Mavzu : ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o'rni kirish asosiy qism i-bob. O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati
Download 42.56 Kb.
|
ekskursiyalarni tarixiy bilimlarni rivojlantrishda tutgan o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon viloyati
Fargona viloyati: Farg‘ona butun dunyoga Shoximardon, Qiziltepa kabi kurortlari bilan mashhur bo'lgan. Tabiatshunoslik muzeyida shahaming butun tarixi bilan tanishish mumkin. Qo‘qon ilgari Qo‘qon xonligining poytaxti bo’lgan, 0‘zbekistonning eng mashhur shaharlaridan biri. XX asr boshlarida Qo‘qon Toshkentdan so‘ng ikkinchi yirik shahar hisoblangan, aholisining soni barcha hududiy markazlardan ortiq boTgan. Qo‘qonning oxirgi xoni Xudoyorxonning saroyi shahaming eng muhim arxitektura yodgorliklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xon saroyi hashamatli va bezaklari bilan o‘chmas taassurot qoldiradi.
Shuningdek, shoira Nodirabegim nomi bilan bogMiq ikki minorali Modarixon maqbarasi ham qiziqarlidir. Qatl etilgan shoira xotirasiga bag’ishlab maqbara yonida oq marmar va bronzadan ishlangan haykal o‘matilgan. Marg'ilon shahrining 2000 yilligi hukumat qarori asosida 2007-yilda keng nishonlandi. Marg‘ilonga Buyuk Ipak yo‘lining kashf etilishi bilan ozodlikni tan oiuvchi mag'rur so‘g'dlar tomonidan asos solingan. X asrda Marg‘ilon butun dunyoga o‘zining ipak matolari bilan mashhur bo‘lgan. XV asr oxirlari XVI asr boshlarida Marg‘ilon vodiyning eng muhim shaharlaridan biriga aylangan. Marg‘ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan masjid minora - maqbara va kaptarxonadan iborat bo'lgan Kaptarlik kompozitsiyasi (XVIII asr) hamda Shouda masjidini keltirish mumkin. Farg‘ona viloyatidagi mavjud me’moriy obidalar ichida muqaddas ziyoratgohlar bilan bog‘liq yodgorliklar, masalan, Xojanazar Huvaydo Burhoniddin Marg‘iloniy, Uvaysiy maqbaralari, Ulug‘ tnozor, Pur Siddiq majmuasi, Dahmayi shohon, Modarixon, Bibi Ubayda, Poshsho pirim, Bistom buva, Xo‘ja Mu’oz, Mo‘yi muborak, Puri Siddiq ziyoratgohi, Shohimardondagi Hazrat Ali mozori, Toshkelin (Rishton tumani), Qiz mozor (Marg‘iIon shahri), Childuxtaron (Oltiariq tumani) “Shoh Tolib”, “To‘nga ota” (Oltiariq tumani), “Xo‘ja Ilg‘or” (Rishton tumani), “Yalang‘och ota”, “Sadkak ota” (Farg‘ona turnani) alohida o‘rin tutadi.5 Andijon viloyati: Andijon ko‘p asriik boy tarixga ega. Viloyat hududida eramizdan oldingi XII-V1I asrlarga oid bo’lgan ko‘hna shaharlar va arxeologik komplekslar mavjud. Shundaylar sirasiga Dalvarzin, Eylaton, Mingtepa, Ashqaltepa, Sarvontepa va boshqalarni kiritish mumkin. Sayyohlarni, shuningdek, Mirpo‘stin ota, Fozilmon ota, Imom ota, «Tuzluq momo», «Uch buloq», “Mingtepa” arxeologik yodgorligi, “Yilqichi Buva» ziyoratgohi, “Fozilmon ota” ziyoratgohi, Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor, Qutayba ibn Muslim maqbarasi, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogM, “Bibi seshanba” ziyoratgohi, Otaqo‘zi madrasasi va shunga o‘xshash boshqa diqqatga sazovor yodgorliklar o‘ziga jalb etmoqda. Ayni paytda Andijon viloyatida sal kam 380 ga yaqin madaniy yodgorliklar ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, shifobaxsh manbalar ham mavjud va bu ekoturizmni rivojlantirish uchun yoM ochishi ham ehtimoldan xoli emas. Milliy hunarmandchilik ustalari mahsulotlari va an'analari, boy folklor ham xorijiy sayyohlarni o‘ziga tortadi. Ko‘hna Andijonning karvon yoMida joylashganligi bu yerda savdo-sotiq va hunarmandchilikning jadal rivojlanishiga xizmat qildi. Ipak yoMi orqali bu yerga Sharq va G‘arb sivilizatsiyasining kirib kelishi, shu hududda yashovchi mahalliy aholining ongishuurini ham o‘zgartirib yubordi. Andijonda qadimda va o‘rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida XIX asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va madrasa bor. Jome masjidi Farg'ona vodiysida eng mahobatli binodir. Shahrixonda o‘tgan asrda barpo qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri XIX asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini farg‘onalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872-yilda qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon shahrida XX asr boshida qurilgan ikki qavatli Ahmadbek hoji uyi ham milliy me’morlik namunalaridan biri. Paxtaobod shahrida XX asr boshida qurilgan Otaqo‘zi madrasasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. Shuningdek, sayyohlaming muzeylarga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, adabiyot va san’at muzeyi, “Hunarmandchiiik” nomli hunarmandlar mahallasi, Zahiriddin Muhammad Boburning uy-muzeyi ta’mirlangan holda eksponatlarga boyitilmoqda. Download 42.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling