Mavzu № Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlantirish tarixi. O‘quv savollari


Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askar va serjantlarining professional faoliyatining xususiyatlari


Download 37.39 Kb.
bet7/8
Sana15.09.2023
Hajmi37.39 Kb.
#1678763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
harbiy psixologiya

Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askar va serjantlarining professional faoliyatining xususiyatlari.
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askar va serjantlari o‘z vazifalarini turli lavozimlarda o‘tamoqdalar. Ularning professional tayyorgarligiga, bilim, ko‘nikma va mahoratlariga talablar oshib bormoqda. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar ko‘p jihatdan mustahkam xarakterga, keng umumiy dunyoqarashga, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan shaxslardir. Ular uchun harbiy kasbni tanlaganlik ongli ravishda motivatsiyalangan.
Shularga qaramasdan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askar va serjantlari orasida motivatsiya nuqtai nazarida va professional tayyorgarlik darajasida ma’lum bir muammolar mavjud. Amaliy tajriba ko‘rsatishicha shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askar va serjantlarining aksariyati front orti va xo‘jalik lavozimlarini butlashga intiladilar. Shu vaqtning o‘zida jangovar tayyorgarlikni belgilovchi lavozimlarda kadrlar etishmovchiligi yaqqol ko‘zga tashlanadi, chunki ularni egallayotgan harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligiga qattiq talablar qo‘yilmoqda.
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga qattiq saralash bosqichlarining mavjud bo‘lishiga qaramay, oddiy askar va serjantlar lavozimiga past axloqiy qarashlarga ega bo‘lgan, harbiy xizmat talablarni bajarishga ruhan tayyor bo‘lmagan va professional tayyorgarligi sust bo‘lgan shaxslarning chaqirilish holatlari mavjud.
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askarlari yuqori professionalizm, intizomlilik, onglilik va bajaruvchanlik sifatlariga ega bo‘lishlari shart. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat serjantlari odatda kichik komandir hisoblanadilar. Ular o‘zlarining bo‘ysunuvchilariga har tomondan namuna bo‘lishlari lozim. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat serjantlari, oddiy askarlarda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar bilan bir qatorda, yaxshi rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Chunki ular askarlarning kundalik faoliyati va harbiy-professional tayyorgarlik jarayonini boshqarib boradilar. Serjantlar ofitserlar bilan bir qatorda askarga uning butun xizmati mobaynida eng yaqin odami, ustozi va yordamchisi bo‘lishi kerak. Ular askarlarning talab va ehtiyojlarini yaqindan bilib ularni echishga yordam berishlari, harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zoromunosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari va umuman bo‘linmadagi harbiy intizom holati ko‘p jihatdan serjantlarga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat serjantlarida xizmat vazifalarini bajarishga ongli ravishda munosabatni tarbiyalash, harbiy-pedagogik jarayonda o‘z o‘rnini anglab etish, intelektual salohiyat va dunyoqarashni kengaytirish, kerakli bilim, ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirib borish, harbiy bo‘linmalarni mohirona boshqarish uchun ulardan shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va boshqaruv psixologiyasini chuqur bilish talab etiladi.
Jang maydonida serjantlarning shaxsiy namunasi muddatli harbiy xizmatchilarning xatti-harakatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu kabi sifatlarni serjantlarda tinchlik vaqtida shakllantirish lozim. Ofitserlar shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat serjantlarining faoliyatini doimo rahbarlik va nazorat qilib borishlari lozim.

Download 37.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling