Mavzu : ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o'rni kirish asosiy qism i-bob. O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati
Download 42.56 Kb.
|
ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax viloyati
Namangan viloyati: Namangan viloyati hududi arxeologik obidalarga boyligi bilan ajralib turadi. Namangan viloyatining turistik resurslari qatoriga Xo‘ja Amin maqbarasi, Mullo Bozor Oxund maqbarasi, Qadimiy Axsikent, Mulla Qirg‘iz madrasasi, G‘oyibnazar Qozi madrasasi, Mavlono Lutfiilloh majmuasi, Mavlaviy Namangoniy maqbarasi, Devona Buva maqbarasi, Turaqo‘rg‘on tumanida Axsikent va Axsi, Pop tumanida Munchoqtepa, Chust tumanida Buonamozor, Kosonsoy tumanida Mugtepa, Uchqo‘rg‘on va Norm tumaniarida Kayvonot va Eyloton, Chotqol tumanida qadimiy irrigatsiya qurilmalari - korizlar muhim arxeologik yodgorliklar sifatida katta ilmiy qimmatga ega boMib, uzoq o‘tmishdan xabar berib turadi. 6
Namangan viloyatining tarixiy yodgorliklarini ilmiy asosda o‘rganish Turkistonni Rossiya bosib oigandan so‘ng, XIX asr 80- yillarining o‘rtalaridan boshlangan. Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida madaniy merosni asrash va buyuk ajdodlarimizning nomiarini abadiylashtirish borasida qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Nodim Namongoniy maqbarasi, Boborahim Mashrab bogM, uy-muzeyi va haykali, Ibrat uy-muzeyi, Mavlono Lutfulloh majmuasi, Maxdumi A ’zam Kosoniy majmualarining bunyod etilib, xalqimizga topshirilishi ajdodlar ruhiga hurmat va o‘zligimizni anglash nishonasidir. Yosh avlodni ajdodlar an'anasi ruhida tarbiyalashda tarixiymadaniy obidalarning o‘mi va ahamiyati katta. Shunday ekan madaniy merosimizni saqlash, ularni ilmiy jihatdan yanada ko‘proq o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chust shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xo‘jaligi qurollari ishlab chiqariladi, do‘ppido‘zlik, kashtachilik bilan shug‘ullaniladi, beqasam va atlas gazlamalar tayyorlanadi. Jizzax viloyati: Jizzax viloyati tabiatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tog‘lar va tog‘ yonbag‘irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-mineraliar bo’lgan bir qator shifobaxsh suv manbalarining mavjudligidir. G‘allaorol, Forish, MirzachoM tumanlarida ana 104 shunday baineoiogik suvlar bilan davolovchi “Marjonsuv”, “Birlashgan”, “Gagarin” nomli sanatoriylar va bir necha profilaktoriylar ishlab turibdi. Jizzax viloyatining turistik resurslari. Shuningdek, Zomin, Jizzax, Baxmal tumaniarida ham ma’danga boy suv manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma’danli suvlar kimyoviy va baineoiogik tarkibiga ko‘ra eng mashhur mineral manbalaridan qolishmaydi. Jizzax vohasini buyuk qadamjolar va madaniy meros maskani sifatida ham tilga olsak adashmagan boMamiz. Ma’lumotlarga qaraganda, Jizzax viioyati hududida jami 372 ta madaniy meros obyektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar ‘Davlat muhofazasi ro‘yxatlari”ga kiritilgan. Har bir yurtning o‘z tabarruk maskanlari, bosh uzra tutgan muqaddas ziyoratgohlari bo‘lgani kabi Jizzax vohasining ham mo‘’tabar ziyoratgohlari bor. Jizzax madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o‘ringa daxldor viloyatlarimizdan hisoblanadi. «Sayhonsoy qoyatoshlari»dagi suratlarni (4,5 ming yil avval) ming yillardan beri aziz tutib kelingan «Temir darboza», «Sa’d ibn Abu Vaqqos», «Parpi ota», «Xo‘jamushkent ota», «Novqa ota», « 0’smat ota», «Said Mir Xalililloh ota», 105 «Xo‘jabog‘bon ota», Sayfin ota, Savrik ota, Qulfisar ota kabi ko‘plab mo£’tabar ziyoratgoh manzillari va qadamjolari mavjud. Shuningdek, Zomin hamda Baxmal tog‘ va tog‘oldi dam olish joylari, Zomin davlat qo‘riqxonasi va milliy bog‘i ham viloyatning muhim turistik maskanlaridandir. Viloyatda 20 dan ortiq g‘orlar bor. Garchi ular mutaxassislar tomonidan o‘rganilmagan bo‘lsa-da, birgina Pishog‘or g‘orini kuzatgan havaskorlaming xotirlashlaricha, g‘or ichida sahni keng va uzun maydon (zal), kuli qizgMsh o‘choq, tosh devorlarga ishlangan rasmlar va petroglif yozuvlar bisyor. Bundan tashqari, uzundanuzun cho‘zilgan g‘or sun’iy to‘silib, navbatdagi zal uchun qo‘shimcha zinalar qilingani, bu joyda qadim - qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi. Download 42.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling