Mavzu : "Hamsa" dostonlari tahlili


Download 42 Kb.
Sana26.10.2020
Hajmi42 Kb.
#136951
Bog'liq
Hamsa dostonlari tahlili mavzusida ochiq dar ishlanmasi


Sana :

Fan : Adabiyot

Sinf : IX

Mavzu : "Hamsa" dostonlari tahlili .

Maqsad :


  1. O’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish . "Hamsa" dagi timsollarga tasnif berish .

  2. Olijanob xislatlarni o'quvchilar ongiga singdirish ;

  3. Mustaqil fikrlashga o’rgatish ;

Dars turi : Mustahkamlash .

Dars uslubi : Og'zaki .

Dars usuli : Suhbat .

Dars jihozi : A.Navoiy portreti , "Hamsa" dostonlari , savol va

topshiriqlar .

Darsning borishi :

O'quvchilar bilan salomlashish , psixologik iqlim yaratish , vazifani so'rash .

DARS REJASI

1." Hamsa"chilik an'anasi va Hamsanavis shoirlar haqida .

2. "Hamsa" dostonlari haqida .

3. Men yoqtirgan qahramon .


I. O'quvchilar to'rt guruhga bo'linishadi .

1-guruh : Hamsachilik an'anasi haqida gapiradi .

2-guruh : A.Navoiyning "Hayrat ul-Abror " dostoni haqida so'zlaydi

3-guruh : "Farhod va Shirin" dostoni haqida so'zlaydi .

4-guruh : "Layli va Majnun" dostoni haqida so'zlaydi .

5-guruh : "Sab'ai sayyor " dostoni haqida so'zlaydi .

6-guruh : "Saddi Iskandariy" dostoni haqida so'zlaydi .
Har bir guruhdan hamma o'quvchi qatnashishi shart .

Masalan : 1-guruhdan 1 o'quvchi "Hamsa" chilik an'anasini Ozarbayjonlik ulug' shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan .

2-o'quvchi : U 28 yil mobaynida yaratgan dostonlarini jamlab "Panj

ganj " ya'ni " Besh xazina " deb nomlaydi . U avvaldan niyat qilib besh doston yozmaydi . Sh tariqa " Xamsa "chilik an'anasi paydo bo'ladi .

3 - o'quvchi :

Nizomiy Ganjaviydan keyin Husrav Dehlaviy o'zining besh dostondan iborat " Xamsa " sini yaratdi .

4 - o'quvchi :

Shunga ko'ra har bir asar " Xamsa " deb atalmog'i uchun :

1) Besh dostondan tashkil topmog'i ;

2) 1 - doston , alabatta pand - nasihat ta'limiy - axloqiy bo'lmog'i

3)2 - doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag'ishlanmog'i

4) 3 - doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib o'lmog'i

5) 4 - doston shoh Bahrom va 5 - doston Iskandar haqida yozilmog'i shart edi .

5 - o'quvchi ;

Emas oson bu maydon ichra turmoq

Nizomiy panjasiga panja urmoq

Kerak sher oldida ham shu jangi

Agar sher o'lmasa bora palangi

deb Nizomiydek nazm ichra maydonda turmoq Navoiyga oson emas edi . Lekin u " Xamsa " yaratish bo'yicha undan o'zib ketdi .

2 - guruh

Alisher Navoiyning " Hayrat ul - abror " dostoni haqida gapiradi .

1- o'quvchi : Xamsaning 1 dostoni " Hayrat ul - abror " ( Yaxshi kishilarning hayratlanishi nomi bilan mashhur ) .

2 - o'quvchi : U falsafiy - axloqiy , ta'limiy asar . Aruzning sari bahrida yozilgan .

3 - o'quvchi : Uning hajmi 3988 baytni o'z ichiga olgan , 63 bob bo'lib , 21 bobi muqaddima , 20 bobi maqolot , 20 bobi hikoyat , 2 bobi xotimadan iboart .

3 - guruh ;

" Farhod va Shirin " dostoni haqida ma'lumot beradi .

1 - o'quvchi : Farhod va Shirin " Xamsa" ning 2 - dostoni bo'lib , ishqiy sarguzasht dostondir .

2 - o'quvchi ; Hajmi 5782 bayt

4 - guruh

" Layli va Majnun "

1 - o'quvchi : navoiy bu dostonni " Xamsa" ning uchunchisi etib belgiladi .

2- o'quvchi : Navoiyning bu asarida , ayniqsa , ruhiyat tasviriga alohida e'tibor berilgan .

5 - guruh

" Sab'ai sayyor "

1 - o'quvchi : " Sab'ai sayyor " ishqiy - sarguzasht qissa bo'lib , yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi .

2 - o'quvchi : Uning sevgilisi Dilorom o'zining mustaqil fikriga ega to'g'riso'z qiz va hokozo ....

6 - guruh

"Saddi Iskandariy "

1- o'quvchi : " Xamsa" ning yakunlovchi dostoni Iskandarga bag'ishlangan .

2- o'quvchi : "Saddi Iskandariy" dostoni Navoiy "Hamsa "sidagi hajm jihatidan eng katta asardir .

3- reja bo'yicha har bir guruh o'quvchilari "Hamsa" dostonidagi o'zlariga yoqqan qahramon haqida gapirishadi .

Masalan : Menga "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod timsoli juda yoqdi . Uning bilimliligi , boshlagan ishini oxiriga yetkazishi , ishqda vafodorligi menga yoqdi .......

Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari :

1. O'z sochlariga bog'lab sahroda tashlab ketilgan qahramon qaysi asarda uchraydi ?

a) "Farhod va Shirin"da b) "Layli va Majnun"da

d) "Hayrat ul-Abror" da e) "Sabbai sayyor"da f) to'g'ri javob yoq

2. Komil inson tasviri qaysi qahramon orqali namoyon bo'ladi ?

a) Moniy b) Boniy s) Farhod d) Bahrom e) Shirin

3. Agar bir qatla ko'rdi har sabaqni

Yana ochmoq yo'q erdi ul varaqni

a) "Hayrat ul abror" b) "Xusrav va Shirin" s) "Farhod va Shirin"

d) Hamsa dostonlariga mansub emas e) "Lisonut tayir" dostonidan


Baholash : Darsda faol ishtirok etgan guruhni aniqlash . Faol

o'quvchilarni baholash .



Uyga vazifa : Farhod - komil inson mavzusida taassurot matni yozish .
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling