Mavzu : algebraik kasrlar


Download 204.26 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi204.26 Kb.
#1305824
  1   2   3   4
Bog'liq
MOHIGULGA


Sana:______________ 2022-yil
Sinf: 7-“B”
MAVZU : ALGEBRAIK KASRLAR
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga algebraik kasrlar, ular ustida amallar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mashqlar ishlash bilan o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning matematik hisoblash va fikrlash qobiliyatlarini, tafakkuri va nutqlarini o`stirish, mavzuga oid masala va mashqlar ishlash bilan o’quvchilarni bilim , ko’nikma va malakasini oshirish.
Darsning vazifalari
Mavzuga oid materiallar bilan ishlash uchun alohida kichik guruh ajratish, jamoa bilan suhbat o`tkazib o`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini o`rganish, suhbat munozara orqali o`quvchilarning mavzu yuzasidan xulosa chiqarishlariga va chiqarilgan xulosani mohiyatini tushunishlariga erishish. Ular bilimini o`zlari orqali baholash.
Kutilayotgan natijalar:
O`quvchi: -Olgan bilimlarini yangi bilimlar bilan boyitadi, fikrlaydi, mushohada qiladi. Jamoa bilan va yakka tartibda ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi,olgan bilimi asosida jamoa xulosasini ayta oladi. Chiqarilgan xulosani mantiqan to`g`ri yoki noto`g`riligini anglab yetadi .
O`qituvchi:-O`quvchilarning oldin olgan bilimlari asosida ularning faolligi oshiriladi. Qisqa vaqt ichida mavzuni barcha o`quvchilar o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilarning mustaqil o`rganishi, fikrlashi, darslikdan tashqari manbaalar bilan ishlashi uchun imkoniyat yaratib, dars vazifalarini amalga oshiradi.
Darsning uslubi: no’ananaviy
Darsning turi: aqliy hujum, bahs munozara
Darsning jihozi: ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar, darsga oid rasmli plakatlar, turli kartochkalar, proyektor, ko’chma doska.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Assalomu alaykum aziz o’quvchim!

Davomatni tinglaymiz.

  • Xushyorlikni qoida bil,

Ne ataldi ushbu yil?

  • Barchangiz bo’lib bir tan,

Ayting hozir qaysi fan?

  • Yomonlikdan bo’l xolos,

Kim fanga solgan asos?
O’quvchilar berilgan savollarga javob berishadi. Buyuk matematik Al Xorazmiy siymosi gavdalanadi, unga atab she’rlar aytiladi. Shundan darsda faollikni oshirish maqsadida o’quvchilar guruhlarga ajratiladi.

  • O’n to’rt yoshga to’lamiz,

Guruhlarga bo’lamiz.
1-guruh: NATURAL SONLAR
2-guruh: ODDIY KASR
3-guruh: TENGLAMALAR

Download 204.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling