Mavzu : Bronza davri arxeologiyasi O'zbekiston misolida (arxeologiyadan) Bajardi


Download 133.32 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi133.32 Kb.
#1084494
  1   2   3
Bog'liq
Bronza davri arxeologiyasi O\'zbekiston misolida (arxeologiyadan)



OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Denov tadbitkorlik va pedogogika instituti
Tarix fakulteti.
6-t-s-20 guruh talabasining
Fan nomi : Arxeologiya.
Mavzu : Bronza davri arxeologiyasi O'zbekiston misolida (arxeologiyadan)
Bajardi : Mahliyo Abduvohidova

Mavzu :


Bronza davri arxeologiyasi O'zbekiston misolida (arxeologiyadan)
Reja :

  1. Markaziy Osiyoda eneolit va bronza davrlari.

  2. Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlari

  3. 1904 yili Amerikalik R. Pompelli tashabbusi bilan janubiy Turkmanistonga ekspeditsiyasi

Shunday qilib ushbu qo’llanmaning yuqoridagi boblarida ajdodlarimizni tarixida eng uzoq davom etgan davr tosh asri ekanligini ko’rib chiqdik. Ana shu tosh asrini so’nggi bosqichi bo’lgan neolit davriga kelib, ajdodlarimizni ov va mehnat qurollarini yasashlarida xomashyolarni sifatiga xam juda katta e`tibor berganliklarini guvoxi bo’ldik. Chunki faqat sifatli xomashyodangina sifatli mehnat qurolini yasash mumkin edi. Aynan neolitda xomashyolar ichida eng sifatlisi chaqmoqtoshlar ekani aniqlandi. Xuddi shu sifatli xomashyo bo’lgan chaqmoqtoshlar tufayli uzunligi 35 sm etgan ajoyib pichoqsimon plastinkalar prizma shaklidagi nukleuslardan uchirib olindi va mehnat qurollarini yasash texnikasi o’zini yuqori cho’kqisiga ko’tarildi.

Ammo neolitdan so’ng eneolit davriga kelib garchi toshga ishlov berishni ba`zi yangi usullari paydo bo’lishiga qaramay toshlardan yasalgan mehnat qurollarini roli yo’qola boshladi. Sababi eneolitdan boshlab bobokalonlarimiz mehnat qurollarini yasashda tosh o’rniga xomashyo sifatida metaldan foydalanishga o’ta boshlagan edilar. Ilk metallurgiya tarixi bilan shuғullangan olimlarimizni xulosalariga ko’ra mis metallurgiyasi bronza metallurgiyasi ni boshlanish qismi bo’lgan. Shuning uchun misdan yasalgan mehnat qurollar davrini bronza asrini tongi, aniqroғi boshlanish davri desa bo’ladi. Metaldan foydalanishga o’tishni birinchi davrini arxeologiya fanida eneolit deyiladi (epiz yunonchasiga mis; Shoz lotinchasiga tosh demakdir). Demak, eneolit davri deganda mis va tosh davri tushuniladi. Bunday deyishimizga sabab ajdodlarimiz xo’jaligida garchi misdan foydalanishga o’tilgan bo’lsada, tosh qurollardan xam foydalanish misdan yasalgan mehnat qurollari bilan parallel ravishda davom etgan. Bunday xolatni nafaqat eneolit, balki bronza asrini taraqqiy etgan davrida xam, chaqmoqtoshlardan juda ko’plab mehnat qurollarini yasashda davom etganlar: pichoqlar, kamon o’'qlari, qirvichlar, o’roqlar, boltalar va boshqalar toshlardan yasalgan. Metallurgiyani paydo bo’lishi va tarqalishi to’ғrisida olimlarimiz orasida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikr mualliflarini bayoniga ko’ra metall ishlab chiqarish dastlab bir joyda paydo bo’lib, so’ng boshqa joylarga tarqalgan. Ular bu borada xatto metalni ishlab chiqarish joyini aniq qilib, eronni janubiy ғarbida joylashgan ChatalUyuk va Chiyon tepa manzilgohlarini ko’rsatadilar. Bu manzilgohlarda dunyoda birinchi bo’lib mislardan marjon (busi) lar, sanchib teshuvchi uchli qurol (prokolki) lar, bigiz (shil’ya) lar topilib, ularni yoshi eradan avvalgi VIII VI ming yilliklar bilan belgilangan. Aynan shu erdan boshqa qo’shni joylarga metallurgiya va undan foydalanish tarqalgan deydilar. Boshqa gurux olimlar esa aksincha metall bo’lgan joylarda ularni topish va ulardan mehnat qurollari turli bezaklar yasash, mustaqil ravishda vujudga kelgan bo’lishi va ular bir birlariga yaqin bo’lgan joylarda o’zaro aloqa bo’lib, tajriba almashgan bo’lishlari xam mumkin degan taxminiy fikrlarni beradilar. Bunday fikrga keluvchilar er sharini turli joylaridan topilgan mis buyumlarini daғalligini, yasash usullarini qoloqligini ta`kidlab, agar bu turdagi bezaklar eron manzilgohlaridan tarqalgani taqdirda Chatal Uyuk yoki Chayon tepadagilar singari yuksak darajadagi texnika asosida yasalgan bo’lishi kerak edi deb asosli ravishda birinchi fikr mualliflarini tanqid qiladilar.

Shuni aytish joizki metaldan foydalanish xamma joyda bir vaqtda bo’lmagan. Evropada BolqonKarpat xududlari bilan boғliq xolda birinchi bora misdan yasalgan buyumlar eradan avvalgi V ming yillik bilan IV ming yillikni oralivida paydo bo’ladi. Markaziy Osiyoda dastlab metall eradan avvalgi IV ming yillikni boshlarida janubiy Turkmanistondagi Nomozgoh 1 madaniyatidan ma`lum. Markaziy Osiyo shimoliy rayonlarida esa bu vaqtda neolit davriga mansub bo’lgan Kaltaminor madaniyati gullab yashnamoqda zdi. Kaltaminor madaniyatining davomchilari metal bilan faqat eradan avvalgi III ming yillikni oxirlariga kelib tanishadilar.

Metallurgiya tarixi bilan shuғullanuvchi olimlar faqat rangli metallurgiyani 4 ta bosqichga bo’lib o’rganadilar: 1bosqichda odamlar sof xolda topilgan mis bo’laklarini toshlarni bir turi deb qarab, toshlarga qanday ishlov berish usulini qo’llagan bo’lsalar, mis bo’laklariga xam xuddi shunday ishlov usulini berib foydalanganlar. Sof mis bo’laklarini topish va ulardan avvaliga otboyniklar yordamida ishlov. berib foydalanishi, so’ngroq ulardan eritilgan xolatda foydalanishlar to’ғrisida faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ammo bu taxminlar haqiqatga ancha yaqin deb o’ylaymiz. Sof mislar qizil rangli bo’lib, ular ibtidoiy odamlarni ixtiyorlarini o’ziga jalb qilgan bo’lishlari mum-

kiin. Yashil ranglardagi malaxitlar haqida xam shunday fikrni ayta olamiz. Shuning uchun xam birinchi bezaklar aynan shulardan yasalgan. Ajdodlarimizni gulxan atrofla-rida isinganlari xatto isinish jarayonida mehnat qurolla-rini yoki turli bezaklarni yasaganlari xam tabiiy bir xo-latdir. Shunday ekan ongli ravishda bo’lmasa xam tasodifan gulxan atrofiga keltirilgan mis parchasi gulxanga tushib qolib, erishi natijasida o’z qiyofasini o’zgartirishi xam tabiiy xolatlardan biridir. Bundan xulosa shuki inson agar mis parchasi olovga tushsa o’z shaklini o’zgartirish mum-kinligini bilib olganlar. Bunday tasodif inson hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Metallurgiya tarixini o’rganuvchi tarixchilar shu o’rinda A. Pasterni «Tasodif tayyorlangan aqlga yordam beradi» degan firni keltiradi-lar. Haqiqatan xam qariyb 1 mln yil davomida tosh asrini boshidan kechirgan ajdodlarimiz eneolit davriga kelib ancha hayotiy tajribalarga ega bo’lib, xam aqliy, xam jismoniy tomondan ancha kamolotga etgan edilar. Shuning uchun xam metalldan foydalanishni ikkinchi bosqichida ajdodlarimiz misni eritib, undan oddiy bo’lsada loydan yasalgan qolip-larda quyma qurollarni yasay boshladilar. Uchinchi bosqichda rudalarni eritib. ulardan sof mislarni ajratib olina boshlandi va bu bilan haqiqiy metallurgiya ishlari boshla-nadi. Metallarni eritishni bilib olish xronologik jixat-dan eramizgacha bo’lgan V ming yillikka to’ғri keladi. To’rtinchi bosqichni bronza asri desak xam bo’ladi. Chunki bu bosqichda mis bilan qalay eritilib, ularni aralashmasidan bronza (jez) xosil qilinadi. Mis konlarini qadimgi kon-chilarimiz er ustiga zang xolatida ko’k rangda er satxida ko’rinishlariga qarab topganlar Oddiy mehnat qurollari yordamida mis rudalarini qazib olish ancha murakkab bo’lgan. Ammo misga bo’lgan ehtiyoj ularni mis konlarida ishlashga majbur etgan. Birinchi marotaba bronza eradan avvalgi III ming yillikda Old Osiyo va Xindistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyoda esa eradan avvalgi II ming yillikni bosh-larida vujudga kelgan. Sharqiy Evropa va Kavkaz ortida xamda janubiy Sibirda xam bronza asri eramizagacha bo’lgan II ming yillikda paydo bo’ladi. Arxeolog olimlarimzni xu-losalariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davriga kelib, bir necha ming yillar davomida qo’llanib kelayotgan ovchilik va termachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’z mavqeini yo’qotadi. Ajdodlarimizni asosiy yashash manbai chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoladi. Bunday xolatni biz neolit davrida faqat Joyitun madaniyati yodgorliklaridagina ku-zatgan edik.



Download 133.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling