Mavzu : algebraik kasrlar
Download 204.26 Kb.
|
MOHIGULGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasrni qisqartirish .
- (m + n)(m – n)
- Mustahkamlash uchun mashqlar.
Kasrning asosiy xossasi.
Kasrning asosiy xossasini bunday yozish mumkin: bu yerda b ≠ 0 , m ≠ 0 .
Kasrni qisqartirish. Kasrning asosiy xossasidan foydalanib, algebraik kasrni surat va maxrajga bir vaqtda kiruvchi umumiy ko'paytuvchiga qisqartirish mumkin, masalan: 1-misol: Kasrni qisqartiring: Yechish: 12a2b va 4ab2 birhadlar 4ab umumiy ko'paytuvchiga ega. Kasrning surat va maxrajini 4ab ga bo'lamiz: 2-misol: Kasrni qisqartiring: Yechish: m2 – n2 va m2 + mn ko‘phadlar m + n umumiy ko'paytuvchiga ega, chunki m2 – n2 = (m + n)(m – n) , m2 + mn = m(m + n) . Kasrning surat va maxrajini m + n ga bo'lamiz:
Agar kasrning surat yoki maxrajidagi ishorani qarama-qarshisiga o'zgartirilsa, и holda berilgan kasrga qarama-qarshi kasr hosil bo'ladi: Masalan, Mustahkamlash uchun mashqlar. Hech kimga bermayin pand Yozamiz matematik diktant. Matematikaga oid formulalarni o’g’zaki o’qib eshittiraman, o’quvchilar esa uni qog’ozga tushiradilar. To’g’ri javoblar monitor orqali ko’rsatilganida “Do’stingni bahola” usulida tekshirilib, baholanadi. Bilag’onlarga rahmat Masalaga marhamat! Audio orqali o’quvchilarga mustaqil ishlar eshittiriladi. Guruhlardan faol o’quvchilar chiqib doskada bajaradilar va o’rnida tekshiriladi. 1. Quyidagi masalani yechaylik: katerning turg'un suvdagi tezligi soatiga a kilometrga, daryo oqimining tezligi soatiga b kilometrga teng. Katerning daryo oqimi bo'yicha harakat tezligi uning daryo oqimiga qarshi harakat tezligidan necha marta ortiq? Yechish: Katerning daryo oqimi bo'yicha tezligi soatiga a + b kilometrga teng; oqimga qarshi tezligi soatiga a – b kilometrga teng. Shuning uchun daryo oqimi bo'yicha harakat tezligi oqimga qarshi harakat tezligidan marta ortiq bo'ladi. Javob: marta. 2. Surati p va q sonlari ayirmasining ikkilanganiga, maxraji esa ular kvadratlarining ko'paytmasiga teng bo'lgan algebraik kasrni yozing. Yechish: Shartga ko‘ra kasrning surati 2(p – q) ga teng, maxraji esa p2q2 ga teng. Demak, kasr ko‘rinishga ega. 3. Surati с va d sonlari kublarining yig'indisiga, maxraji esa shu sonlar ko'paytmasining ikkilanganiga teng bo'lgan algebraik kasrni yozing. Yechish: Shartga ko‘ra kasrning surati c3 + d3 ga teng, maxraji esa 2cd ga teng. Demak, kasr ko‘rinishga ega. “Dam olish daqiqasi” Download 204.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling