Mavzu : ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o'rni kirish asosiy qism i-bob. O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


Ekskursiyalarni o’tkazish muammolari


Download 42.56 Kb.
bet11/12
Sana16.01.2023
Hajmi42.56 Kb.
#1095394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o\'rni

2.2. Ekskursiyalarni o’tkazish muammolari
Ekskursiya o‘qituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda ekskursiya mavzusi, maqsadi va o‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularning har biriga mustaqil ish to‘g‘risida tegishli topshiriq beriladi.
Ekskursiya jihozlari o‘quvchilarga javobgarligi tayinlangan holda taqsimlanadi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi ob’ektlarni o‘rganishdir.
Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bog‘, park, dala, o‘tloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi.
Ekskursiya joyidagi ob’ektlar 2 xil usul: Illyustratsiya va mustaqil ishlar tashkil qilish usuli bilan o‘rganiladi.
Illyustratsiya usuli – o‘qituvchining ekskursiya joyidagi ob’ektlarni frontal ravishda ko‘rsatish tushuntirib berishni nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi obektlar haqida ma’umotlarni suhbat yo‘li bilan hal qilinadi.
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan o‘rganadilar. Bu ishlar yuzasidan o‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bo‘lishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va o‘quvchilar uddalay oladigan bo‘lishi kerak.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar tomonidan yig‘ilgan materiallarga ishlov beriladi.
Оldindаn uyushtirilgаn uy ishlаri аlоhidа qiziqish kаsb etаdi. Bundа o`quvchi shu hоdisаni sinfdа o`rgаngunchа tаjribа qo`yadi yoki kuzаtishlаr оlib bоrаdi vа shu mаvzu bo`yichа dаrsgа ish nаtijаlаrini оlib kеlаdi.
Ekspеrimеntаl tаrtibdаgi ishlаrdаn tаshqаri fikr yuritish uchun, kеlgusi dаrsdа, ya`ni mаtеriаl bilаn bоg`lаnish o`rnаtish mаqsаdidа ilgаri o`tilgаn mаvzulаr bo`yichа mаsаlаlаr vа sаvоllаr bеrilishi mumkin.
Tarixiy ekskursiyalani o’tkazishdagi asosiy muommo bu ekskursiyaning zerikarli bo’lishidur. Buning oldini olish uchun gid qiziqarli faktlar bilan o’quvchilarni qiziqtirishi lozim.
Bundan tashqari ekskursiya obektlaridan biror na’muna olib bo’lmasligi tarixiy ekskursiyaning eng katta kamchiligi hisoblanadi.
Ekskursiya joyidan esdalik sovg’alar olish esa ushbu obektlarda narx qimmatligi uchun yana bir muommo keltirib chiqaradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ekskursiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ya’ni kompetentliligini ta’milashda muhum ahamiyatga egadir.
Agar o`qituvchi ayni ishlab chiqarishni yaxshi bilsa o`zi muxandis-texnik xodimlar yordamidan foydalanib ekskursiyani o`tkazishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ekskursiya – o`quv jarayonining o`ziga xos shakli bo`lganligi tufayli o`quvchilarni ma`lum vaqt davomida alohida tayyorlab borishni talab qiladi. Uning natijasi ayni shunga bog`liq bo`ladi.
Tajribali o`qituvchi qator darslar davomiyligida o`quvchilar diqqatini u yoki bu yo`l bilan bo`lajak ekskursiya bilan bog`lab boradi. Ekskursiya arafasida esa o`qituvchi sinfda maxsus kirish mashg`ulotini tashkillash maqsadida quyidagilarni bajarishi lozim bo`ladi:
a) o`quvchilarga ekskursiya maqsadini tushuntirishi;
b) ob`ekt haqida umumiy tushuncha berishi;
c) ekskursiya materialni tushunishlari uchun zarur bo`lgan bilimlarni berishi;
d) qurilma va jarayonlarni o`rganish va kuzatishni engillashtirishga yordam berishi mumkin bo`lgan chizma hamda sxemalarni namoyish qilishi;
e) ekskursiya rejasi bilan tanishtirishi;
f) o`quvchilarga yig`ilish vaqti va joyini, ekskursiya yo`nalishini e`lon qilishi, sinf o`quvchilarini guruhlarga ajratishi va har bir guruhga alohida aniq topshiriq berishi kerak bo`ladi.
O`qituvchi butun ob`ektni tomosha qilishdan tashqari yana nimalarga e`tibor qaratish lozimligini, nimani yozish va chizishni, qaysi xujjatli materiallar yig`ishni avvaldan tayinlab chiqadi.
O`qituvchi shuningdek ekskursiya materiali mavzusiga oid xabarlarni aytadi va qo`shimcha adabiyotlarni tavsiya qiladi.
Kirish mashg`ulotida o`qituvchi texnika xavfsizligini tushuntiradi.Biroq bu ishga kirishib ketib o`quvchilarni xavfsizlik qoidalarini yodlash bilan band qilib qo`ymaslik kerak.Ular asosiysini o`zlashtirib olishsin.
Butun tayyorgarlik shunday tashkillanishi kerakki, u o`quvchilarda qiziqish uyg`otsin. Diqqatni nimaga va qaerga qatarish lozimligi haqidagi aniq ko`rsatma, samarasiz kuzatuv va befarqlik oldini oladi, muhim ishlab chiqarish hodisalari o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni o`rnatilishiga va faollikni yuzaga kelishiga olib keladi.
Ekskursiya rejasini bosqichlarga bo`linishi, tushuntirish lozim bo`lgan kuzatishlar va savollar haqidagi ko`rsatmalarni ekskursiya davomida o`quvchilar
Eksponat oldida tushuntirishni muzey, vistavka xodimi yoki o`qituvchining o`zi olib borishi mumkin.
Bu shakldagi ekskursiya ma`lumot banki jihatidan nisbatan kambag`al bo`lsada, samaradorligi mavjud, o`quvchilarning bilish darajasi va dunyoqarashini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Fanlararo ekskursiya uyushtirish va uni o`tkazish
O`quv ekskursiyalari mavzuli va fanlararo bo`lishi mumkin.
.Bunday ekskursiyalar o`quvchilar vaqtini iqtisod qiladi.
Bo`lajak ekskursiyaga sinf o`quvchilarini yaxshilab tayyorlashning o`zi uni muvaffaqiyatli o`tkazish uchun etarli hisoblanmaydi. Ekskursiya maqsadiga to`la erishish va ishlab chiqarishga borish o`quvchilarda yangi bilim va yorqin tassaavur hosil qilishi uchun ekskursiyani barcha bosqichlari samarali tashkil etilishi lozim.


Download 42.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling