k = 4B^
Gamma moslamalardan foydalanish sharoitida kerak bo‘ladigan
nurlanishni pasaytirish koeffitsiyentining qiymatini ham quyidagi
formula bilan hisoblash mumkin.
k~ Pd
bu yerda:
Px - ish joyida o‘lchangan doza quvvat;
ruxsat etiladigan doza quvvat
Jadval bo‘yicha himoya to‘sig‘ining qalinligini hisoblashda “K ”
ning qiymatidan tashqari nurlanish energiyasini bilish ham zarurdir, bu
469
qiymatni ayrim izotoplarning fizikaviy ta’rifi keltirilgan jadvaldan
topish mumkin.
Nurlanishni necha marta pasaytirish kerak ekanligini va shu
nurlanish energiyasini bilgan holda, maxsus jadval bo‘yicha pasaytirish
karraligi bilan nurlanish energiyalarining kesishadigan nuqtasida
qo‘rg‘oshindan yoki boshqa materialdan yasalgan to‘siqlaming kerak
boiadigan qalinligi topiladi.
Yarim pasaytirish qavatlari bo‘yicha to‘siq qalinligini aniqlash.
Yarim pasaytirish qavati deb nurlanishning doza quvvatini 2 marta
pasaytira oladigan to‘siqning qalinligiga aytiladi. Qo‘rg‘oshin uchun
yarim pasaytirish qavati (nurlanish energiyasi 1 MeB boiganda) 1,3 sm,
temir uchun-2,4 sm, beton uchun 6,9 sm ga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |