Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.75 Mb.
|
Tarixiy grammatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Qoraxoniylar davrida, adabiy-madaniy hayot. Turkiy qabilalarning kuchayishi va turkiy tilning yetakchi tilga aylanishi.
- Qoraxoniylar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurahmonov g'., Shukurov SH. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O'qituvchi, 1973 y. 2. B.To'ychiboyev. O'zbek tilining taraqqiyot bosqiyalari. Toshkent: O'qituvchi, 1996 y. 3. Ashirboyev S. Azimov I. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent. 2002 yil. (o'quvg'uslubiy qo'llanma). 4. Abdurahmonov g'., Rustamov A. qadimgi turkiy til. Mavzu: Qoraxoniylar davrida, adabiy-madaniy hayot. Turkiy qabilalarning kuchayishi va turkiy tilning yetakchi tilga aylanishi. Re j a1. Qoraxoniylar davlatining tashksh topishi va adabiy madaniy hayotni yuksalishi. 2. «Turk» so’zining kelib chiqish manbaalari. 3. Turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma yodgorliklari. 4. Turkiy tilning yetakchi tilga aylanishida olimlarning xizmati. 5. Turkiy tilning o’ziga xos xususiyatlari. Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. Qoraxoniylar so’zi q qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri Abdulkarim Qoraxon unvonidan kelib chiqqan*. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida turk qabilalari muxim rol uynaydi. Bulardan birinchisi turkiy-o’g’uzlar edilar. Og’uzlar bilan bir qatorda turgashlarning o’rni katta. X asrda turkiy qabilalarining asosiy qismi Yettisuv hududlarida yashaganlar. Bunday ma'lumot X asrda yashagan geografiya sohasidagi olimlarning izlanishlarida ko’plab uchratish mumkin. Bu ulkan xalklar tarkibiga turk qabila va urug’larining juda ko’plab guruhlari: tuxsilar, uyg’urlar, o’g’uz, qipchoklar kirgan. Bu turk qabilalari turlicha nomlar bilan ataladigan, sheva jihatdan bir-biridan farqlanadigan yagona bir tilda so’zlashgan bo’lsalarda, ularning turmush tarzi, madaniyatlari, urf odatlari bir bo’lgan edi. Bundan tashqari ularning jismoniy baquvvatligii, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, uyushqoqligi va epchgshligi ham o’xshash bo’lgan. Yuqorida keltirib o’tilgan qabilalardan eng yirigi qarluqlar edilar. Turk qabilalarining yana eng yirigi yag'mo kabilalari edilar. Bularning echki va qo’y podalari ko’p bo’lgan va boshqa turk qabilalariga nisbashan nihoyatda jasur va tantanavorlik bilan mashhur bo’lganlar. Qoraxoniylarning tashkil topishida yana: qipchoqlar, yabaqular, qirg’izlar, o’zbeklar, qang va sug’dliklar faol qatnashganlar. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida chigil va qarluq qabilalari muhim rol o’ynasalarda, davlatning yuqori mansablari va qo’shinda ular aktiv bo’lsalarda, biroq xonlik taxtiga yag’mo biylari egalladilar. Bu yangi turk davlatining podsholari «arslonxon» va «bug’raxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu oliy darajadagi hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug’lik qadimda turkiy xalqlarda «qora» so’zi bilan yuritilgan. Shuning uchun taxtda o’tirgan «arslonxon» yoki «bug’raxon» lar «Qoraxon» ya'ni ulug’ hoqon xisoblangan. Shuning uchun ular hukmronlik qilgan davr tarixga «Qoraxoniylar» nomi bshan mashxur bo’lib kirdi. Bu saltanatning markazi Balasog’unda, keyinroq Qashqarda bo’ldi. Qoraxoniylar Somoniylar ustidan g’alaba qozongach, ularning qudrati Movarounnahr va Qashqarni birlashtirib O’rta Osiyoning eng yirik va qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Bu davrda turkiy urug’ va qabilalar hamda ularning tillari bir-biridga ancha yaqinlashdi. Bu orada fan, madaniyat, adabiyot ancha rivojlandi, bir qator badiiy milliy asarlar yaratildi, iqtisodiy-madaniy aloqalar, adabiy hamkorlik o’sdi, fors-tojik adabiyotining eng yaxshi namunalari keng tarqaldi. *** Xasan Ato Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» asarida quyidagicha ma'lumot berilgan: «Turk urug’lari qavmi Turonzaminning qabilaboshi va juda eski va ulug’qabiladir . Bular ham tabiiy eski o’rinlarini Issiqqko’l va Oltoy tegralarina sigmay juda ko’p urug’larga bo’lunib, turli taraflarga sochildilar. Chegi sharkiy shimol, Yopun va Uxutek dengizlari bo’ylarindin fin urug’lari janubiy- garbga. Tugri Visla maxrina kadar va ondin janubga Dunay naxrina va ondin sharq tarafina Qora va Ozoq dengizlari, shimolina Kofkoz toglari odirlari, Ozarbayjon, baxri Xazar, janubidin Amudaryo xar ikki tarafina, esikda yunonlar. Baxtiryona atamishlari Baxtiro Zamin, Balx va Xirot tegralarina, Pomir va Xind va Kush toglarina va ondin Tibet garbinava, ondin shimoliy sharqqa, Tibet va Xitoy shimoliy garbindin Saddi Chiniy shimolindin yana dengizga kadar yerlarning barchasina turk urug’lari qavmlari sochilib yerlashishlar edi. Turk xalqi bu yerlarning eng eski xalqlari va xojalari edi. Garchi bu o’rinlarning Janubi Garbindin Oriylar va shimolidan finlar ko’chib kelganlar deb gumon etilsada ammo tarsh yozila boshlag’on ul vaqtlarda bu yerlarda ushbu turkiy qavmlar ul yerlarning xojalari ko’rindilar. Bu sababdin bular yerli xalq ataldilar.» Shu davrda moydonga kelgan Mahmud Qoshgariyning «Devoni lug’otit turk», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» dostonlari turkiy adabiy tilining yana ham taraqqiy etishida, uning adabiy me'yorlari ishlanishi, ma'lum qolipga tushirilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qoraxoniylar davrida va XII asr boshlarida eski turkiy adabiy tilda ko’pgina adabiy-badiiy asarlar yaratildi. Yuqorida keltirilib o’tilgan asarlar bilan birga yana «Devoni hikmat» «O’g’uznoma», Tafsir», Qisasi Rabg’uziy» kabi asarlar yaratildi. Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi XІ-XII asrlar madaniyatining rivojlanishi davri ham bo’ldiki, Ibn Sino, Beruniy, Farobiy kabi mashhur qomusiy olimlar yetishib chiqishdi. *** Nasimxon Raxmonovning «Turk xoqonligi» asarida «turk» so’zining kelib chiqishi haqida shunday ma'lumotlar bor. «G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoladi. O’sha yerda yashovchi urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ladi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga ko’chib ketadi. Tog ‘da bir g’or bor edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’adi. Bolalarning otasi o’sha qutqarilgan turk bolasi edi. Bo’ri bolalari tufondagi ayollarga uylanadi. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqadi. O’g’illaridan biring ismi Amin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo’ldi. Amin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, aqlliroq edi. Shu sababli Amin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoladi. Urug’ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga yetadi. Aminning merosxo’rlaridan biri, qabila dohiysi Asan asad bo’ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keladi. Oltoyda ular «turk» nomini oladilar. Afsonalarga qaraganda «turk» so’zi Oltoy tog’ining eng qadіmgi nomidan kelib chiqqan. Yana bir afsona «Turk» qabilasining ota-bobolari So saltanatiga borib taqaladi. Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. Qabila boshlig’i Abanbuning o’n yettita ukasi bor bo’lib shulardan bittasi Ichasin Ishid «Bo’ri o’g’li» deb nom oladi. So saltanati dushmanlar tomonidan kunpayakun qilinadi. Omon qolganlari tarqalib ketishadi. Bo’ri o’g’li tadbirkor edi. Shunday imkoniyatdan foydalanib, urug’ni qiyin ahvoldan olib chiqadi. Uning o’g’illaridan Oqqush, Abakan daryosi bo’ylarida hukmronlik qiladi. Ikkinchi o’g’li Sigu saltanatga asos soladi. Uchinchi o’g’li esa Chjuje daryosi bo’ylarida hukmronlik qіladi. Katta o’g’li Nudulu shad G’arbiy Sayanga o’rnashadi. Nudulu shadning o’nta xotini bo’lgan. O’nta o’gillari onasining qabilasi nomini olganlar. Eng kichik xotining o’g’li Amin edi. Ndulu shad vafotidan keyin taxtga birontasi egalsh qilishi shart bo’ladi. Shunda aka-ukalar kim kuchli epchil bo’lsa ushu urug’ yo’lboshchisi bo’ladi deb qaror qilinadi. Musobaqada Amin g’alaba qozonadi va u Asan shad nomini olib, urug’ boshchsi bo’ladi. Uning vafotidan keyin o’gli Tuu taxtga o’tiradi. Tuning o’gli Bumin Turk xoqonligiga asos soladi.» Yana ushbu asarda keltirishicha «Xitoylar o’zlariga qaram bo’lgan Amin qabilasini Tyu-Kyu def ataganlar. Xitoycha Amino deb ham yuritilgan. P. Pelo tomonidan bu so’z «turkiylar» deb izohlangan. Qadimgi Xitoy mualliflari turkiy xoni va bo’ri so’zini ma’nodosh deb qaraganlar. Bo’ri haqidagi tasavvur Amin urug’ining hamma tomoniga kirib borgan. Amin qabilasi bayrog’ida bo’ri kallasining oltin tasviri tushirilgan. Bu turk-mo’g’ul xalqlarining hammasiga ko’chgan. «Turk» so’zi bir ming besh yuz yil davomida o’z ma'nosini o’zgarstirgan. V asrda Amin atrofiga to’plangan o’rda aholisini «turk» deb yuritilgan. *** Tohir Qahhorning «Hur Turkiston uchun» nomli asarida Sharqiy turkistonlik olim Muhammad Amin Bug’roning «Turkiston» jurnalining 1953 yil 5 sonida «Turkiston tarixining eski manbaalari» maqolasida Turk eli Turkiston tarixini asoslaydigan eng eski yozuvlar, xujjatlar , kitoblar xususida muhim belgilar bor bo’lib quyidagichadir. O’rta asr tarixchilari Turkiston tarixining boshi ularoq Nuh payg’ambar o’gli Yofas, uning nevarasi turk otli zot haqidagi Yaxudiylarning «Tavrot» kitobida keltirilgan rivoyatni qabul qilib, bu asosida fikr bayon etganlar. Turk eli tarixining boshi deya Tur va Iret hikoyasini asosaga aylantirgan eronlik mualliflar ham bor. Mo’g’ullar davrida esa, O’g’uzxon manbalari va Alankuva hikoyalari Turk eli sharhiga boshlang’ich deb qaraladi. Turkiston tarixini isbotlaydigan yozuvli manbaalar: 1. Turkiston va eski chog’larda turk mulkalari haqida ichida bo’lgan bugungi Mo’g’ulistondagi obidalar, ular eski ota-bobolarimizning, xususan Ko’kturklarning toshlarga, mozortoshlarga, xochlarga yozdirib qoldirgan hayotlarini hikoya qiladi. Bundan bir yarim ming yil avval ham bizning yozuvimiz davlatimiz bo’lganini bildiradi. 2. Erondagi muqaddas kitoblaridagi qaydlar va taarixiy vasiqalar Turkiston va Turon haqidagi eski belgilar Eronliklarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham bor. 3. Hind manbaalari. Hindistondagi Eronnikidan ham qadimiyroq tarixiy vasiqalarda Hindiston shimolidagi buyuk davlatdan —«Turushka» (turk) va «Saka» dan ham xabar beriladi. 4. Eski yunon tarixchilarining kitoblaridagi manbaalardir. 5. Turkistonga oid chin manbaalari. Bu manbaalarning boshlang’ichida miloddan avvalgi, 139-129 yillardagi Turkistonga sayohat qilgan Chin sayohatchisi Chang Kiang asaridir. Milodning beshinchi asridan uninchi asrigacha bo’lgan uzoq vaqtni o’z ichiga olgan qadimgi turk davri bo’ldi. Eng qadimgi yodgorliklar turkshunoslikda qadimgi turkiy til deb yuritildi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me'yorlarini belgilashda asos bo’la oladi. Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug’ va qabilalarning umumiy tili sifatida V-X asrlarni o’z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til o’zining kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xunn tili davrlari bilan uzviy ravishda bog’langan. Oltoy tili hozirgi davrda aniq emas, ammo oltoy tiplari ma'lum, ya'ni oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo’g’ul, turk, tunguk tillari ma'lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi eng qadimgi bosqinchi bo’lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Oltoy davrining harakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ularning tili haqida aniq ma'lumotlar yuk bo’lsada, bu davrning ayrim belgilari. Qadimgi turkiy til xususiyatlarini hozirgi jonli tillarnni qiyoslab o’rganish orqali taxminiy ravishda aniqlash mumkindir. Turkiy tillarning eng kadimgi davrlardagi tarakkiyotining ikkinchi boskichi xun davri xisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo’lgan katta hududda qudratli Xun imperiyasi tuzildi. Bu imperiya juda ko’p turk-mo’g’ul, tunguz manchujur va boshqa qabilalarni birlashtirdi. Eramizning I asri oxirlarida o’zaro ichki urushlar natijasida Xun davlati ikki qismga G’arbiy Xun va Sharqiy Xun davlatlariga bo’linib ketdi. Ikki xun davlatining tuzilishi va mustahkamlaniish ko’p jihatdan turkiy qabilalar va tillarning rivojlaniishga katta ta'sir qildi. Turkiy gpiplar taraqqiyotining uchinchi bosqichi qadimgi turkiy bosqich hisoblanadi. XІІ-XSH asrlardir. Bu bosqich 2 turga bo’lingan qadimgi turkiy til davridir bu davruchga bo’linadi: Turk xoqonligi davri Qadimgi uyg’ur davri Qadimgi qirg’iz davri Qadimgi turkiy til davrida turkiy tillar to’la tabaqalandi. O’zining mustaqil rivojlanishi yo’liga kirdi. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi turkiy til davridagi turkiy urug’ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko’p manbaalar, tarixiy yodgorliklar mavjud va quyidagi yodnomalarni kiritshi mumkin: «Qadimgi turkiy (run) yodnomalari» «Qul teginga bag’ishlangan yodgorlik» «Tun yukukka bag’ishlangan yodgorlik» «Talas yodgorliklari» «Sudju (mo’g’ulistondan « topilgan yodgorlik» «Enasoy yodgorliklari» «Fal kitobi (Irk bitigi)» «Ungin yodgorligi» «Mo’g’ilanxon yodgorligi» «Bilga xoqon yodnomasi» «Kuli-chur yodgorligi» «Mayun-chur yodgorligi» «Qizil chiraa yodgorligi» «Xuyto Tomir yodgorligi»(run yozuvidagi tayoqchalar) «Uyuk-Orxansoy yodgorliklari» «Ulug’ kema yodgorligi» «Barliq yodgorligi» «Qorasugan ulug’nem yodgorligi» «Uznachek yodgorligi» «Achura yodgorligi» «Oltinko’l yodgorligi» «Tuba yodgorligi» «Ok yus yodgorligi» «Tashab yodgorligi» «Talasoy yodgorligi (mo’g’ulisshondan shopilgan) «Abakan yodgorligi» 7 Turk xoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug’ va ularning tillari Urxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. Bu yodnomalarning ko’pi rus olimlari tomonidan o’rganilgan. O’rxun-Enasoy yodgorliklari asosan tog’larga o’yib bitishgan yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo’lib, bir nechaukshishi jumboq bo’lib kelgan. Yuqorida keltirib o’tilgan yodgorliklarda Urxun-Enasoy yozuvi bilan bitilgan eng yirik obidalar: Ungin bitigtoshi Tunakuk bitigshoshi Kul tigin bitigtoshi Bilga xoqon bitigtoshi Kuli chur bitigtoshi Moyun chur bitigtoshi Irk bitiglarini kursatish mumkin. Turkiy urug’ va qabilalar tillarining hususiyatlarini, ularning tarixi va lug’at boyligini o’rganishga bag’ishlangan «Devonu lug’otit turk» asari uz davrining iste'dodli olgshi, mashhur turkolig olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan tuzshgandir. ] Bu asar Yukoir chindan boshlab butun Movarounnaxr, Xorazm, Farg’ona, Buxoroga qadar cho’zilgan keng va katta territoriyalarni kezib (birma-bir) chiqdi, bu yerlarda yashaganuruglar, qabilalar, xalqlarning o’zini, ularning kasb korini, turar joylarini, nufuzlarshi aniqladi, ularning tillarini o’rgandi. Olgsh bir so’zni qaysi qabilaga tegishili ekanligini, shu so’zning variantlarini, so’zlarning ma'no va shakllariga doir masalalarni, so’zlar talaffuzida qabilalar o’rtasidagi moslik va farqlarni o’rgandi. Asarda kelitirishicha Mahmud Qoshg’ariy yozadi: «Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim, lug’atlarni to’plagach, turi xil so’z hususiyatlarini o’rganib chiqdim, men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni aniqlash uchun qildim»-deyiladi. Turkiy-tillar M. Qoshg’ariydan tashqari yana rus olimlari tomonidan keng o’rganishdi va turkiy tillarni o’rganish va tasniflash asosan XIX asrdan boshlandi. Turkiy tillarni tasniflashda ko’proq geograf nuktai nazar asos qilib olinadi. Turkiy tillarni ilk bor ilmiy nuktai nazardan tasnif qilgan olim V. V. Rodlovdir. Uturkiy tillarniuch guruhga bo’ldi. Shimoliy guruh Janubiy guruh Qurama tipli guruh 3 guruhni yana g’arbiy va sharqiy kichik guruhlarga bo’ldi. Bu tasniflar yana qaytadan-qayta yoshlandi va quyidagicha: Sharqiy turkiy tillar: Oltoy, barabin, chulim tatarlari, karagas, xakas, mor, tuva G’arbiy turkiy tiplar: qirg’iz, qozoq, boshkird, tatar, qoraqalpoq tillari O’rta Osiyo guruh tillari: uygur, o’zbek, tgishari Janubiy turkiy tillar: turkman. Ozarbayjon, turk, qirg’iz tatar tillaridir. A.N.Samaylovich turkiy tillarni tasniflashda fonetik va morfologik hususiyatlarni asos qilib oldi. R guruh - hazar va bulg’or kabi o’lik, jonli tillardan yauvash kiritildi. D guruh - bunga O’rxun-Enasoy yodgorliklari, uyg’ur (qadimgi) o’lik turgash va enagas, salor, tuva, sariq, uyg’ur, sho’r, xakas, yoqut tillari. Tau guruh - oltoy , qirg’iz, qo’miq, qorachoy-bolqor, qatar, boshqird, qozoq, no’g’oy tillari kiritildi. Tog’liq guruh - bu guruhga eski o’zbek (adabiy) tillari, hozirgi uyg’ur va o’zbek tillari Tog’li guruh - bu guruhga faqat Xorazm shevasi kiritildi. Ol guruhi - turkman, ozarbayjon, usmonli turk, gagauz tillari kiritildi. Bu olimlardan tashqari S.YE. Malov, N. A. Baravkov, V. A. Bogorodskiy, F. YE. Korsh, I. Bensil va K. Menges olimlari ham turkiy tillarni tasnif qilish bilan shug’ullandilar. Turkiy tillarni tasnif kilishda N.A.Baskakovning xizmati samarali buldi. Uning tasnifi milliy-nazariy jixatdan ancha mukammal genealogiktasnifni berdi. Bu tasnifga kura turkiy tillar ikki katta tarmokka ajratshdi. Garbiy xun tarmogi Sharshy xun tarmogi Garbiy xun tarmogi 4 shaxobchaga bulindi: Bulgor shaxobchasi: kadimgi bulgor, xazor va xozirgi chuvash tili. Uguz shaxobchasi: kadimgi ugiz va xozirgi turkman, gagauz, ozarbayjon, turk tillari Karluk shaxobchasi: kadgshgi uygur tili, eski uzbek tili, xozirgi uygur, uzbek tillari. Kipchok shaxobchasi: karaim, kumik, krim tatar, tatar, boshkird, kozok, korakalpok tillari. Sharkiy xun tarmogi: Uygur-ugiz shaxobchasi: kadimgi ugiz, xozirgi tuva, karagas, yokut, xakas, shor tillari Kirgiz-kipchok shaxobchasi: kirgiz, xitoy tillari kiritshdi. Kadimgi turkiy tilning uziga xos xususiyatlari mavjud bulgan. Fonetika misolida kuradigan bulsak yukorida aytib utilgan M. Koshgariy fonetikani kuyidagicha tasniflangan: Turkiy yodgorliklarni asl manbaadan urganishkadimda unli tovushlar uzun kiskalik va tor kenglik buyicha farklanganini kursatadi. M. Koshgariy asarida unlilar bir-biridan tor-kenglik buyicha farklanishiga kator misollar keltiradi. Olim bir xil yoziluvchi suzni keltirar ekan ular bair-birlaridan unli tovushdan tor kengligi tufayli farklanishini ta'kidlaydi. Misol: turang Tu — (kalin u bilan ) bulamochda undan bishirilgan taomdan bir xipdir. Yukoridan kurinadiki M.Koshgariy iki suzdagi u unlisini birinchidaginga karaganda kengrok talaffuz etilishini ta'kidlaydi. Turkiy tpllardagi unlilarning 2-xususiyati uzun kiskalikdir. M. Koshgariy unli tovushlar xakida ma'lumot berar ekan ulardagi bu xususiyatni aloxida ta'kidlaydi. Chunonchi a unlisi tugrisida ma'lumot kerak ekan, chuzik a tovushini kush alif bilan kursatadi: oddiy a tovushi bilan alif bilan yozilgan. Xuddi shuningdek munlisi xam bir-birlaridanuzun-kiskalikdafark kilingan. Olim shakldosh suzlarni keltirar ekan, ular bir-birlaridan ma'no jixatidan farklanishiga e'tibor beradi: Ki: sh muynasidan suvsar pustin kilinado'gan xayvon Kish - ukdon 19 Yozlishi bir xil bu suzlarni kadimgi turkiy til xususiyatlarini kuprok saklab kolgan yokit tgіli bgіlan solishtirish (mumkin) shuni kursatadiki birinchi suzdagi chuzik i ikkinchisida kiska i ishlatilgan. Turkiy tillar urtasidagi uxshash va farkli xususiyatlar fonetika, morfologshda emas balki leksikada xam yakkol namoyon buladi. Forsli izoxli lugatlardan biri bulgan «Giyos-ul lugat» da turkiy tilda suz yasalishining kuyidagi usuli kayd etiladi. Lugatdagi turkiy suzlarda suz yasovchi affikslarbshan ot yasalishi, jumladan-chi (cho') kabi faol kullanuvchi kushimcha yordamida ot yasalishi kursatilgan va boshka ot yasovchi kushimchalarxam keltirilgan. Kadimgi turkiy til morfologiyasining xususiyatlari: 1) Kadimgi turkiy to'l morfemalari mikdoran kam bulgan. 2) Xozirda ishlatilayotgan yoki aloxida element sifatida ukilmaydigan morfemalar xam bor. 3) Suz va forma yasovchi chet til morfemalari yuk. 4) Murakkab morfemalar oz. Leksik jshatdan xam farklar bor. Yodgorliklarda kullangan suzlar deyarli saklangan, xarakterli tomoni yozma obidalarning lugat tarkibi asosan turkiy suzlardan iborat bulgan. Usha davrda mavjud bulgan ayrim suzlar bugungi kun iste'molda yuk. Shuningdek yodgorliklarning lugat tarshbining katta kismini xozirgi turkiy tillarda kullanuvchi suzlar taіikil etadi. Urxun yozuvining imlo xususiyatlari: Suzlar va birikmalar bir-biridan ayirgiya (:) bplan ajratilgan. A xarfi suz boshida aurtasida kupincha yozilmaydi. Ixarfi suz boshida, urtasida, oxirida xam yozgshgdi. xarflari xam suzning xamma urinlarida yoziladi. Kuyidagilarning boshidagi va urtasidagi unlilar kupincha yozilmaydi. Uzbek tili lugat boyligidagi eng kadimgi kism umumturkiy leksikalardan iborat. Bunday leksemalar turkiy tillarda xozir xam ishlatiladi. Turkiy leksemalarning asosini bir buginli tub leksemalar tashkil kiladi. Xulosa kilib aytganda turkiy kabilalarning birlashishi, ularni yagona bir davlatni barpo etiishari muxim xolatlarga olib keldi. Shu davrlarda yuzaga kelgan asar ugia davrning emas bugungi kunning noyob obidalariga aylandi. Turli yerlardan topilgan kadimgi yodgorliklar turkiy elatlar va millatlarining nakadar boy semazmun ekanligidan, utmishgshiz tarixi, mdaniyati, yashashlari, urf- odatlari juda kadimiy va guzalligidan, dalolat beradi. Utmishimizning xakikiy sirli sandiklari endi ochilib, tarix asarlarida uz ifodasini topmokda. Xar bir turkiy millati uzni kimligini anglab yetmokda, giu bilan birgalikda uzbek xalki xam uzligini tanimokda. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling