Mavzu : Bronza davri arxeologiyasi O'zbekiston misolida (arxeologiyadan) Bajardi


Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlari


Download 133.32 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2023
Hajmi133.32 Kb.
#1084494
1   2   3
Bog'liq
Bronza davri arxeologiyasi O\'zbekiston misolida (arxeologiyadan)

Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlari
Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davri ibti-doiy jamoa xo’jaligi ikki zona bo’ylab rivojlanishda davom etgan. Uning janubiy- sharqiy va markaziy rayonlari-da, jumladan janubiy Surxon va Zarafshon voxalarida era-dan avvlgi II ming yillikdayoq suғorma dehqonchilik ibitdo-iy bronza jamoasi iqtisodining asosini tashkil etar edi. Farғona vodiysining shimoliy-sharqiy tumanlarida, Tosh-kent voxasining daryo xavzalarida, Қarshi voxasida o’troq dehqonchilik xo’jaliklari bronza davrining so’nggi bosqich-larida mil. av. I ming yillikning boshlarida tashkil top-gan. Markaziy Osiyoning kamsuv cho’l va dasht tumanlari ko’proq chorvachilik uchun tabiiy geografik qulayliklarga ega bo’lgan. Shuning uchun xam u erlar qadimgi chorvador qa-bilalarning makoni bo’lgan. Dehqonchilik bo’lsa, bu xudud-larda faqat daryo etaklarida maxsus suғorishni talab et-maydigan pastqam, zaxkash, botqoq, ko’rfaz (liman) larda olib borilgan. Bronza davrini oxirlariga kelib Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo etaklarida xam kichik- kichik dehqonchilik vohalari tashkil topa boshlaydi. Chorvador qabilalarni esa o’troqlashuvi kuchayadi va ularda xam keyinroq suғorma dehqonchilik apydo bo’ladi.

Shuni aloxida ta`kidlash joizki, yaqin vaqtlargacha misni tabiat yumshoq qilib yaratgani uchun u tosh bilan bel-lasha olmagan, aniqroғi toshdan yasalgan mehnat qurollarini ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqara olmagan. Bu vazi-fani keyinchalik temir rudasida yasalgan mehnat qurollari bajargan degan nuqtai nazarlar mavjud edi. Ammo so’nggi yillarda arxeolog olimlarimizni olib borgan izlanishla-rining yakuni shuni ko’rsatdiki, mis o’zini yumshoqligi, si-fat jixatidan toshdan pastligi tufayli emas, balki o’zini noyobligi, ya`ni kamyobligi tufayli tosh qurollaridan o’z us-tunligini ko’rsata olmagan. chunki misdan yaadgan mehnat Қurollarini samaradorligi toshdan qilingan qurollarga nisbatan yuqork bo’lgan. Tosh qurollar ishlatilishi jarayo-nida uqalanib ishdan chiqqach, uni butunlay almashtirish za-RUriyati tuғilsa, misdan qilingan mehnat qurollarini bi-roz charxlab,. ulardan uzoq muddatda foydalanish imkoni bo’lgan. eng muximi arxeologlarimizni o’tkazgan tajribala-ri bir xil vazifani bajarishda misdan yasalgan mehnat qurollarini samaradorligi toshlarnikiga nisbatan yuqori bo’lgan.



Aytilganlardan xulosa shuki, misni kamyobligi tufay-li tosh qurollarni ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqa-rish imkoni bo’lmagan. Shuning uchun xam misdan kichik xaj-mdagi bezaklar, sanchuvchi, kesuvchi pichoqlar, bigizlar kabi eng zarur deb topilgan mehnat qurollarini yasaganlar xo-los.

Garchi misdan yasalgan mehnat qurollari yuqorida ta`kidlaganimizdek tosh qurollardan ustunliklarini (ka-myob bo’lganliklari tufayli) namoyish eta olmagan bo’lsa-larda, misga qalayni aralashtirib, bronzani xosil qilgan-laridan so’ng jamoalarni moddiy hayotlarida ijtimoiy tar-tiblarni o’zgarishga olbi keldi. YUqori paleolit davridan boshlab xukmronlik qilib kelayotgan ona uruғi o’rniga ota uruғi xukmronligini yuzaga keltirdi. Buning asosiy sababi chorvachilikni yuzaga kelishi bo’lib, bu soxada erkaklarni mavqei kuchli edi. Chunki hayvonlarni boqish, ularga ozuqa tayyorlash ishlari oғir mehnat talab qilib, ayollar uchun bunday vazifalarni bajarish oғir edi. Shuning uchun chorva-ga to’la xukmronlik qilish erkaklar qo’liga o’tib, butun boyliklar xam ular qo’lida to’plana boshlandi. Natijada kechagi oddiy'cho’ponlar o’zlarini nafaqat tirikliklarida, balki vafotlaridan so’ng xam obro’ e`tiborlarini namoyish qilish uchun o’z jasadlarini oddiy qabrlar o’rniga, uzoqlar-dan xam ko’zga tashlanib turadigan o’rtepalarga ko’milishini vasiyat qila boshladilar. Ota uruғi davriga kelib ba`zi mayda xunarmandchiliklar taraqqiy etib, avvaliga o’z ja-moalarini, so’ngroq esa qo’shni jamaolarni xam o’z maxsu-lotlari bilan taminlay boshladilar. Dastlabki shakllari neolit davrida boshlangan jamoaga qarashli maxsus xunar ishlari bilan shuғullanuvchi guruxlar bronza va eneolitda mns rudalarini qazib olinadigan joylarda ancha takomil-lashgan qiyofada yuzaga keladi. Bu davrni xarakterli xusu-siyatlaridan biri jamoa xunarmandlari jamoalarni buyur-tmalari asosida almashuvga mo’ljallangan maxsulotlarini ishlab chiqqanlar. Bozor uchun maxsulot ishlab chiqish xali yo’lga qo’yilmagan edi. eneolti qabilalari xamma joyda va ancha soxada ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar darajasida edi-lar. Bu borada metallurgiya ishlab chiqarishning bir qismi edi. Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni miqdori ekspluata-tsiyani va sinfiy jamiyatni pydo bo’lishi uchun etarli dara-jada edi. Markaziy Osiyoning ba`zi qabilalarida eneolit bilan bronza chegarasida dehqonchilikdan xunarmandchilikni ajralib chiqish belgisi sifatida kulolchilik charxlari pay-d0 bo’ladi. O’rta er dengizi regionida eneolit davrida qa-tor sinfiy jamiyatlarni paydo bo’lgan vaqtiga to’ғri kela-dI. A. Asqarov va M. Jo’raqulovlarni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda eneolti va bronza asrida birinchi navbat-da suғorma dehqonchilik bazasida qat ko’targan doimiy qish-loqlarning ko’payishi ularda yashayotgan aholi sonining to-bora zichlashib borishi va yangi erlarni jadal o’zlashtirish jarayonining kuchayishi kuzatiladi. Yangi erlarni o’zlashti-rilishi bilan boғliq xolda qanchadan qancha madaniyat o’choq-lari vujudga keladi. Ibtidoiy xunarmandchilik xo’jaligi-ning turli soxalarida yangidan yangi ixtirolar qilinadi. Masalan bronza davrida metallurgiya xunarmandchiligi zar-garlik uy- joy qurilishida xom ғishtlardan foydalanish, kulolchilikda charxlardan foydalanishga o’tish uruғdoshlik jamoasining madaniy xo’jalik soxasidagi yirik kashfiyot-lardan hisolanadi. Arxeologlarimizning tinimsiz izla-nishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyoni shimoliy zonasidagi qabilalar uni janubiy rayonlarida yashagan qabilalari bilan uzluksiz ravishda aloqada bo’lib bir birlarini yutuqlaridan baxramand bo’lganlar. Mutaxas-sislarni xulosalariga ko’ra qabilalar aro munosabatlar bronza asrida asosan «tinch yo’l» bilan davom etgan. Ba`zan esa «zo’rlik yo’li» bilan xam kirib borish xam bo’lgan. Ma-salan eradan avvalgi II ming yillikni o’rtalarida Қozoғi-ston xududida yashovchi «Andronova madaniyati»ga mansub qa-bilalar Markaziy Osiyoning shimoliy xududlariga so’ngroq janubiy chegaralarigacha kirib borganlar. «Andronova» chorvadorlarining sopol idishlari, jezdan yasalgan taqin-choqlari va mehnat qurollari Murғob voxasi, Sherobod cho’li va Kopetdoғ yonbaғirlaridagi dehqonchilik zonalarida uch-raydi. Xarakterlisi shundaki Markaziy Osiyoni shimoliy zonasi bilan janubiy zonasi o’rtasida sodir bo’lgan «qirғinliklar» dan guvoxlik beruvchi xech bir alomat saq-lanmagan. Demak, bular o’rtasida kelishmovchilik .alomatla-ri xech qachon bo’lmagan. eradan avvlgi II ming yillik davo-mida, ayniqsa uning to’rtinchi choragida «cho’lli zona» chorva-Dorlarining janu tomon yurishlari jadallashuvi munosabati bilan Markaziy Osiyo aholisi etnik tarkibida turi antro-pologik tip vakillarining aralashish jarayoni jadallasha-Di. Bronza asrining so’nggi bosqichlariga kelganda dehqon-chilik xo’jaligida sun`iy suғorish sistemasida magistral kanallar paydo bo’ladi, xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiliғidan yayl_ov ch.orvach^li.giga. aniqroғi chorvaddor-larnnng yarim ko’chmachilik turmush tarziga o’tishi sodir bo’ladi, Shunday qilib neolit davridan so’nggi taraqqiyot rivojlanishini ko’rsatuvchi eneolit va bronza davrlarini o’ziga xos hususiyatlari haqida to’xtalib o’tdik. endi Mar-kaziy Osiyo xududidagi eneolit va bronza davrlarini aks ettiruchi mavjud yodgorliklar, ularni o’rganilish tarixi, tutgan o’rni, ahamiyati haqida ayrim muxim ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklar misolida bayon qilishga xarakat qila-miz.

Download 133.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling