Kafedra: Tarix Ilmiy rahbar: t f. n. Erqo’ziyev A. O‘quv yili


Ishning maqsad va vazifalari


Download 58 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi58 Kb.
#225269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
annotatsiya - Valijon

Ishning maqsad va vazifalari. Namanganlik ma`rifatparvarlar mavzusi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

– XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi, shu jumladan, Namangan hududida hukm surgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahvolni o‘rganish;

– Namangan viloyatida yashab ijod etgan va o’lka madaniy hayoti taraqqiyotida munosib o’rin egallagan ziyolilar faoliyatini tahliliy bayon etish;

– Namanganlik ma`rifatparvarlar faoliyatining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

– Taraqqiyparvar ulamolar faoliyatiga Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida qo’yilgan ta`qiq va cheklov jarayonlarini o‘rganish;

– Namangan ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va ularning tatar ma`rifatparvarlari bilan hamkorligi xususidagi ma`lumotlarni o’rganish va qiyosiy tahlil qilish;

– Mustabid sovet tuzumining o’rnatilishi bilan bog’liq ravishda namanganlik ziyolilarning milliy davlatchilik asoslarini yaratish yo’lidagi fidokorona xizmatlarini o’rganish va bu boradagi ma`lumotlarni batafsil yoritish;

– XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr birinchi yarmida namanganlik ma`rifatparvarlar faoliyatiga siyosiy muhitning ta`sirini o’rganib yakuniy xulosalar berish.




Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling