Kafedra: Tarix Ilmiy rahbar: t f. n. Erqo’ziyev A. O‘quv yili
Download 58 Kb.
|
annotatsiya - Valijon
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAGISTRLIK DISSERTASIYASI ANNOTATSIYASI Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Fakul’tet: Ijtimoiy-iqtisodiy Magistratura talabasi: Turg’unboyev V. Kafedra: Tarix Ilmiy rahbar: t.f.n. Erqo’ziyev A. O‘quv yili: 2018-2019 Mutaxassisligi: 5A120301-O‘zbekiston tarixi MAGISTRLIK DISSERTASIYASI ANNOTATSIYASI Mavzuning dolzarbligi. Namangan qadimdan ko’pdan-ko’p iste`dod egalarini yetishtirib bergan madaniyat va ma`rifat markazlaridan biridir. Bu makonda yashab ijod etgan har bir taraqqiyparvar yurtimiz ilm-fani, madaniyati rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shgan. Shuning uchun ham, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek: “Bu ko’hna yurtda tug’ilib ijod qilgan Maxdumi A`zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Fazliy, Nodim Namongoniy, Is`hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So’fizoda singari shoir va ma`rifatparvarlarning nomlarini xalqimiz hurmat bilan tilga oladi”. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr birinchi yarmida Namangan hududida yuqorida nomlari zikr etilgan ma`rifatparvarlar tomonidan ilm-fan, san`at, madaniyat va maorif sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Xususan, Is’hoqxon Ibrat birinchilardan bo’lib, Namangan hududida “yangi usul” maktabiga asos soldi, Orenburgdan litografiya anjomlarini katta mashaqqat bilan To’raqo’rg’onga keltirib, 1908 yilda “Matbaai Is`hoqiya” nomi bilan bosmaxona ishga tushiradi. Yana bir taraqqiyparvar ulamo Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev Turkistondagi demokratik jarayonlarda faol qatnashdi. U 1917 yil 10-aprelda bo’lib o’tgan Turkiston O’lkasi Ijroiya Komitetlari delegatlarining s’yezdida ishtirok etib, aholining barcha tabaqalarini, barcha millatlarni qo’lga kiritilgan ozodlikni asrab qolishga, hurriyat bergan imkoniyatlardan unumli foydalanishga da’vat etadi. Turkiston Muxtoriyatining asosiy tashkilotchilaridan biri aynan Nosirxonto’ra edi. Namangandagi barcha jadid namoyandalari millatni taraqqiyot sari boshlash, ularni ma`rifatga erishtirish uchun turli yo’nalishlarda faol harakat qildilar. Xalqni zulmatdan qutqarishning turli yo’llarini izladilar. Bu borada ular maktab-maorif, teatr, adabiyot, matbuotdan keng foydalanishga, siyosiy tashkilotlar tuzib, o’lkaning siyosiy hayotida faol ishtirok etishga urindilar. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Namanganlik ma`rifatparvarlar faoliyati va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling