Mavzu № Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlantirish tarixi. O‘quv savollari


To’rtinchi o‘quv savoli: Psixika va ongning rivojlanish tarixi


Download 37.39 Kb.
bet8/8
Sana15.09.2023
Hajmi37.39 Kb.
#1678763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
harbiy psixologiya

To’rtinchi o‘quv savoli: Psixika va ongning rivojlanish tarixi.
Biz yashab turgan Erda bundan bir necha million yil muqaddam faqatgina jonsiz tabiat bo’lgan va hech bir tirik organizm bo’lgan emas. So’ngra hayot paydo bo‘lgan, o‘simliklar hamda xayvonotlar vujudga kelgan. Erda hayotning paydo bo’lishi materiya taraqqiyotidagi yangi bosqichdir, bu bosqichda materiya o’z tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab va alohida xossalarga ega bo’lgan. Seskanuvchanliq ya’ni tashqi ta’sirlarga javoban harakatga kelish qobiliyati materiyaning ana shunday xossalaridan biri edi. Bunday xossa o’simliklardayoq, ko’zga tashlanadi; masalan, agar mimozaning bir xil turiga tegib ketilsa, u o‘z yaproqchalarini yumib oladi. Xatto eng sodda jonivorlar, jumladan, amyoba va boshqalarning tashqi ta’sirlarga reaksiya qilishi sezilib turadi.
Erda materiyaning yanada taraqqiy qilib borishi bilan ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan jonivorlar vujudga keladi, ular sezgirlik qobiliyatiga, ya’ni narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi seza olish qobiliyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu esa hayvonlar asab tizimining xususiyati bo’lgan psixikaning eng sodda. dastlabki ko’rinishi edi. Shunday qilib, psixika har qanday tirik materiyaning xususiyati emas, balki faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyagagina xos bo’lgan xususiyatdir. Aniq ifodalangan sezish qobiliyati shaklidagi psixika faqat hayvonot dunyosi tarakdiyotining muayyan bosqichidagina vujudga keladi, Mollyuskalar, bug‘im oyoklilar, chuvalchanglar kabi jonivorlarda ham sezgilar mavjuddir. Binobarin, ular psixikaga egadir. Xayvonning asab tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Psixikaning rivojlanishi odamda eng yuqori darajaga o’sib etgan.
Materiyaning asta-sekin (evolyutsiya) rivojlanish jarayoni muqarrar ravishda uning eng oliy xossasi tirik organizmlarning yashashi uchun zarur narsa hisoblangan psixikaning paydo bo’lishiga olib keladi.
Tirik organizmlarning juda qadim zamonlardan buyon bosib o’tgan butun psixik rivojlanish jarayoni bir-biridan tamomila ajralib turuvchi ikki davrni o’z ichiga oladi: xayvonlar psixikasining rivojlanishi (bu rivojlanish biologik qonunlarga: irsiyat, uzgaruvchanliq tabiiy saralanish qonuniyatlariga bo’ysunadi) va odam ongining rivojlanishi. Odam ongi ijtimoiy tarixiy qonuniyaglarga muvofiq ravishda ham rivojlanadi.
Hayvonot olamida psixikaning rivojlanishi ruhiy jarayonlarning maydonga kelishi bilan bog’liqbo’lgan, bu ruhiy jarayonlar tevarak-atrof voqelikni aks ettirish hamda voqelikka moslashishning ancha takomillashgan shakllarini vujudga keltiradi, Sezgilar rivojlanishi bilan ketma-ket ravishda xayvonlarda idrok (narsalarni ularning bir qator belgilari bilan birgalikda aks ettirish) paydo bo’ladi. Yuksak bosqichga ko’tarilgan umurtqalilarda tasavvurlar (ayni chog’da idrok etilmagannarsalarning obrazlari,chunonchi, maymun yaqindagina o’z ko’zi bilan korgan, ammo ayni paytda yashirib qo’yilgan bananni axtara boshlaydi) maydonga keladi. Xayvonlarning xotirasi takomillasha boshlaydi (hayvonot olamining eng sodda vaqillarida ham xotira kurtaklari ko’zga tashlanadi). Umurtqali hayvonlarda tafakkur belgilari mavjudir ammo hayvonlarning tafakko’ri iisonning fikrlash faoliyatiga qaraganda nihoyatda sodda tuzilishga ega. Psixikaning rivojlanishida hayvonning hayot kechirish tarzi katta ahamiyatga ega bo’lib, u o’z navbatida tevarak-atrofdagi muhitga bog’liq. Masalan, erda yashovchi ko’pgina hayvonlarga qaraganda havoda uchib yuruvchi qushlarda, suvda yashovchi baliqlarda psixika uncha rivojlanmagan bo’ladi (buning sababi ular istiqomat qiluvchi muhitning bir hilligidadir). Ammo shunga qaramay, qushlar ko‘zining o’tkirligi bilan ajralib turadi, ular o’zlariga emish bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarni ko’z orqali olis masofadan poylay oladilar. Daraxtlar ustida hayot kechiruvchi maymunlarda epchilik qobiliyati rivojlangan. Maymunlar mevalarning mag’zini ajratib olib iste’mol qiladi, shu tufayli ularning qo’llari nozik hamda aniq harakatlarni bajara oladi, narsalarni sinchiklab ko’zdan kechiradi, ularni paypaslab ko’ra oladi va hokazo, shu tarzda murakkab hayot kechirish maymunlarda fikrlash faoliyati kurtaklarining rivojlanishiga imkon yaratgan.
Psixik rivojlanish qanday darajada bo’lishiga qarab, hayvonlarning xatti-harakatlari ham har xil shakllarda; instinktlar, ko’nikmalar, aqliy xatti-harakatlar shaklida bo’ladi.
Biz yuqorida hayvonlar psixikasi instinktlari, ko’nikmalari, aqliy xatti-harakatlarining xususiyatlari bilantanishib chiqdiq Ammo hayvonlar psixikasi rivojlanishining hatto eng yuksak darajasi ham odam psixikasiga tenglasha olmaydi.
Nutq tufayli odamlarning birgalashib ish bajarishlari muayyan maqsadlarga bo’ysundirildi, odamlar kelishib ish ko’radigan, ularning xatti-harakatlari ma’lum darajada oldindan rajalashtiriladigan bo’ldi. Inson mehnatining chinakam oqilona mehnat bo’lishining boisi ham shundadir.
Mehnat faoliyati jarayonida bizning qadimgi ajdodlarimiz mehnat qurollarini yasaganlar va ulardan foydalanganlar. Jamoada biron-bir ishni bajarish uchun ma’lum usulda foydalanishga moslashgan buyumlargina mehnat qurollari vazifasini o’tay olgan.
Maymun ham ba’zan tayoq, yashchik va hokazolardan foydalanadi. Ammo maymunning bu ishi tasodifiy hodisadir, binobarin maymun foydalangan buyum ana shu maymunda, qolaversa undan o’rnak olgan boshqa maymunlarda ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy vosita bo’lib qolmaydi. Shu sababdan maymunlar hech qachon qurollar tayyorlamaydi va ularni saqlab qo’ymaydi. Mehnat jamoasi masalasiga kelsaq ayrim hayvonlar (chumolilar, qunduzlar va boshqalar) birgalashib ish bajaradiyu, ammo ularning ishini mehnat deb atash mumkin emas, ularning xatti-harakatlari instinktiv ravishda sodir bo’ladi.
Real olamning in’ikosi bo’lmish psixikaning faqat odamgagina xos bo’lgan va odamda jamoa mehnati jarayoshda rivojlanuvchi oliy shakliga ong deb ataladi.
Hamkorlikdagi mehnat va insoniy nutqning maydonga kelishi bilan birgalikda paydo bo’lgan ong odamlarda o’zgarmay qolmagan, u avloddan-avlodga muttasil rivojlanib borgan. Og‘zaki nutqdan tashqari yozma nutqning maydonga kelishi ham ongning rivojlanishiga imkon beradi. Bir-birlaridan olis joylarda yashovchi odamlar yozma nutq tufayli o’zaro tajriba almasha oladilar, bir avlod qo’lga kiritgan bilimlar yozma nutq tufayli kelajak avlodlarga etkaziladi. Ong faoliyatda namoyon bo’ladi va faoliyatda shakllanadi ham.
Alohida olingan odam ongining rivojlanishi hamisha ijtimoiy-tarixiy jarayonga bog‘liq bo’lgan, ijtimoiy borliq, ya’ni muayyan jamiyatning turmushi tomonidan belgilangan. Moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlar, shu jumladan mehnat qurollarining rivojlanishi ana shu ijtimoiy turmushning eng muhim sharoiti hisoblanadi. Chunonchi, tosh asri kishisining ongi bronza va temirdan qurollar yasash hamda ulardan foydalanishni organib olgan kishilarning ongiga qaraganda ko’p darajada sodda bo’lgan.
Download 37.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling