar kiyimlarini tikishda keng foydalaniladi. Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin bo’laklarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib ko’riladi.
Asosiy ish andozalariga texnik talablarga muvofiq quyidagi belgilar qo’yiladi:


  • gazlamaning bo’ylama yo’nalishini ifodalovchi chiziq-tanda ipi yo’nalishi;

  • bo’ylama yo’nalishdan chetga chiqish chiziqlari;

  • uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar;

  • bir-biriga ulanadigan bo’laklarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar.

Ish andozalarida kesish aniqligidan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarni ko’rsatib qo’yish maqsadga muvofiq. Kimimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa o’mizi, yelka ziylari, yeng o’mizi, yeng boshi) yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar 0,1 sm ga teng. Kiyimlarning ko’pchiligi harakatchan to’rsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o’zgarib kiyimning formasi buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim bo’laklarini shunday bichish kerakki asosiy cho’zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo’ylab yo’nalsin. Buning uchun kiyimning har bir bo’lakida tanda ipining yo’nalishi va bu yo’nalishdan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar ko’rsatiladi. Tanda ipi yo’nalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, uning to’qilish zichligiga, kimyimning konstruktsiyasi va vazifasiga bog’liq.



1.2. Ort bo’lak yon qismi.

Kalka qog’oz, qalam, chizg’ich, shakldor chizg’ich,
o’chirg’ich.



Bo’lak qirqimlari: yelka qirqimidan 1,0; yeng o’mizidan 0,7 sm; yon qirqimidan 1,0 sm; rel’ef qirqimidan 1,0 sm; bel qirqimidan 1,0 sm chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi.
Chizilgan chiziqlar asosida andoza kesiladi. Andozada №2 jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va №3 jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

Download 171.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling