Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mustaqil Respublikamizda tarixiy binolarimiz, obidalarimiz, o’z yurtimizning tarixini o’rganishimiz har birimizning burchimiz hisoblanadi.
Respublikamizning ayrim viloyatlariga tashrimiz chog’ida ushbu viloyatdagi tarixiy obektlarga albatta tashrif buyuramiz. Ekskursiyamiz davomida biz tarixiy bilimlarni puxta o’zlashtirishimiz kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi: Ekuskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantirishda tutgan o’rnini yoritib berish.
Kurs ishining vazifasi: Ekuskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantirishda tutgan o’rnini quyidagi vazifalar orqali aniqlab olishimiz mumkin:
O‘zbekistonning tarixiy-madaniy va arxitektura yodgorliklariga ega bo‘lgan viloyatlari.
Samarqand viloyatining tarixiy-arxitektura yodgorliklari ekskursiya ob’ektlari sifatida
Tarixiy ekskursiyalar va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Ekskursiyalarni o’tkazish muommolari
Kurs ishining obekti: O‘zbekistonning tarixiy-madaniy va arxitektura yodgorliklariga ega bo‘lgan viloyatlari.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekistonning tarixiy-madaniy va arxitektura yodgorliklariga ega bo‘lgan viloyatlari haqida tarixiy ma’lumotlar.
Kurs ishining hajmi: kirish, asosiy qism, ikki bob, to’rt paragref, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-BOB. O‘ZBEKISTONDAGI TARIXIY SHAHARLARNING AHAMIYATI
O‘zbekistonning tarixiy-madaniy va arxitektura yodgorliklariga ega bo‘lgan viloyatlari.
0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida ta’kidlanganidek, “...3Biz 0 ‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyati haqida gapirganda, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududida shakllangan va rivojlangan eng qadimiy sivilizatsiya va madaniyatlar, qoyatoshlardagi yozuvlar va iyerogliflami, noyob tarixiy obidalar, moddiy madaniyat va me’morlikning ulug‘vor hamda betakror namunalarini nazarda tutamiz. Ayni paytda ulami Yaponiya, Fransiya, Germaniya va boshqa davlatlaming ko‘plab olim va mutaxassislari o‘rganmoqda. Shu bilan birga, o‘zining jozibasi va tarovati bilan dunyodagi eng yaxshi dam olish va sayohat maskanlaridan qolishmaydigan go‘zal tabiatimizning boyligi va xilma-xilligini ham bu boradagi eng katta imkoniyatlarimiz qatorida ko‘ramiz. Bulaming barchasi mamlakatimizni jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirishi mumkin va zarur”. 4
Do'stlaringiz bilan baham: |