Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 1.75 Mb.
bet18/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Xasan Ato Abuliy "Turkiy kavmlar gparshi" Toshkent "Chulpon" nashriyoti 1993 yil 38-40 betlar.

  2. I.Kuchkortoyev, B. Isabekov "Turkiy filologiyaga kirish " Toshkengp
    "Ukituvchi" nashriyoti 1984 yil 107-111 betlar

  3. Toxir Kaxxor "Xur turkiston uchun " Toshkent "Chulpon " nashriyoti 1994 yil 63-66 betlar.

  4. Nasimxon Raxmon "Turk xokonligi " Toshkensh A. Kodiriy nomidagi xalk nashriyoti 1993 yil 42-43 betlar

  5. Til va adabiyot jurnali 1998 y 2 son 53-bet.

  6. Til va adabiyot jurnali 1998 y 2 son 52-bet.

  7. A. Muxtorov, U. Sanakulov Uzbek adabiy tili tarixi" Toshkent
    "Ukituvchi" nashriyoti 1995 shl 18-26-36betlar.

  8. "Uzbek tshi va adabiyot " jurnali 1998 ysh 2 son

  9. Maxmud koshgariy "Devonu lugotit turk "

  10. A. Aliyev, K. Sodikov Toshkent "Uzbekiston" 1994 yil "Uzbekadabiy to'li tarixidan "

  11. G. Abduraxmonov, A.Rustamov "Kadimgi turkiy til" Toshkent 1982 yil

  12. "Vatan targosi"SH. Karimov, R. Shamsiddinov Toshkent 1957 y.



Mavzu: Eski o’zbek tilida ot so’z turkumining o’ziga xos hususitlari.
R E J A :
I. Kirish. Eski o’bek tili tuishunchasi.
II. Asosiy qism
I . Eski o’zbek tiliining marfologik qurilishi.
2. Eski o’zbek tilida ot so’z turkumi.
3. Eski o’zbek tilida otga xos grammaatik kategoriyalar:
a) Ko’plik kategoriyasi;
b) Egalik kategoriyasi;
v) Kelishik kategoriyasi;
d) Bo’lishsizlik kategoriyasi;
4. Otlarda tuslanish va predikativ affikslari.
5. Eski o’zbek tildaa otlarning yasalishi.
a) Ismdan ot yasovchi qo’shimchalar;
b) Fe'ldan ot yasovchi qo’shimchalar;
III. Hulosa
Eski o’zbek tilidagi ot so’z turkumining hozirgi o’zbek adabiy tilidagi ot so’z turkumidan farqi.
Eski o’zbek tili deganda tilning qadimgi vaqtidan uning milliy til darajasiga yetguncha bo’lgan uzoq davri tushuniladi. Eski o’zbek tilining boshlanishi o’rta turk davri oxiri o’zbek milliy-adabiy tili me'yori yuzaga kela boshlagan vaqt hisoblanadi. Turkshunos olimlar o’zbek tili tarixini turlicha davrlashtiradilar. O’zbek tili tarixini davrlashtirilar ekan, ikki masala yoddan ko’tarilmasligi kerak. Bo’rinchidan, o’zbek tili tarixini o’zbek xalqi shakllangan davrdagina boshlash notig’ri bo’lar edi. Chunki XIV-XV asrga kelib shakllangan o’zbek tili uzoq yillik tarixiy taraqqiyot maxsuli edi, qadimgi turkiy qabila va uruq’ tillari o’zbek tilining shakllanishida asos bo’ldilar. Ikkinchidan, qadimgi va eski turkiy tilni qadimgi yoki eski o’zbek tili deb faqat o’zbek tiliga berish ham xato bo’lar edi, chunki VII-XIII asrlardagi turkiy qabila va uruq’ tillari faqat ozbek tili emas, balki boshqa turkiy tillar uchun ham asos bo’lgandir. Ozbek adabiy tili tarixida quyidagi davrlar ajralib turadi.
1. Eng qadimgi turkiy til (XII asrgacha bo’lgan davr).
2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar).
3. Eski turkiy til (XI-XIII asrlar).
4. Eski o’zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar).
5. Yangi o’zbek adabiy tili (X1X asrdan XX asr boshlarigacha).
6. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili XXI asrga kelib umumxalq o’zbek adabiy tili vujudga keldi. Eski o’zbek adabiy tili chiq’atoy tili nomi bilan ham yuritilgan.
(Navoiy, Bobur va zamondoshlari).
Alisher Navoiy asarlarida eski o’zbek adabiy tili o’z rivojining eng yuqori nuqtasiga ko’tarildi.
Navoiy juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Uning "Chor Devon" va "Xamsa" nomli poetik asarlari, "Maqbubil qulub" "Xamsatul mutahayyo’rin", "Majolis un-nafois", "Mezonul avzon", "Muhakamatul luq’atayn" kabi o’nlab prozaik asarlari bizga ma'lum. Bu asarlarida Navoiy eski o’zbek adabiy tilini kamolotga yetkazdi. O'sha davrda eski o’zbek adabiy tilida bir qator asarlar yaratilgan. Ularniig ayrimlarini misol uchun keltirmoqchiman:
I. Xorazmiy "Muhabbatnoma".
2. Said Ashmad "Taashshuqnoma"
3. Qutb "Xisrav va Shirsh"
4. Sayfi Saroyi "Guliston"
5. Durbek Yusuf va Zulayho
6. Ashmadiy "Sozlar munozarasi"
7. Yusuf Amiriy "Dahnoma"
8. Ho’jandiy "Latofatnoma"
9.Husayniyning devonlari.
10. Z.M.Bobur asarlari.
11.Muhammad Solsh "Shayboniynoma"
O’zbek tilining morfologik qurilshi asrlar davomida rivojlanib, takomidlashib keldi. Yozma manbalarning ko’rsatishicha, eski o’zbek tilining -morfologik qurilishi taraqqiyotini uchta katta bosqichga bo’lish mumkin.
I. Bo’rinchi bosqichni X1X asrning oxirlarigacha bo’lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski o’zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bslib, parallel ravishda qo’llanuchi funksiyadosh formalarning ko’pligi, qadimgi formalarning aktiv qo’llanib kelishi, dialektal yoki boshqa turkiy tillarga mansub bo’lgan formalarning ko’plab iste'molda bo’lishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
2. Ikkinchi bosqich XIV asr oxirlaridan XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar bo’lgandavrni p’z ichiga oladi. Bu davrda eski o’zbek adabiy tili vujudga kelgan bo’lib, uning grammatik qurilishi, hususan, morfologik strukturasi ma’lum darajada me'yorga tushganligi ko’rinadi.
3. Eski o’zbek tilining morfologik qurilishi taraqqiyotidagi uchinchi booqich XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda adabiyotda demokratik oqim paydo bo’ldi, matbuot vujudga keddi va o’zbek tilida gazeta, jurnal, kitoblar nashr etila boshladi. Bu esa o’z navbatida adbiy til bilan xalq so’zlshuv tilining yanada yaqinlasha borishiga va adabiy tilning, xususan, uning morfologik qurilishining xalq so’zlashuv tili hisobiga yanada boyib borshiga zamin yaratdi. Eski o’zbek tilida ham so’z turkumlari dastlab ikki katta gruppaga bo’linadi; mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar.
Mustaqil so’zlar quyidagi uch gruppaga bilinadi; ism, fe’l, ravish. Ism gruppasidagi so’zlar o’z navbatida quyidagi turkumlarga bo’linadi: ot, sifat, son, olmosh. Bu turkumdoshlar uchun so’z o’zgartuvchi kategoryalar umumiy bo’lib, bu jihatdan ular bir gruppaga - ism gruppasiga birlashadilar, lekin ularning har biri uchun maxsus so’z yasovchi affikslari bolishi va semantikasi jihatidan har qaysisi mustaqil so’z turkumini tashkil etadi.
Yordamchi so’zlar sintaktik funksiyalariga ko’ra quyidagi uch turkumga bo’linadi; ko’makchilar, boq’lovchilar, yuklamalar. Undovlarni ham shartli ravishda yordamchi so’zlar gruppasiga kiritish mumkin. Eski o’zbek tilida ham ot ko’plik, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu kategoriyalar maxsus affikslar bilan ifodalanadi va bu affikslarning qo’shilishida ma’lum tartib mavjud, yani ot (o’zak-negiz) + ko’plik affiksi + egalik affiksi + kelishik affiksi. Masalan: à\à - ëàð - ыì - íы.
Ko’plik, egalik, kelishik affikslari ot turkumiga xos grammatik kategoriyalar bo’lib, boshqa turkumdagi so’zlarga qo’shilganda bu so’zlar otlashadi va gapda ot vazifasini bajardi.
Otlarda ko’plik formasi.
Otlarda ko’pshk formasi asosan - лар -лэр qo’shimchalari bilan yasaladi. Eski o’zbek tilida ham
- ларлэр qo’shimchasining asosiy funksiyasi grammtik ko’plik ma’nosini ifodalashdan iborat bo’lgan.
Masalan : äîñòëàðыìíы êvëävðävì. Ñàëìàí íàçàðíы озгэ ñàíàìëàð æàìàëыíа.
Keltirilgan misollarda - лар -лер qo’shimchasi ko’plik ma’nosini ifodalaydi. Ayrim hollarda bu qo’shimcha koplikdan boshqa ma'nolarni ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, holatni, mavxum tushunchani bildiradigan otlarga qo’shilganda, ko’plikni emas balki kuchaytirish, ta'kidlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Àíыí äóøìàíëàðы êор =àé\óëàð òàïòы. Ìóíèñ\à йэòàð äàìáà - äàì àçàðëàð àíäыí.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling