Mavzu : algebraik kasrlar
Download 204.26 Kb.
|
MOHIGULGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning vazifalari
- Kutilayotgan natijalar: O`quvchi
- O`qituvchi
- Darsning uslubi
Sana:______________ 2022-yil Sinf: 7-“B” MAVZU : ALGEBRAIK KASRLAR Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga algebraik kasrlar, ular ustida amallar haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mashqlar ishlash bilan o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish. Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning matematik hisoblash va fikrlash qobiliyatlarini, tafakkuri va nutqlarini o`stirish, mavzuga oid masala va mashqlar ishlash bilan o’quvchilarni bilim , ko’nikma va malakasini oshirish. Darsning vazifalari Mavzuga oid materiallar bilan ishlash uchun alohida kichik guruh ajratish, jamoa bilan suhbat o`tkazib o`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini o`rganish, suhbat munozara orqali o`quvchilarning mavzu yuzasidan xulosa chiqarishlariga va chiqarilgan xulosani mohiyatini tushunishlariga erishish. Ular bilimini o`zlari orqali baholash. Kutilayotgan natijalar: O`quvchi: -Olgan bilimlarini yangi bilimlar bilan boyitadi, fikrlaydi, mushohada qiladi. Jamoa bilan va yakka tartibda ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi,olgan bilimi asosida jamoa xulosasini ayta oladi. Chiqarilgan xulosani mantiqan to`g`ri yoki noto`g`riligini anglab yetadi . O`qituvchi:-O`quvchilarning oldin olgan bilimlari asosida ularning faolligi oshiriladi. Qisqa vaqt ichida mavzuni barcha o`quvchilar o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilarning mustaqil o`rganishi, fikrlashi, darslikdan tashqari manbaalar bilan ishlashi uchun imkoniyat yaratib, dars vazifalarini amalga oshiradi. Darsning uslubi: no’ananaviy Darsning turi: aqliy hujum, bahs munozara Darsning jihozi: ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar, darsga oid rasmli plakatlar, turli kartochkalar, proyektor, ko’chma doska. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Assalomu alaykum aziz o’quvchim! Davomatni tinglaymiz. Xushyorlikni qoida bil, Ne ataldi ushbu yil? Barchangiz bo’lib bir tan, Ayting hozir qaysi fan? Yomonlikdan bo’l xolos, Kim fanga solgan asos? O’quvchilar berilgan savollarga javob berishadi. Buyuk matematik Al Xorazmiy siymosi gavdalanadi, unga atab she’rlar aytiladi. Shundan darsda faollikni oshirish maqsadida o’quvchilar guruhlarga ajratiladi. O’n to’rt yoshga to’lamiz, Guruhlarga bo’lamiz. 1-guruh: NATURAL SONLAR 2-guruh: ODDIY KASR 3-guruh: TENGLAMALAR Download 204.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling