Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja


Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish


Download 256.48 Kb.
bet13/13
Sana31.10.2023
Hajmi256.48 Kb.
#1736034
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish
Anologiya grekcha anologia so‘zidan olingan bo‘lib, muvofiqlik, o‘xshashlik manolarini anglatadi. Analogiya xulosa chiqarishning eng kadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi.
Analogiyada o‘rganilayotgan predmet model, unga hususiyatlari, belgilari o‘xshagan predmetprototip, deb yuritiladi.
Masalan: A predmeti a, b, c, d, q xususiyatlariga ega.
V predmeti a, b, c, d xususiyatlariga ega.
Demak, V predmetida q xususiyati bo‘lishi mumkin.
Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o‘xshash elementlari: a) xar ikkisi bir sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali xar ikkalasining kimyoviy tuzilishi o‘xshashligi aniklandi. v) Kuyoshda geliy mavjudligi aniklandi va shu asosda geliy Yerda xam mavjud bo‘lsa kerak, degan xulosa chikarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf kilinishi bilan isbotlandi.
Quyosh va yer bir sistemaga kiradi.
Quyosh va yerning kimyoviy tuzilishi o‘xshash.
Quyoshda geliy mavjudligi aniqlandi
Demak, Yerda ham geliy mavjud bo‘lishi mumkin.
Analogiya yordamida xulosa chikarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g‘o‘zadagi ko‘sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan.
Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Odatda analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosa extimollik xarakteriga ega bo‘ladi, uning xaqiqatga qanchalik yakinroq bo‘lishi bir qator omillarga bog‘lik bo‘ladi:
a) o‘rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin kadar ko‘proq umumiy belgilarga ega bo‘lishi;
b) bu belgilarning mumkin kadar ko‘proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko‘ra analogiya 2 ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

  1. Sifat analogiyasi

  2. Munosabat analogiyasi

Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o‘xshashlik sifat analogiyasini hosil kiladi.
Masalan: Janubiy Afrika yassitog‘ligining strukturasi Yoqutiston tog‘lariga o‘xshash.
Janubiy Afrika yassitog‘ligidan ko‘p olmos tog‘ konlari topildi.
Olmos – havorangsimon mineral.
Havorangsimon minerallar Yoqutistonda ham uchraydi.
Demak, Yoqutiston tog‘larida ham olmos konlari bo‘lishi mumkin.
Munosabatlardagi o‘xshashlik munosabat analogiyasini hosil kiladi. Munosabat analogiyasi sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo‘ladi.
Masalan: Yerga olma tushishining sababi – Yerning portlash kuchi.
Oy Yerning portilash kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi.
Yer, barcha planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi.
Demak, Yer, oy, barcha planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi.
Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida xarakat kiladi. Yer, butun planetalar Quyosh atrofida xarakat kiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini tushunishi mumkin.
Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o‘rganish asosida u haqidagi bilimlarni yangi texnika texnologiyada qo‘llashi bilan shug‘ullanadi. Fizik olim Rezerfor ishlab chiqqan atom tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o‘xshashlikka asoslangan. O‘xshashlik-o‘xshash tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o‘rin tutadi. M.V. Lomonosov «o‘xshatish biron bir narsani isbotlamaydi, balki isbotlanadigan narsani tushuntiradi»,-degan edi.
Hosil bo‘ladigan bilimning harakteriga ko‘ra analogiya 3 ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

  1. Qat’iy analogiya.

  2. Qat’iy bo‘lmagan analogiya.

  3. Yolg‘on analogiya.

Qat’iy analogiya o‘xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy aloqa va munosabatlar asosiga quriladi. Qat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni modellashtirish usuli kat’iy analogiyaga asoslangan.
Qat’iy bo‘lmagan analogiya ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil kiladi.
Qat’iy bo‘lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun ko‘yidagi talablarni hisobga olish zarur:

  1. o‘xshash xususiyatlar tomonlarning ko‘pligi;

  2. asosiy, zaruriy belgilar,tomonlar o‘xshashligi;

  3. o‘xshashlikning iloji boricha xar tomonlama bo‘lishi;

  4. farklarning mikdori va sifati;

5. chiqarilayotgan xulosada belgining o‘xshash belgilarga yaqin tipni ifodalashiga qatiy analogiyadan matematika fanida keng foydalaniladi.

Yolgon analogiya bazan muxolifni aldash maqsadida qo‘llanishi mumkin. Bunda yolgon analogiya sofistika usulni ifodalaydi. Predmetlar, xodisalarning moxiyatini, xususiyatlarini bilmaslik, tasodifiy o‘xshashlikka tayangan holda xulosa chiqarish yolg‘on analogiya xisoblanadi.


Analogiya yordamida xulosa chiqarish mantiqiy usuli matematika, tilshunoslik, huquqshunoslik sohalarida qo‘llanadi. Bunga matematik modellashtirish misol bo‘la oladi.
Download 256.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling