Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 1.75 Mb.
bet25/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. A.Muxtorov, U. Sanaqulov «O'zbek adabiy tili tarixiy», Toshket , «o'qituvchi» 1995 yil.




  1. A.Aliyev, K Sodiqov «O'zbek adabiy tili tarixiy», «O'zbekiston», 1994 yil.




  1. G'.Abduraxmonov. A.Rustamov «Qadimgi turkiy til», Toshkent «o'qituvchi» 1982 yil.




  1. N.Raximov «Turk hoqonligi» Toshkent. A.Qodriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993 yil.

Mavzu: Eski o’zbek tilida so’z birikmalari
Reja:
1. So’z birikmasi haqida ma'lumot.
2. So’z birikmasining farqli tomonlari:
a) so’zdan;
b) gapdan;
v) qo’shma so’zdan;
g) iboralardan;
d) So’z qo’shilmalaridan;
3. So’z birikmaining birikish usullari:
a) boshqaruv;
b) moslashuv;
v) bitishuv.
4. Hokim so’zning qaysi so’z turkumiga mansubligiga ko’ra turlari:
a) otli birikma;
b) fe'lli birikma;
v) ravishli birikma.
5. Xulosa.

Hozirgi o’zbek tilining so’z birikmalari, gap bo’laklari, gap tuzilishi uzoq yillik tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Qadimgi turkiy va so’nggi davrlar tilining strukturasi bilan hozirgi zamon tili strukturasini qiyoslar ekanmiz, yozma adabiy til fonetik, morfologik jihatdangina emas, strukturaviy tomonidan ham takomillasha borganini ko’ramiz.


O’zbek tili tarixida so’z birikmalarining shakllanishida ikki hil omil muhimdir: yangi so’zlarning paydo bo’lishi va boshqa tillarning ta'siri, xususan fors-tojik tilining ta'siri sezilarli bo’lgan. Masalan, guli, ra'na, la'li badaxshan.
Qadimgi turkiy tildagi so’z birikmalari hozirgi o’zbek adabiy tilidagi so’z birikmalaridan deyarli farq qilmaydi. Tadrijiy taraqqiyot natijasida so’z birikmalarini tashkil etgan komponentlarning shakllanishi va o’zaro bog’lanishi usulidagina ma'lum o’zgarishlar ro’y berdi.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlarning o’zaro grammatik va mazmuniy jihatdan birining boshqasiga tobelanib bog’lanib, ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik so’z birikmasi deyiladi.
So’z birikmalari erkin birikma hisoblanib, shunga ko’ra birikma tarkibidagi so’zlarning biri hokim, biri tobe bo’ladi. Birikma tarkibidagi so’zlarni o’zaro birikishi muvaqqat hodisa bo’lib birikmani tashkil etuvchi birliklar boshqa shakllarni yuzaga keltirishda erkin qatnashaveradi. Adabiyotlarda hokim so’zni bosh so’z, tobe so’zni ergash so’z deb ham yuritiladi. So’z birikmasida ma'nosi ravshanlashtirilgan, kengayuvchi bo’lak hokim yoki bosh so’z, hokim so’zning ma'nosini ravshanlashtirib, izohlab, to’ldirib kelgan kengaytiruvchi bo’lak esa tobe yoki ergash so’z deyiladi. Masalan: Temurbekdin burun Temurbekdek ulug’ podshoh Samarqandni poytaxt qilg’on emastur (Z. M. Bobur "Boburnoma"). Ushbu gapdagi ulug’ podshoh So’z birikmasida hokim so’z ma'nosi izohlanayotgan podshoh so’zidir, podshohning qandayligini, sifatini aniqlab, to’ldirib kelgan ulug’ so’zi tobe so’zdir.
Biroq hamma vaqt so’roq bosh so’zdan ergash so’zga beriladi, ergash so’z bosh so’zdan berilgan so’roqqa javob biladi. Masalan: Ul o’g’lon onasining tushiga kirib aytur erdi (A. Bohodirxon "Shajarayi-tarokima", 9-bet). Ushbu gapdagi onasining tushi so’z birikmasida tushi -hokim, onasining tobe so’z hisoblanib, so’roq kimning tushi? javob onasining tushi tarzida bo’ladi, ya'ni bosh so’zdan (tushi) ergash so’zga (onasining) beriladi.
Ma'lumki tilshunoslikda keyingi paytda so’zning grammatik formasidan so’ng gap formasigacha bo’lgan oraliqdagi butunlik sifatida so’z birikmasi ko’rsatiladi. So’z birikmasi ba'zan alohida forma tipi deb baholansa ham, har holda gap tuzilishi uchun zarur bo’lgan butunlik -"qurilish materiali" deb hisoblanadi.
Avvalo, so’z birikmasini so’zdan, gapdan, qo’shma so’zdan iboralardan va so’z qo’shilmalaridan farqlash kerakligini talab etiladi.
So’z narsa-buyum, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bodun-xalq deganda ma'lum bir xalqni emas, balki umuman xalqni anglaymiz; Kelti-keldi deganda ish-harakatning belgisi aniq bo’lmay, umuman kelganlikni tushunamiz.
So’z birikmasi ham narsa-buyum, kimsa, belgi, ish-harakatni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu jihatdan so’z birikmasi so’zga o’xshaydi, ammo so’z birikmasi narsa-buyum, kimsa, belgi, ish-harakatni shu xildagi boshqa narsa-buyum, kimsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib aniqroq ifodalaydi. Masalan: amr1 -kirdigor2 amri, zavraq3- bir necha zavraq.
Gap - fikr bildirish, habar berish vazifasini bajaradigan turli his-tuyg’u va istakni boshqalarga bildirish uchun ifodalanadigan bir yoki bir necha so’zlar yig’indisidan tashkil topgan, nutqning grammatik jishatidan shakllangan, intonasion tugallikka ega bo’lgan qismidir. Masalan: Anda Ko’rqush so’zga daraftod4 bo’ldi (Gulxaniy, "Zarbulmasal").
So’z birikmasi narsa-buyum, kimsa, belgi, ish-harakatni aniq ifodalab, so’z kabi gap tuzish, uni kengaytirish uchun hizmat qiladi. so’z birikmasi tugallangan ohang bilan emas atash ohangi bilan aytiladi: паст бойлуq, булма саqаллыq, qоба йvзлvк, танбал киши (Навоий).
Ikki yoki undan ortiq o’zakning o’zaro qo’shilishi natijasida
yagona tushunchani ifodalovchi birlik qo’shma so’z hisoblanadi. Qo’shma so’z tarkibidagi mustaqil so’zlar bajarayotgan vazifa ustida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi, ya'ni qo’shma so’zlar bir xil vazifani bajaradi, bir so’roqqa javob bo’ladi. So’z birikmasining ikki komponenti esa turkum va vazifa jihatdan gapda bir-biridan farqlanadi. Masalan: serkar-yiltisar so’zi -serkar iшig’ кечiттi5 (Йылтыса ишини кечиктирди)-гапида ким? (сэркар) so’rog’iga javob bo’ladi, ot so’zturkumiga xos, gapdagi vazifasi ega. Qorag’ozi bekning to’rt o’g’li bor erdi.6
Ushbu gapdagi to’rt o’g’li so’z birikmasida to’rt ergash (tobe) so’z, qancha? so’rog’iga javob bo’ladi, son so’z turkumi, gapdagi vazifasi aniqlovchi, o’g’li bosh(hokim) so’z, kim? so’rog’iga javob bo’ladi, ot so’zturkumi gapdagi vazifasi ega.
Ma'nosi, odatda, bir so’zga teng keladigan so’zlar qo’shilmasi ibora deyiladi.
Iboralar so’z birikmasi sanalmaydi, ular turg’un birikma hisoblanib, ibora tarkidagi so’zlar ko’chma ma'noda qo’llanadi. Iboralar ham qo’shma so’zlar kabi gapda bir so’roqqa javob bo’ladi, bir xil vazifani bajaradi. Masalan: Qo’rqut ota har nimarsa tesa Inalyovi aning so’zindin chiqmas erdi.1
Mazkur gapda so’zindin chiqmas erdi –bo’ysunardi, so’ziga amal qilardi iborasi ishtirok etgan, nima qilardi? so’rog’iga javob bo’ladi, gapdagi vazifasi kesim.
So’z qo’shilmasi ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning o’zaro grammatik-semantik jihatdan teng bog’lanishidir. So’z qo’shilmalari teng bog’lovchilar va teng bog’lovchi vazifasini bajaruvchi yuklamalar orqali shakllantiriladi. Bu bog’lanishda komponentlar o’rni almashtirilganda ham grammatik ma'no o’zgarmaydi, birikma tarkibidagi komponentlar bir xil grammatik formada shakllanib, bir xil so’z turkumiga mansub bo’ladi, gapda uyushiq bo’lak vazifasini bajaradi. Masalan: Qattiq joylarni yumshatdim, qiyin va qorong’u joylarni yoritdim, kerakli so’zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yillar mashaqqat tortdim.1 Ushbu gapdagi qiyin va qorong’u so’z qo’shilmasining komponentlari o’rnini almashtirish mumkin: qorong’u va qiyin.
So’z birikmalari birikish usuliga ko’ra 3 turlidir:
1) boshqaruvli birikma;
2) moslashuvli birikma;
3) bitishuvli birikma;
Boshqaruv. Hokim so’zning talabi bilan tobe so’z biror formada bo’lib, shu grammatik vosita orqali tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi. Bunda tobe so’z ko’makchi va ko’makchi vazifasidagi so’z bilan birikadi yoki kelishik qo’shimchasini oladi. Odatda, tobe so’z ot va ot ma'nosidagi so’zlardan, hokim so’z esa fe'l va ba'zan belgi bilidiruvchi so’zlar yoki ko’makchilar bilan ifodalanadi.
Til taraqqiyoti natijasida anashu vositalar o’zgaradi, boshqa vositalar bilan almashadi, natijada tobe va hokim so’zning garmmatik aloqa harakteri ham o’zgara boshlaydi.
Ko’makchi orqali boshqarish qadimgi turkiy tilda mavjud edi. Ko’makchili boshqarish sohasida bo’lgan taraqqiyot ayrim ko’makchi va shu vazifadagi so’zlarning ishlatilmay qolib ketishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Masalan: qadimgi va eski turkiy tillaridagi tegv, ashnu, otrv, taba, basa, uzu, tegre, ara, azin, qaru ko’makchilari orqali boshqaruv eski o’zbek tilida kam ishlatiladi. Eski o’zbek tilidagi ayru (bizdin ayru), degin, degunge(yarim yolg’a degin), tegrv (keche tegrv), otrv (ana otrv), vze kabi ko’makchili boshqaruv hozirgi zamon tilida uchraydi. Masalan:
Sen quruqlik bila sipah cheksang,
Charx uza avji borgash cheksang.(A.Navoiy)
Ushbu baytda quruqlik bila sipoh cheksang (qo’shma fe'l) va charx uza borgah (qarorgoh) cheksang (qo’shma fe'l) so’z birikmalari bila, uza ko’makchilari orqali, ya'ni boshqaruv yo’li bilan birikkan.
билэн, билэ, бирлэн ko’makchisi bosh kelishikdagi so’zgina emas, qaratqich kelishigidagi so’zni ham boshqargan: Anin birlan o’g’lonlarining orasi besh ming yil turur.(A.Bahodirxon, "Shajarayi tarokima", 25-bet).
Kelishik formalari orqali boshqarish eng mahsuldor usuldir. Bu usul bilan boshqarish kelishik formalarining taraqqiyotiva ularni boshqargan so’zlarning semantik taraqqiyotiga bog’liqdir.
Bosh va qaratqich kelishigidagi boshqa kelishikdagi ot va ot ma'nosidagi so’zlar fe'l yoki belgi bildiruvchi so’z turkumlari tomonidan boshqariladi.
Kelishik affikslari orqali boshqarish usuli taraqqiyotida quyidagi hodisalarni ko’ramiz:
1. Vosita kelishigi (-qн //–ин // -ын //-ун//-vн) yordami bilan boshqarish eski o’zbek tilida XV asrning birinchi yarmigacha qo’llangan. Bu kelishik formasida bo’lgan ayrim so’zlar (qishin-yozin, ostin-ustin v.b.) hozirgi zamon tilida vosita kelishigida deb o’qilmaydi.-гэрv -qару formali jo’nalish kelishigi vositasi bilan boshqarish eski o’zbek turkiy tilda passivlashib, eski o’zbek tilida iste'moldan chiqadi. Tushum kelishigining –нг, -vг, -g’, -ыg’, -уg’ formalari yordami bilan boshqarish ham eski o’zbek tilida iste'moldan chiqadi.
Eski o’zbek tilida chiqish munosabatini ifodalash uchun maxsus –дан, -тан, -дын, -тын formasi qo’llana boshlaydi, eski o’zbek tilida bu vosita yordamida bilangina chiqish munosabati ifodalanadi. masalan:
Xushdurur bog’i koyinot guli,
Barchadin yaxshiroq hayot guli.
Ushbu gapdagi barchadin yaxshiroq so’z birikmasi -din chiqish kelishigi orqali birikkan. Tushum kelishigidagi ot yoki olmoshni hozirgi zamon tilida o’timli fe'llar boshqaradi. qadimgi va eski turkiy tillarda bu kelishikdagi so’zlarni o’tim siz fe'llar ham, olmoshlar ham boshqara olgan: Отvкэн йэриг qонтым.(Тыню=у= шаънига =ыйилган ёднома). Аны субу\ баралым –Ани суви быйлаб борайлик. (Тыню=у=.....)
Tushum kelishigi formasidagi so’z hatto fe'lning o’zlik nisbatlari bilan ham birika olgan: озvнни йанылма-ызингни адаштирма («+утад\у билиг»).
Tushum klishigidagi so’zning bunday keng funksiyasi eski
o’zbek tilidayoq chegaralanadi.
Xullas, kelishikli boshqaruv tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi qishimchalari orqali yuzaga kelgan.
Moslashuv. Moslashuvli birikmada so’zlar qaratqich va qaralmishga moslashadi, ya'ni bu birikishda qaratqich kelishigi qishimchasi –ынг, -инг, -нинг shakllari ishtirok etadi. Masalan, qаg’азнын сабы- щоqоннинг сызи, бизнинг сv- бизнинг аскар.
Navo So’z ulusning navobaxshi bil,
Navoiy yamon bilsa, sen yaxshi bil! (A.Navoiy)
Ushbu baytda ulusning navobaxsh So’z birikmasi mavjud.
qaratqich kelishigi qo’shimchasi birikmada doim ham qatnashavermaydi: Kim dedim: "Uzlat eshigin ochqamen,Dashri bema'ni elidin qochqamen". (A.Navoiy)
Bu baytdagi uzlat eshigin so’z birikmasi moslashuvli birikmadir. Tobe so’z(uzlat) tarkibidagi -ning qo’shimchasi tushib qolgan, lekin biz bu shaklning mavjudligini hokim so’z(eshigin) tarkibidagi egalik
qo’shimchasi (birlik,III shaxs -i) orqali aniqlaymiz. Bundan ko’rinadiki, aksariyat hollarda hokim so’zda egalik qo’shimchasi mavjud bo’ladi.
Bitishuv. Bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar hech qanday grammatik vosita yordami so’z, faqat so’z tartibi, ohang va mazmun jishatdan birikmadir. Sifat, son, ko’rsatish olmoshi, sifatdosh bilan ot va ot bilan ot, shuningdek, ravish yoki ravishdosh bilan fe'l va ot yoki olmosh bilan fe'l bitishuv aloqasiga kirishadi.
Eski o’zbek tilida so’zlar asosan bitishuv munosabatiga izaro bog’lashda xizmat qilgan grammatik vositalarning kam bo’lishidir.
Masalan: Befoyda so’zni ko’p aytma va foydalig’ so’zni ko’p eshiturdin qaytma. (A.Navoiy).
Ushbu baytdagi befoyda So’z va foydalig’ So’z birkmalari bitishuv yo’li bilan birikkan. Eski o’zbek tilida bir otga bog’langan sifatlovchi bo’laklarning soni ham, tarkibi ham murakkablashadi: Past boyluq, bulma saqalliq, qoba yvzlvk tanbal kishi (Navoiy).
Hokim so’z qaysi so’zturkumiga mansubligiga qarab, So’z birikmasi 3 xil biladi: 1) otli birikma; 2) fe'lli birikma; 3) ravishli birikma.
Bosh So’z ot, sifat, son, olmosh yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma s hisoblanadi:
Barcha so’zini qabul ayladilar, Otlarning semizin sayladilar. (M.Solish, "Shayboniynoma").
Ushbu baytdagi borcha so’zini so’z birikmasinin g ‘ hokim qismi (so’zini) ot So’z turkumi bilan ifodalangan, otlarning semizi birikmasining hokim so’zi (semizi) sifat so’z turkumi bilan ifodalangan, shuning uchun bu birikmalarni otli birikmalar deb hisoblaymiz.
Bosh so’z fe'l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe'lli birikma hisoblanadi. Masalan: Kishak suyi shimoldin oqar1 gapidagi shimoldin oqar birikmasining hokim so’zi (oqar) ravishdosh bilan ifodalangan. Oliy imoratlar kishiga bino qildi. (Z.M.Bobur, "Boburnoma"). Ushbu gapdagi imoratlar bino qildi birikmasining hokim so’zi (bino qildi) qo’shma fe'l bilan ifodalangan.
Bosh so’z ravish so’z turkumi bilan ifodalansa, ravishli birikma deyiladi. Eski o’zbek tilida so’z birikmasining bu xil shakli nisbatan kamroq. Masalan: Lek bu iqbolning o’trusida, Biyla buyuk martaba qarshusida. (A.Navoiy, "Hayrat ul-abror").
Ushbu baytdagi iqboling o’trusida, martaba qarshusida birikmalarining hokim so’zi (o’trusida, qarshusida) ravish bilan ifodalangan.
Xullas, so’z birikmalari eski o’zbek tilida mana shunday o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan.
So’z birikmasi haqida olgan bilimlarimizni Abulg’oziy Bahodirxonning "Shajarayi tarokima" asaridan olingan gaplardagi so’z birikmalari ustida qilingan tahlil orqali mustahkamlaymiz.
1. Suvarning aybin xong’a nechuk ayturlarini bila-bilmay yurib erdilar.
1) Suvlarning aybini-moslashuvi birikma, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi orqali birikkan, ot+ot, otli birikma;
2) xong’a ayturlarini -boshqaruvli birikma, -g’a jo’nalish kelishigi qishimchasi orqali birikkan, ot+ravishdosh, fe'lli birikma;
3) nechuk ayturlarini - bitishuvli birikma, olmosh + ravishdosh, fe'lli birikma
4) aybini ayturlarini - boshqaruvli birikma, - ni tushum kelishigi qo’shimchasi orqali birikkan, ot- ravishdosh, fe'lli birikma.
2. Arslon otasi taxtinda o’lturub ulug’ xon bo’ldi.
1) otasi taxtinda - moslashuvli birikma, -ning qaratqich kelishigi qo’shimchasi tushib qolgan, ot+ot, otli birikma;
2) ulug’ xon bo’ldi-bitishuvli birikma, ot + fe'l, fe'lli birikma;
3) taxtinda o’lturub -boshqaruvli birikma, -da o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi orqali birikkan, ot + ravishdan, fe'lli birikma;
4) taxtinda xon bo’ldi-boshqaruvli birikma, -da o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi orqali birikkan, ot+fe'l, fe'lli birikma.
3. Barcha eshik xalqi (yaqinlari) ko’ra bilmaslikindin munut birlan yomon bo’ldilar.
1) barcha eshik xalqi-bitishuvli birikma, olmosh+ot, otli birikma;
2) munung birlan yomon bildilar-boshqaruvli birikma;, birlan ko’makchi orqali birikkan, olmosh+fe'l , fe'lli birikma;
3) ko’ra bilmaslikindin yomon bildilar-boshqaruvli birikma -din chiqish kelishigi qo’shimchasi orqali birikkan, fe'l+fe'l , fe'lli birikma;
4) eshik xalqi ko’ra bo’lmaslikindin -bitishuvli birikma, ot+fe'l, egali so’z bosh so’zga hech qanday grammatik vositalari so’z ohang jihatidan bog’langan, fe'lli birikkan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. /.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, "O’zbek tiling tarixiy grammatikasi", O’qituvchi, Toshkent: 1973y.
2. S.Usmonov "Umumiy tilshunoslik", O’qituvchi, Toshkent: 1972 y.
3. M.Muhammadieva, H.Usmonova, "Hozirgi o’zbek adabiy tili" (ma'ruzalr matni).Namangan,2001, 6-9-betlar.
4. A.Bahodirxon, "Shajari tarokima" Cho’lpon nashriyoti, Toshkent: 1995 y.
5. M,Qoshg’ariy, "Devonu lug’atit-turk", "Fan" nashriyoti. Tshkent: 1967y.
6. Z.M.Bobur "Boburnoma".
7. A.Navoiy, "Hayrat ul- abror".
8. M.Solih, "Shayboniynoma".



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling