Mavzu : Atmosfera havosining ifloslanishiga sabab boʻluvchi omillar va atmosfera ifloslanishining oqibati


Atmosfera havosining ifloslanishida sanoatning roli


Download 191 Kb.
bet4/8
Sana14.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1197383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosfera havosining ifloslanishiga sabab boʻluvchi omillar va atmosfera

1.3. Atmosfera havosining ifloslanishida sanoatning roli .


Sanoat korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya , sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi atmosferani ifloslashda juda katta. Sanoat korxonalari atmosferaga chiqindilar bilan birgalikda turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni ,tutun, oltingugurt angidridi, uglerod birikmasi, ftor, azot, xlor va boshqa zararli moddalarni chiqaradi.
Issiqlik elektr markazlari ham atmosferani ifloslaydigan katta miqdordagi zararli moddalarni ajratadi. Yoqilg’ining to‘liq yonmasligi sababli atmosferaga chala yongan yonilg’ining juda katta miqdordagi qattiq zarrachalari, kul, zararli gazlar (uglerod, oltingugurt azot birikmalari, qorakuya,tutun,chang va b.) chiqariladi
Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqariladigan tutun va changlar tarkibida oltingugurt gazi vat emir oksididan tashqari surma, qo‘rg’oshin, mishyak (margumush), simob bug’lari(qora metallurgiya), mis, rux(rangli metallurgiya) kabi zaharli og’ir metallar ham bo‘ladi. Avtomobillar chiqaradigan gazlar bilan birgalikda atmosferaga 250-380 ming. t qo‘rg’oshin chiqadi.Qo‘rg’oshin 1924 yildan buyon benzinga tetraetil qo‘rg’oshin ko‘rinishida qo‘shiladi va u antidetanator xizmatini o‘taydi. Kanadalik olimlar Grenlandiya oroli materik muzliklari namunalarida 1966 yilda qupg‘oshin REM dan 500 baravar kup ekanligini aniqladilar.
Sanoat - atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Sanoat-ishlab chiqarishning salbiy ta’siri, asosan, ikki yo`nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o'rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) ishlab chiqarish jarayonida.
Tog'-kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o'zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko'p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog`-kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln.ga. dan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta edi.
Tabiiy resurslarni o'zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko'rsatilmoqda. U elektroenergetika sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan «toza»roq hisoblansa-da, to'gon, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy muvozanatni buzilishiga aholi yashab kelgan yoki o'rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo'ladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi.
Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisublanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi (S02), azot oksidi (NO), uglerod oksidi (CO), benzopin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma`lumotlarga ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni sulfat gazi bilan 2 barobar tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko`proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar va havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling