Mavzu : amir temur davrida tashqi siyosat


Download 19.37 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi19.37 Kb.
#1222821
  1   2
Bog'liq
amir temur mustaqil ish



Mavzu :AMIR TEMUR davrida tashqi siyosat


Reja:
1. Temur davlatining ichki siyosati.
2. Temur davlatida obodonchilik ishlari.
3. Temur davlatining tashqi siyosati.
4. Temur tuzuklari.

Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaliga, diplomatliliga va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan daatat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-Mug’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida inom qilish yo’li bilan boshkargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat axdidan xabardorlik to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.


Amir Temur hukmronlik qilgan davrlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda yerga egalikning baьzi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig’i xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasda xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
Amir Temur davlatni mustaxkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, - deb edi Amir Temur, - saltanat qonun-qoidalariga asoslaigan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim».
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar barpo etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan sus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devolar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi.
Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’yi harakatlari bilan Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaxarlarda xunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borganida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashkari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishini taklif etgan. Shunday qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini kursatib o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatshpga intilganlar, shu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam bergan.
Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyatli jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi. Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha talablarini bajardi.

O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurr diniy va dunyoviy bilimlariga e’tibor berishi ahamiyatga ega edi. Sohibqiron doimo ilm ahli va ulamo bilan suhbatda bo’lib, qalbi toza kishilarga talpingan. Temur davrdagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan o’ta darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Temur davrning nodir qo’lyozmalari tarixiy mo’jizasiga aylanib qoldi.


Din jamiyatda mafkuraning ustunlaridan biri bo’lgan sababli sohibqiron dinga keng e’tibor berdi. U nafaqat askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik tarbiyalashga harakat qilgan, Uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan so’zlari uning davlat boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat beradi.

Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin Shomiy o’zish «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: «...uniig adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylardagina emas, balki Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin, bolalaru, beva xotin ham ipakli matrlar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsaning bir doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir».


Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, Temurning hayoti jangnoma, u ko’plab mamlakatlarni o’z tasarrufiga oldi. Lekin bu yerdaga asosiy masala - Temur shaxsining ustunligini va iroda qilish qudratining sirlariii, mohir sarkarda va tinlik posboni, fuqaro farovonligi rahnamosi sifatidagi ekanligi, uning yuksak me’moriy inshootlar qurishdagi o’rnini izohlash, uning yechimini topishdir.
«Temur tuzuklari» - adolatli hamda kuchli davlat barpo etishdagi muhim qonun - qoidalar sifatida. Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo’lib, ular orasida «Temur tuzuklari» buyuk jahongir va faoliyatiga bag’shilangan asarlar ichida shubhasiz ahamiyat kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.
«Temur tuzuklari» ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy huquqiy asar bo’lib, unda sohibqironning davlat tuzilish mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilinadi. Bu asardan ko’plab sharq hukmdorlari o’zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo’qon xoni Muxammad Alixon (1821-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) «Tuzukot» dan parchalar ko’chirtirib, ulardan o’z faoliyatlarida foydalanganlar.
«Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo’shni yurt va mamlakatlarni, masalan Eron va Afg’onistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda xoni To’xtamishxon ustixon, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi kismi Sohibqironning nomidai aytilgan va uning taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu nasihatlardan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalariiing burchi va vazifalari, vazir qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boy mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.
Amir Temur o’z oldiga ulug’ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatni zamon talabi asosida bora takomillashtirib, Mug’ul istilosi asoratlarini tezda bartaraf etib, xo’jalikni oyoqqa turg’izish, savdo-sotiq hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm-fan, madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi.Uniig bunday sa’yi harakatlari katta kuch-g’ayrat, mablag’, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi.Temur yetuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo’lib, u o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyangan.
Amir Temur davri ma’naviyati va hozirgi zamon. Ma’naviy ildizlarimizdan biri bu Temur ma’naviyatidir. Bu qudratli manba insoniyat tarixida tengi yo’q markazlashgan davlatchlikka, qonunchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida o’rganilib, hozirgi kunda ham muxim ahamiyat kasb etmoqda. Biz faqat hozirgi kunga kelgandagina bu ma’naviyatni naqadar zarur ekanligani va buyuk kelajak sari qadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli ekanligini anglamoqdamiz.
Amir Temur insonni qadrlay oladigan va uni farqlay oladigan ulkan arbob edi. Musulmonchilikda, «eng yaxshi kishining ikki qo’li ham to’g’ri bo’ladi, u bir qo’li bilangana emas, ikki qo’li bilan ham yaxshilik qiladi», degan hikmatli ibora bor. Amir Temur do’stiga ham, dushmaniga ham ana shunday ikki qo’li bilan yaxshilik qildi. Qolganlarni ham shunga undadi. «Tuzukot» da ham, tarixiy asarlarning mualliflari ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy asalarida xam, de Klavixo kundaligida ham buni yaqqol ko’rish mumkin.
Temur o’z faoliyati davomida Olloh buyurgan oliy insoniy fazilatlarga astoydil amal qildi. Temur o’z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: «... Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va yillik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo’lsin». Adolatni qadrlagan hukmdor albatta xalq orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lishi tabiiy hol edi.

Xulosa
Temurning «Kuch-adolatda» degan so’zi haqiqatda shiorga aylanib, xamma davrlar uchun jaranglab turuvchi ibora tusini olganligi shohidi bo’lishimiz mumkin. Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o’rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarni ko’rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususda kengashga xabar qilar. Aybdorlar kim bo’lishidai qat’i nazar qattaq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qatьiy tartib-qoida o’rnatilgan Rus sharqshunosi D.N.Logofet bu xususda shunday deb yozadi: biz hozir zo’r berib intilayotgan daromad solig’i degan uning (Temurning) hokimiyatida o’shandayoq mavjud edi».


Temur ma’naviyati ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. Hozirgi mustaqillikka erishgan davrimizda, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, milliy mafkura goyalarini fuqarolarimiz ongiga singdirishda bu manbaning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Prezidentimizning Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari va keyingi vaqtdagi qator chiqishlarida bu manbaning ahamiyati takror va takror qayd etilmoqda. Temur ma’naviyatining bizga o’rgatuvchi, saboq bo’lguvchi joylari juda ko’pdir. Zero, bu ma’naviyat bobokalonlarimizning bebaho ma’naviy boyligining bo’lagi bo’lib, yurtimiz ravnaqi va porloq kelajagi hamisha xizmat qilajakdir.
Hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov. Amir Temur davri ma’naviyati, sohibqiron shaxsiyati va u qoldirgan ulkan meros nima uchun zarurligi masalalariga to’xtalib, buni quyidagicha sharhlab berdilar: «Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betakror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. O’zbekistonning bugunga ozodligini mustaxkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir.U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avloddar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.


Download 19.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling