Mavzu : bank tizimida yangi texnologiyalar qo‘llanilishi va ularning ahamiyati. Reja : Kirish I bob. Omonatlarni kafolatlash tizimi, uning zarurligi va turlari


Omonatlarni kafolatlash tizimining kelib chiqish tarixi


Download 41.76 Kb.
bet4/11
Sana16.09.2023
Hajmi41.76 Kb.
#1679327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

1.2 Omonatlarni kafolatlash tizimining kelib chiqish tarixi
Hozirgi kunda respublikamizda omonatlarni kafolatlash tizimi endigina shakllanmoqda. Lekin ko’p mamlakatlarda bank omonatlarini himoyalash tizimi mavjud va u bank tizimining ajralmas qismi xisoblanadi. Har bir davlatda bunday tizimning shakllanish va rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega.
Omonatlarni himoyalash tushunchasi 1829 yildan boshlab, AQShda paydo bo’ldi. Bu paytda Amerika Kongressi «Pul fondlarini mustahkamlash to’g’risida» Qonun qabul qildi. Bu Qonun asosida 1829 yilda Nyu-York shtatida omonatlarni sug’urtalash tizimi vujudga keldi. Bunda banklar majburiy ravishda omonatlarni sug’urtalash fondiga a’zo bo’lishgan. Bu fond 1830-yillarning oxirida AQShda sodir bo’lgan mayda iqtisodiy inqirozlar paytida bank kreditorlari bilan to’liq holda hisob-kitob qilishganiga qaramay, tegishli shtat hukumatidan moliyaviy yordam so’rashga majbur bo’ldi. 1829-1858 yilgacha Amerikaning boshqa shtatlarida ham depozitlarni sug’urtalash fondlari faoliyat ko’rsata boshladi. 1907 yilga kelib turli iqtisodiy inqirozlar sababli Amerikaning yana 8 ta shtati bu tizimni o’zlarida qo’llashga urindi. Bu tizim asosida banklar ustidan va banklarda o’tkazilayotgan yuqori riskli operatsiyalarni nazorat qilish mumkin edi. Ammo bu loyihalarning bittasi ham uzoq vaqt davomida o’z faoliyatini olib bora olmadi. Nihoyat 1934 yilda 1929-1933 yillardagi Jahon Iqtisodiyot depressiyasi sharoitida AQShda Depozitlarni Sug’urtalash Federal Korporatsiyasi tashkil etildi. Bu davrgacha Amerika Kongressi 10 yil davomida omonatchilarning huquqini himoyalashga yo’naltirilgan 150 tadan ortiq Qonun loyihalarini ko’rib chiqdi. Agar 19301933 yillar orasida 9000dan ortiq tijorat banklari bankrotga uchragan bo’lsa, keyingi 4 yil ichida 246 ta bankning bank faoliyatini olib borish xuquqini beruvchi litsenziyalari bu Korporatsiya tomonidan olib qo’yildi. 1934-1986 yillar davomida Depozitlarni Sug’urtalash Federal Korporatsiyasi (DSFK) 620 ta bank omonatchilarining manfaatlarini himoya qila oldi, natijada mamlakatdagi jami banklarning 6 mln.dan ortiq omonatchilarining 98,9% omonatlari qaytarib berildi.
1978 yilda Germaniya Federal Respublikasida Nemis Banklarining Federal Ittifoqi tashkil etildi. Bu Ittifoqning asosiy maqsadi, inqiroz chegarasida turgan yoki inqirozga uchragan banklarga moliyaviy yordam ko’rsatishdir. Nemis banklarining Federal Ittifoqi dastlab 1966 yilda tashkil etilgan va u «favqulodda holat fondi» deb nomlangan. Bu fond faoliyati aholining nobank tashkilotlardagi omonatlarini saqlashga qaratilgan edi. Bunda omonatlarni sug’urtalash tizimi dastlab faqat jamg’arma va kooperativ muassalarda qo’llanildi va keyinchalik esa kredit uyushmalarida qo’llanila boshladi.
Yaponiya omonatlarni sug’urtalash korporatsiyasi o’z faoliyatini 1971 yildan boshlagan. 1971 yil 1 aprelda Yaponiyada «Omonatlarni sug’urtalash to’g’risida» Qonun qabul qilindi, shu paytdan boshlab, Yaponiyada omonatlarni sug’urtalash tizimi vujudga keldi. Yaponiya tarixida kuchli bank inqirozlari 1990-yillarga to’g’ri keladi.
Ispaniyada omonatlarni kafolatlash fondi bir muncha oldin tashkil topgan bo’lsa-da, 1980 yildagina bank tizimidagi muammoli banklarni qayta tiklash huquqini beruvchi maxsus litsenziyaga ega bo’ldi. Bunda Fond Ispaniya Markaziy banki tomonidan to’lovga qobiliyatsiz deb topilgan banklarning aktsiyalarini sotib olishi, unga qo’shimcha kapital qo’yish va bu bankni vaqtincha boshqarib va tiklab, so’ngra sotib yuborish vakolatlariga ega.
1980-1989 yillarda bu yo’l bilan Fond tomonidan Ispaniyadagi 25 ta tijorat banklari o’z omonatchilarini yo’qotmagan holda qayta tiklandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Rossiya Federatsiyasida moliyaviy tizimning barqarorlashuvi bir qator moliyaviy inqirozlar bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda ulardan biri, ya’ni bank tizimining inqirozi kuzatilmoqda. Bu inqirozlarni birlashtiruvchi omil shuki, barchasida asosan omonatchilar jabr ko’radilar. Shuni ta’kidlash joizki, bunday ko’rinishdagi muammolar yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, nafaqat, Rossiya Federatsiyasi va umuman MDH mamlakatlarida, balki ko’pchilik g’arb va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham mavjud bo’lgan. Bugungi kunda MDH mamlakatlarining bu sohadagi asosiy maqsadi, chet el tajribasiga tayangan holda, omonatchilarning manfaatlarini himoyalashga qaratilgan, o’z iqtisodiyotiga xos tizimni yaratishdir.
Aholining omonatlarini himoyalash tizimini yaratishni MDH mamlakatlari ichida Belorussiya, Qozog’iston, O’zbekiston Respublikalari birinchi bo’lib boshlab berdi.
1998 yil 20 aprelda Belorussiya Respublikasi Prezidenti «Belorussiya Respublikasi banklari hisob raqamlaridagi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi omonatlarini saqlash kafolatlari to’g’risida» 4-sonli Dekret qabul qildi. Bu Dekretga muvofiq, davlat «Belorusbank» aktsiyadorjamg’arma banki, «Belagroprombank», «Belpromstroybank» va boshqa bir qator banklar hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi omonatlarini butunlay saqlashni kafolatlaydi. Ushbu hujjatga asosan yuqorida belgilangan mablag’larni ularga berilgan foizlarni hisobga olgan holda mijozning birinchi talabi bilan qaytarib berilishi shart. Shu bilan birga, 2001 yil 29 mart Belorussiya Respublikasi Milliy Bank Boshqarmasi Nizomining 75-soni bilan bank tomonidan jalb qilinuvchi jismoniy shaxslarning belorus rubllari va chet el valyutalardagi mablag’larini qaytarish kafolatlari qoidalari tasdiqlandi va qabul qilindi. Ushbu Qoidalarga muvofiq, yuqorida sanab o’tilgan banklardan tashqari barcha banklar jismoniy shaxslarning omonatlarini qaytarishda bu Qoidalarga amal qilishlari kerak. Belorussiya Qonunida ko’rsatilganidek, omonatlarni kafolatlash muassasi, ya’ni Belorussiya Rezerv Korporatsiyasi Belorussiya Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va Milliy banki tomonidan tashkil etiladi va davlat muassasasi bo’lib hisoblanadi.
MDH mamlakatlari ichida o’zining omonatlar tizimini tashkil etgan davlatlaridan yana biri Qozog’iston Respublikasi hisoblanadi. 1999 yili 15 noyabrda Qozog’iston Respublikasida «Qozog’iston Omonatlarni kafolatlash (sug’urtalash) fondi» yopiq aktsiyadorlik jamiyat asosida tashkil etildi. Bu Fond tashkil etilgan davrdan 2005 yilgacha aholining banklardagi omonatlari 4.3 barobar oshdi. Bankdagi omonatlar miqdori 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi (Strax. Vkladov kazakskaya zashchita. Vedomost. 03.12.02).
1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston bank tizimini rivojlantirish dasturining amalga oshirish me’yorlari to’g’risida» gi qarorida banklarning bankrotga uchraganida bank omonatlarini himoyalash tizimini yaratish nazarda tutilgan edi. «Banklar bankrotga uchraganda bank omonatlarini majburiy ravishda sug’urtalash to’g’risida» gi Qonunning 1 – loyihasi 1997 yilda ishlab chiqildi. Asosiy muzokaralar bunday tizim o’sha davr uchun mos yoki mos emasligi atrofida aylangan edi. Bu mexanizmni yaratish fikriga qarshi tomon o’z fikrlarining isboti tariqasida quyidagi sabablari ko’rsatgan:

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida «Markaziy bank to’g’risida» gi, «Bank va bank faoliyati to’g’risida»gi va «Iste’molchilar xuquqlarini himoyalash» Qonunida aholining bank omonatlarini himoyalashga qaratilgan bir necha moddalar mavjudligi;

  • Markaziy bankda tijorat banklarining majburiy zaxiralar miqdori barcha omonatlar summasini qoplash uchun etarliligi va boshqalar.

Bundan tashqari Jahon banki ham omonatlarni kafolatlash tizimining O’zbekistonda yaratilishi bu davr uchun shart emasligi quyidagi sabablar bilan izohlagan:

  • omonatlarni kafolatlash tizimini yaratish aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchni qaytarish uchun etarli emas edi;

  • omonatlarni kafolatlash tizimi banklarning kredit berishdagi intizomini buzadi va davlat byudjetiga bo’lgan to’lovlarni kechiktirishi mumkin.

Shunga qaramay, 1998 yilda ixtiyoriy ravishda mas’uliyati cheklangan jamiyat bo’lmish «Omonat-himoya» fondi tashkil etildi. Uning ustav kapitali 205 mln. so’mni tashkil etdi va keyinchalik esa 500 mln. so’mgacha etdi. Lekin fond faoliyatining tajribasidan fondga ixtieriy ravishda a’zo bo’lgan 5-7ta banklarning ishtirok etishi bu tizimni yanada takomillashtirish kerakligini va u butun bank sektorini qamrab olishi kerakligini ko’rsatdi.
Shu tariqa 2002 yil Oliy Majlisning aprel oyidagi 2-chaqiriq VIIIsessiyasida «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Shunday qilib, turli davlatlarda bo’lganligi kabi O’zbekiston Respublikasida ham aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimiga asos solindi. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi tashkil etildi. Bu tadbir aholini xuquq va manfaatlarini himoyalash borasida dastlabki qadamlardan biridir.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat ko’rsatib turgan bank ham nqirozga uchrashi mumkin. Agar aholining omonatlari uchun etarli kafolat bo’lmasa, inqiroz sharoitida bu omonatchilar salbiy oqibatlarga uchrashi tabiiy. Ishlab chiqarish sust rivojlangan sharoitda
aholini o’z mablag’larini banklarga ishonmasligi iqtisodiyotda pul aylanish tezligini g’oyatda sustlashtiradi. Bunday paytda aholini banklarga nisbatan ishonchini o’stirishda Fond faoliyati ijobiy natija beradi.

Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling